Microsoft Word bustonul orifiyn ziyouz com doc


-bob  O'ng tomonni chap tomondan afzal bilish haqida



Download 406,08 Kb.
Pdf ko'rish
bet77/203
Sana26.09.2021
Hajmi406,08 Kb.
#185964
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   203
Bog'liq
Abu Lays Samarqandiy. Bo'stonul orifiyn

58-bob 
O'ng tomonni chap tomondan afzal bilish haqida 
Faqih (rahimahulloh) aytadilar: Agar suv ichsang va sening o'ngingda, so'lingda kishilar 
bo'lsa, o'ng tomoningdan boshlab uzat, chunki o'ngda fazl bor. Rasululloh (sollallohu 
alayhi vasallam) har bir narsani o'ngdan boshlashni yaxshi ko'rardilar. "Agar sizlarga 
ikkita yo'l tursa, o'ng tomonga yuringlar", deganlar. Sahl ibn Sa'd rivoyat qiladilar: 
"Nabiyga (sollallohu alayhi vasallam) qadah keltirildi, ichdilar, o'ng tomonlarida bir yosh 
bola bor edi, u qavmning eng kichigi edi. Kattalar so'llarida edi. Nabiy (sollallohu alayhi 
vasallam) yigitchadan: "Shayxlarga bersam maylimi?" deb so'radilar. U: "Siz tomondan 
kelgan nasibamni birortaga hadya qilmayman", dedi, shunda Rasululloh unga berdilar".  
Anas ibn Molik (roziyallohu anhu) aytadilar: "Nabiyning (sollallohu alayhi vasallam) chap 
tomonlarida Abu Bakr (roziyallohu anhu) va o'ng tomonlarida bir a'robiy bor edi. Ichib 
bo'lgach, a'robiyga berdilar. U: "Ey Rasululloh, Abu Bakrga bering, u mendan afzalrog'i", 
dedi. Shunda Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam): "O'ng tomon, o'ng tomon", dedilar.  
Abu Hurayra (roziyallohu anhu) Nabiyning (sollallohu alayhi vasallam) shunday 
deganlarini rivoyat qiladilar: "Agar oyoq kiyimingni kiysang, o'ngdan boshla, agar 
echsang, chapdan". Va yana aytganlar: "Birortangiz bir poy kavushda yurmasin, 
ikkalasini baravariga kiysin yoki echsin". Oisha (roziyallohu anho) yo'lda ketayotgan 
edilar, bir payt kavushlari oyoqlarini og'ritdi, echdilar va bir poyda yura boshladilar, 
so'ng: "Men Abu Hurayra aytgan narsaga xilof qilyapman", dedilar.  
Faqih (rahimahulloh) aytadilar: Agar uzrli sabab bo'lsa ziyoni yo'q, uzrsiz bo'lsa, 
makruhdir, ikkalasi hadisning ma'nosi shundaydir. Vallohu a'lam. 
 

Download 406,08 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   203




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish