Microsoft Word bustonul orifiyn ziyouz com doc


-bob  Arab tilini boshqa tillardan afzal ko'rish haqida



Download 406,08 Kb.
Pdf ko'rish
bet39/203
Sana26.09.2021
Hajmi406,08 Kb.
#185964
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   203
Bog'liq
Abu Lays Samarqandiy. Bo'stonul orifiyn

28-bob 
Arab tilini boshqa tillardan afzal ko'rish haqida  
Faqih (rahimahulloh) aytadilar: Bilgilki, arab tilining boshqa tillarga nisbatan afzalligi 
bordir. Kim bu tilni o'rgansa yoki boshqaga o'rgatsa, savob topadi. Chunki Alloh taolo 
Qur'onni arab tilida tushirdi. Bu tilni o'rgangan kishi Qur'onning zohirini va undagi 
xabarlarning ma'nosini tushunadi.  
Ibn Burayda rivoyat qiladi: Umar (roziyallohu anhu): "Kim fors tilini o'rgansa, u uning 
muruvvati ketibdi", dedilar.  
Zuhriy: "Jannat ahlining tili arab tili, do'zax ahlining tili hind tili", deydilar.  
Umar (roziyallohu anhu): "Arab tilini mahkam tutinglar", deganlar.  
Hasan Basriydan arab tilini chiroyli gapirish va o'qiganini tushunish uchun o'rganayotgan 
kishi haqida so'raldi. "Bu tilni o'rgansin, chunki kishi oyatlarni o'qiganda ma'nosini buzib 


Bo’stonul orifiyn. Abu Lays Samarqandiy 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
32
yuborsa, halok bo'ladi", dedilar.  
Umar (roziyallohu anhu) tavof vaqtida ikkita kishini ko'rib, ularga: "Arab tilini 
o'rganishga yo'l izlanglar", dedilar.  
Faqih (rahimahulloh) aytadilar: Arab tilidan boshqa tilda gapirsa bo'ladi, bunda gunoh 
yo'q, Nabiyning (sollallohu alayhi vasallam) fors tilida gapirganlari haqida xabar bor. Bu 
Jobir ibn Abdullohdan rivoyat qilingan. U kishi aytadilar: "Men Xandaq kunida 
Rasulullohga (sollallohu alayhi vasallam) taom tayyorlab, u kishiga bildirdim. Rasululloh 
ashoblariga: "Jobirning uyiga boringlar u sizlarga sho'rva tayyorladi", dedilar. Shunda 
Nabiyga (sollallohu alayhi vasallam) sadaqaga xurmo keltirildi, yonlarida Hasan va 
Husayn bor edi (roziyallohu anhumo). Ulardan bittasi xurmoni oldi va og'ziga soldi. 
Shunda Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) barmoqlarini uning og'ziga kirgizib "qix, 
qix" dedilar va xurmoni chiqardilar".  
Abu Hurayraning qorni og'rib, Rasulullohga (sollallohu alayhi vasallam) shikoyat 
qilganida Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam): "Ishkam dava?" (ya'ni, qorning 
og'riyaptimi) dedilar va namoz o'qishga buyurdilar. Salmoni Forsiydan ham shu hadis 
rivoyat qilingan. Shunisi sahihroqdir. 
Sufyon: "Insonlar qiyomat kunida jannatga kirishlaridan oldin Suryoniy tilida, jannatga 
kirganlaridan so'ng, arab tilida gapirishlari xabari bizga etdi", dedi.  
Abdusomad ibn Mu'qal rivoyat qiladi: "Vahb ibn Munabbah: "Birorta lug'at-til yo'qki, 
undan biror narsa Qur'onda bo'lmasa", dedilar. Unga: "Qaerida?" deyildi. "Qur'ondagi 
"sijjil" so'zi forsiydan, ya'ni, "sang" va "gil"qo'shilgan.  
"Ey er, suvingni yutgil" (Hud, 44), so'zi habash tilidan,  
"Ularni oldingga to'plagin" (Baqara, 260), so'zi rumiy tildan, 
"qochib qutilish vaqti emas edi" (Sod, 3), so'zi suryoniy tildan", dedilar. Habash tilida 
"ikkita zaif" ma'nosidadir", deydi. Ba'zilar Qur'onda arab tilidan boshqa til bo'lishi 
mumkin emas, chunki Alloh taolo: 
"Ochiq-ravshan arabiy til bilan nozil qildi" (Shuaro, 195), deb aytgan deydi. Bunda javob 
ikkita: habash, rum tillaridan deb zikr qilingan lafzlar, haqiqatda o'sha tillarning lafzlari, 
lekin arablar bu so'zlarni iste'mol qiladilar, ularni yaxshi tushunadilar. Arablar ularni 
ishlatgani sababli, ular arabcha bo'lib ketgan. 
Ikkinchi javob: Alloh taoloning "ochiq-ravshan arabiy tili bilan" degan so'ziga ko'ra, 
haqiqatda Qur'on arab tilida nozil bo'lgan, garchi ba'zi so'zlari boshqa tilda bo'lsa ham. 
Agar: "Qanday qilib Qur'on ularga hujjat bo'ladi, ularning tilida bo'lmasa?", deb so'ralsa, 
arablar bu so'zlarni, garchi ba'zi so'zlari boshqa tilda bo'lsa ham, tushunadilar shuning 
uchun ularga Qur'on hujjat bo'ladi, deb javob beriladi. 
 

Download 406,08 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   203




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish