60-bob
Sotish va sotib olish haqida
Faqih (rahimahulloh) aytadilar: Kishi savdo-sotiq hukmlarida nima joiz va nima
nojoizligini bilmay turib, tijorat bilan shug'ullanishi mumkin emas. Umar ibn Xattob
(roziyallohu anhu) aytadilar: "Dinda faqih bo'lmagan kishi bozorlarimizda hargiz narsa
sotmasin".
Ali ibn Abu Tolib (roziyallohu anhu) esa: "Kimki dinda faqih bo'lishdan oldin tijorat bilan
shug'ullansa, riboga botibdi, riboga botibdi, riboga botibdi", deganlar. Nabiy (sollallohu
alayhi vasallam) aytadilar: "Alloh yengil savdo- sotiqni, hukmni, talabni yengil qilgan
kishini rahmat qilsin". Nabiy (sollallohu alayhi vasallam) yana: "Kim kambag'alga
qarashsa yoki undan qiyinchilikni olib tashlasa, Alloh unga hech soya bo'lmagan kunda
Arshning soyasida joy beradi", deganlar.
Muhammad ibn Samlok bozorga kirib: "Ey bozor ahli, bozorlaring kasod, savdolaring
Bo’stonul orifiyn. Abu Lays Samarqandiy
Do'stlaringiz bilan baham: |