Microsoft Word bustonul orifiyn ziyouz com doc


-bob  Amirlardan (hadya) olish haqida



Download 406,08 Kb.
Pdf ko'rish
bet82/203
Sana26.09.2021
Hajmi406,08 Kb.
#185964
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   203
Bog'liq
Abu Lays Samarqandiy. Bo'stonul orifiyn

62-bob 
Amirlardan (hadya) olish haqida 
Faqih (rahimahulloh) aytadilar: Insonlar sultonlardan mukofot olish haqida ixtilof 
qilishdi. Ba'zilar: "Uni olish joiz, modomiki uni haromdan olganini bilmasa", deyishdi. 


Bo’stonul orifiyn. Abu Lays Samarqandiy 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
64
Ba'zilar: "Yo'q, joiz bo'lmaydi", deb aytishdi. Joiz deganlar Ali ibn Abu Tolibdan rivoyat 
qilingan hadisni olishadi: "Sultonga, albatta, halol va harom etadi, nimaniki senga bersa 
uni ol, u senga haloldan beradi". Umardan (roziyallohu anhumo) rivoyat qilinadi: Nabiy 
(sollallohu alayhi vasallam): "Kimgaki so'ramasidan oldin biror narsa berilsa, uni olsin, 
bu Alloh taolo uni rizqlantirgan rizqdir", dedilar.  
A'mash Ibrohim Naxa'iyning: "Amirlardan biror narsani olishda zarar yo'q", degan fikrda 
bo'lganlarini rivoyat qilganlar.  
Habib ibn Abu Sobitdan rivoyat qilinadi: "Muxtor ibn Ubaydan Ibn Umar va Ibn Abbosga 
hadyalar kelar va ular qabul qilar edilar". 
Hasan Basriy ham amirlarning hadyalarini qabul qilganlar. 
Muhammad ibn Hasan Abu Hanifadan, u kishi esa (ustozlari) Hammoddan rivoyat 
qiladilarki, Ibrohim Naxa'iy Xulvonda (Misrdagi mavze') ishboshi bo'lib turgan Zuhayr ibn 
Abdulloh Azudiydan mukofot talab qilar, o'zlari ham, Hamadoniy ham olar edilar. 
Muhammad aytadilar: "Modomiki ayni haromligi haqida biror narsa bilmas ekanmiz
yuqoridagi hukmni olamiz". Bu gap Abu Hanifaning fikrlari hamdir. 
Ammo amirlar hadyasini makruh degan kishilar Habib ibn Sobit rivoyat qilgan xabarga 
amal qilishgan: "Bir amir Abu Zarr G'iforiyga hadya yuborganda, u zot: "Hamma 
musulmonlarga shunday hadya yuborildimi?", deb so'radilar. "Yo'q", degan javobni 
eshitib Abu Zarr ushbu oyatni o'qidilar: 
"Yo'q, (hech qanday to'lov uni azobdan qutqara olmas!) Albatta, (kofirlar tashlanadigan 
do'zax o'z harorati bilan bosh terilarini sidirib olguvchi bo'lgan) bir olovdir!" (Maorij, 15-
16).  
Usmon ibn Affon (roziyallohu anhu) masjid devorining ustida uxlab yotgan Abu Zarr 
G'ifforiyning oldidan o'tib ketayotib, qullariga: "Ushbu dinorlarni olib, to bu kishi 
uyg'ongungacha kutib tur, so'ng dinorlarni unga ber. Olsa, ozodsan", dedilar. 
Qul Abu Zarr uyg'onganlarida pulni berdi, ammo u zot qabul qilmadilar. Qul dedi: 
"Olsangiz-chi, bu ishda ozodligim masalasi bor". Abu Zarr: "Ularni olmasman, chunki bu 
ishda mening qullikka tushib qolishim xavfi bor", dedilar. 
Abu Voilning quyidagi so'zlari rivoyat qilinadi: "Tijoratdan kelgan birgina dirham, menga 
hadya qilingan o'n dirhamdan yaxshiroqdir". 
Abdul Mur'im ibn Idris otasidan, u esa Vahb ibn Munabbahdan rivoyat qiladi: "Abu 
Dardoning oldiga bir kishi kelib: "Ey Abu Dardo, falon kishi meni so'kdi, zulm qildi", dedi. 
Abu Dardo unga: "Agar rost gapirayotgan bo'lsang, yaqin kunlarda Alloh uni azoblaydi", 
dedilar. Bir necha kun o'tmasdan o'sha zolim amirdan o'n ming dirham hadya oldi. Abu 
Dardo unga: "Ey birodar, rost aytgan ekansan, Alloh unga uqubat etkazdi", dedilar. "Ey 
Abu Dardo, bu ham uqubatmi?", deb so'radi. Allohga qasamki, agar orqasiga o'ng ming 
qamchi urilganda o'ng ming dirham olganidan yaxshiroq bo'lardi", deb javob berdilar u 
zot. 


Bo’stonul orifiyn. Abu Lays Samarqandiy 
 
 

Download 406,08 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   203




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish