Microsoft Word bustonul orifiyn ziyouz com doc


-bob  She'r va she'r o'qish to'g'risida



Download 406,08 Kb.
Pdf ko'rish
bet31/203
Sana26.09.2021
Hajmi406,08 Kb.
#185964
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   203
Bog'liq
Abu Lays Samarqandiy. Bo'stonul orifiyn

22-bob 
She'r va she'r o'qish to'g'risida 
Faqih Abu Lays (rahimahulloh) aytadilar: Odamlar she'r o'qish haqida gapirishdi. 
Ba'zilari uni yomon ko'rdi, boshqalari esa unga ruxsat berdi. Yomon ko'rganlar A'mash 
Abu Solihdan, u Abu Hurayradan rivoyat qilgan hadisni hujjat qilishadi. Nabiy (sollallohu 
alayhi vasallam): "Qorinlaringizning yiring va qon bilan to'lib-toshishi she'r bilan 
to'lishidan yaxshiroqdir", dedilar. Alloh taolo: 
"Shoirlarga yo'ldan ozganlar ergashur" (Shuaro, 224), ya'ni, adashganlar, degan. 
Sha'biy: "Ular (oldingilar) she'r oldidan bismilloh deb yozishni yomon ko'rardi", deydilar.  
Rivoyat qilinadiki, Masruq she'rdan bir baytni misol olayotib, birdan uni yirtib tashladilar. 
Unga: "Baytni tugatganingizda edi?" deyishganda, "Men nomai a'molimda biror bayt 
bo'lishini yomon ko'raman", dedilar. 
Ibrohim ibn Yusuf Kasir ibn Hishomdan rivoyat qiladi: "Abdulkarimdan Alloh taoloning 
"Minannasi man yashtaro lahul hadisa", degan so'zi haqida so'rashganida: "Bu kuy va 
she'r", deb javob berdilar. 
Ato aytadilar: "Iblis: "Ey Rabbim, meni Odam sababli jannatdan chiqarding, endi mening 
uyim qaerda?" dedi. Alloh taolo aytdi: "Hammom". Iblis: "Majlisim qaerda?" dedi. Alloh 
aytdi: "Bozor". "O'qiydigan narsam nima?" dedi. Alloh aytdi: "She'r". "Tuzog'im nima?" 
dedi. Alloh aytdi: "Ayollar". "So'zim nima?" dedi. Alloh aytdi: "G'iybat va yolg'on". 
"Kitobim nima?" dedi. Alloh aytdi: "Teriga yozish" (ya'ni, tatiurovka), dedi. 
She'rni muboh deganlarning hujjati esa Hishom ibn Urva otasidan rivoyat qilgan 
hadisdir: Nabiy (sollallohu alayhi vasallam): "Albatta she'rda hikmat bor", dedilar. Yana 
Hishom otasidan rivoyat qiladiki, otasi: "Ummul mo'minin Oishadan ko'ra she'rni, tibni, 
lug'atni, fiqhni biluvchiroq xotinni ko'rmadim", degan ekan. Sammok ibn Harb Jobir ibn 


Bo’stonul orifiyn. Abu Lays Samarqandiy 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
26
Sumradan rivoyat qiladi: "Nabiyning (sollallohu alayhi vasallam) ashobi she'r o'qirdi". 
Nabiy (sollallohu alayhi vasallam) ularning orasida tabassum qilib o'tirardilar".  
Ikrima Ibn Abbosning (roziyallohu taolo anhumo): "Agar birortangiz Qur'ondan biror 
narsani o'qisa va tafsirini idrok qila olmasa, uni she'rdan izlasin, chunki she'r arab 
devonidir", deganlarini rivoyat qiladilar. 
Abu Dardoga: "Sendan boshqa hamma ansorlar she'r aytadi", deyilganda, "Men ham 
she'r aytaman", deganlar va she'r o'qiganlar. 
Kalbiy Abu Solihdan, u esa Ibn Abbosdan (roziyallohu anhumo) rivoyat qiladiki: 
"Oishaga (roziyallohu taolo anho) Abu Hurayraning hadisi etganida: "Alloh Abu 
Hurayrani rahmat qilsin. Nabiy (sollallohu alayhi vasallam): "Sizlarning birortangiz 
qornini qusiq bilan to'ldirishi, hatto ko'rinib ketsa ham, she'r bilan to'ldirishidan 
yaxshiroq", dedilar. Bu bilan kishi (ya'ni, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam) hajv qilib
obro'sizlantirib yuboradigan she'rni iroda qildilar", deb javob berdilar". 
Yana aytiladiki, she'rdan qaytarishdagi maqsad agar kishi she'r bilan mashg'ul bo'lsa, 
Qur'on o'qish va zikrdan to'sib qo'yadi. Ammo to'sib qo'ymasa, she'r o'qishning zarari 
yo'qdir.  
 

Download 406,08 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   203




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish