www.ziyouz.com kutubxonasi
106
So'ng Muso va Horunni yubordi. Ular Imronning o'g'illaridir. Alloh bu ikki payg'ambarini
Misr fir'avni Valid ibn Mus'abga jo'natdi. So'ng Yusha' ibn Nun alayhissalom bo'ldilar. U
zot Musoning xalifasi edilar.
So'ng Yunus ibn Muto alayhissalom keldilar. Alloh u zotni baliq bilan sinadi. Baliq
yutganda u kishi o'zlarini ko'p malomat qildilar. Baliqning qornida uch kun yotdilar. (Olti
kun, qirq kun ham deyilgan.) Alloh uni Musal qishloqlaridan Naynavoga yubordi. Ular u
zotni yolg'onga chiqarishdi, natijada Alloh ularga azob yubordi. Iymon keltirishgan edi,
ustilaridan azob ketdi.
So'ng Dovud alayhissalom bo'ldilar. Otalarining ismi Iyshodir. U zot rasullardan edilar.
Bani Isroil podshosi bo'lganlar.
So'ngra uning o'g'li Sulaymon alayhissalom, so'ng Zakariyo ibn Masson, so'ng u zotning
o'g'li Yahyo alayhissalom, so'ng Iso ibn Maryam alayhissalom, so'ng Ilyos alayhissalom
kelishdi. Alloh taolo Ilyosni Ba'labakka ahliga rasul qilib yubordi. Al-Yasa' Ilyosning
shogirdi va keyin u zotning xalifasi bo'ldilar. Asbotlar Ya'qub avlodlaridan tarqaldi, u
zotning o'n ikkita farzandi bor edi. Ya'qub Misr erida 17 yil yashadilar, yoshlari 147 da
edi. Yusuf alayhissalom u zotdan keyin 23 yil umr ko'rdilar. 120 yil yashadilar, 110 yil
ham, deyiladi.
Ka'bul Ahbordan rivoyat qilinadi: "Ba'zi kitoblarda payg'ambarlardan o'ntasi xatna
qilingan holatda tug'ilgani yozilgan: "Alloh taolo Odam, Shis ibn Odam, Idris, Nuh, Lut,
Ismoil, Yusuf, Zakariyo, Iso, Muhammadni (solavatullohi vasalamahu alayhim ajma'in)
xatna qilingan holatda yaratdi.
Vahab ibn Munabbahdan zikr qilinadi: "Odam bilan to'fonning orasi 2240 yil edi. To'fon
bilan Nuhning orasi 350 yil, Nuh bilan Ibrohimning orasi 2240, Ibrohim bilan Musoning
orasi 900 yil, Muso bilan Dovudning orasi 500 yil, Dovud bilan Isoning orasi 1100 yil
edi". Ba'zilar: "Bu miqdor to'g'ri emas, chunki Alloh taolo:
"Od, Samud (qabilalarini) va quduq egalarini (ya'ni, Shu'ayb payg'ambarni yolg'onchi
qilganlari sababli quduqqa qulab halok bo'lgan kimsalarni) hamda shu oradagi ko'pdan-
ko'p asrlarni (eslang)!" (Furqon, 38), deya oralarida judu ko'p asrlar o'tganini bildirgan.
Buning miqdorini Alloh taolodan boshqa hech kim bilmaydi. So'ng Iso alayhissalomdan
keyin payg'ambarlik payg'ambarimiz Muhammadgacha (sollallohu alayhi vasallam) uzilib
qoldi. Boshqalarning orasidagi uzilish ham shunday edi. Alloh azza va jalla:
"Ey ahli kitob, mana, elchimiz (Muhammad alayhissalom) avvalgi payg'ambarlardan
ancha zamon o'tib: "Bizga na biron (jannat haqida) xushxabar berguvchi va na biron
(do'zax azobidan) qo'rqitguvchi kelmagan", demasligingiz uchun sizlarga din hukmlarini
bayon qilgan holda keldi. Alloh hamma narsaga qodirdir!" (Moida, 19), dedi. Bu fitrat,
ya'ni uzilish deb nomlanadi, chunki din uzilib qoldi. Qatoda: "Ikkalasining orasi 560 yil
edi", deydi. Kalbiy 540 yil degan. Muqotil, 600 yil dedi. Zahhoq ham shunday dedi.
Vahab ibn Munabbah: Ikkalasini orasi 620 yil", deydi".
Alloh o'z payg'ambarlariga nozil qilgan va insonlar orasida ma'lum kitoblar to'rtta: Muso
alayhissalomga tushgan Tavrot; Dovud alayhissalomga tushgan Zabur; Iso
alayhissalomga tushgan Injil; Muhammad (sollallohu alayhi vasallam)ga tushgan Furqon
Bo’stonul orifiyn. Abu Lays Samarqandiy
Do'stlaringiz bilan baham: |