9-bob
Mav'iza majlislarining mubohligi to'g'risida
Faqih Abu Lays Samarqandiy (rahimahulloh) aytadilar: Ba'zi insonlar mav'iza uchun
yig'ilish o'tirishni yomon ko'rishdi. Ba'zilar, agar bu bilan Alloh taoloning rizosini
xohlagan bo'lsa, zarari yo'q, deyishdi. Shu so'z sahihroqdir. Chunki bu ish shariatni
Bo’stonul orifiyn. Abu Lays Samarqandiy
www.ziyouz.com kutubxonasi
11
o'rganishdir. Mav'izani yomon ko'rgan kishilar Amr ibn Shu'ayb otasidan, otasi esa,
bobosidan rivoyat qilgan hadisni hujjat qilib keltirishdi. Payg'ambar (sollallohu alayhi
vasallam): "Insonlarga biror narsani faqat amir yoki ma'mur yoki riyokor kishigina qissa
qilib beradi", deganlar.
Tamim Doriyning Umar ibn Xattobdan insonlarga har shanba kuni qissa aytib berish
uchun izn so'raganlari rivoyat qilingan. "Nima uchun?" deganlarida, "Insonlarga eslatma
bo'lsin uchun", deb aytdilar. "Agar xohlasang, eslat, ammo bilginki, bu ish so'yishdir",
deb javob berdilar. Bu gap Rasulullohning (sollallohu alayhi vasallam): "Kimki qissa
qilsa, darhaqiqat, u pichoqsiz so'yilibdi", degan hadislariga muvofiqdir.
Payg'ambar (sollallohu alayhi vasallam) aytadilar: "Qissa qiluvchi g'azabni, eshituvchi
rahmatni kutadi".
Abu Qulobadan rivoyat qilinishicha, u kishi namozdan qaytganlarida bir kishi kelib,
baqirib qissa ayta boshladi. Abu Quloba unga: "Sen bir hangrovchi eshaksan, agar
bizning oldimizga kelsang, senga odob berib qo'yamiz", dedilar.
Ibrohim Naxa'iy (rahmatullohi alayh): "Men uchta oyat sababli qissa aytishni yomon
ko'raman. Ular:
"Odamlarni yaxshilikka chorlab, o'zlaringizni unutasizlarmi? Holbuki, o'zlaringiz kitob
tilovat qilasizlar. Aqlingizni yurgizmaysizlarmi?" (Baqara, 44);
"Ey mo'minlar, sizlar nega o'zlaringiz qilmaydigan narsani (qilamiz deb) aytursizlar?!"
(Sof, 2);
"U aytdi: "Ey qavmim, xabar beringiz-chi, agar men Parvardigorim tomonidan aniq
hujjatga ega bo'lsam va U zot meni o'z tomonidan go'zal rizq bilan rizqlantirgan bo'lsa
(shu halol rizqni haromga aralashtirishim kerakmi?!) Men sizlarga xilof qilib, sizlarni
qaytarayotgan narsani (ya'ni, halol-haromga aralashtirishni) o'zim qilishni istamayman.
Men faqat imkonim boricha isloh qilishni istayman, xolos. Va (bunga) yolg'iz Allohning
yordami bilangina muvaffaq bo'lurman. O'ziga suyandim va O'ziga iltijo qilurman" (Hud,
88), oyatlaridir", dedilar.
Hadisda keladiki, Alloh taolo Iso alayhissalomga vahiy qilib aytdi: "Avval nafsingga
nasihat qil. Agar shu nasihatni olsang, so'ng insonlarga nasihat qil. Agar unday
bo'lmasa, Mendan hayo qil".
Va'z-nasihat qilishning zarari yo'q, deb aytgan kishilarning hujjati Alloh taoloning:
"Va (Qur'on bilan) pand-nasihat qiling! Zero, u pand-nasihatlar mo'minlarga naf'
yetkazur" (Zoriyot, 55), degan so'zidir. Boshqa bir oyatdagi:
"Axir ulardan har bir guruhdan bir toifa odamlar (jang uchun) chiqmaydilarmi?!
(Qolganlari esa Madinada) dinni o'rganib, (jangga ketgan) qavmlari ularning oldlariga
qaytgan vaqtlarida, u qavmlar Allohning azobidan saqlanishlari uchun ularni
ogohlantirgani (qolmaydilarmi)?!" (Tavba, 122) degan so'zi ham dalildir.
Umar ibn Xattob (roziyallohu anhu): "Ey qissa aytuvchilar, qissa aytmangizlar, chunki
Bo’stonul orifiyn. Abu Lays Samarqandiy
Do'stlaringiz bilan baham: |