www.ziyouz.com kutubxonasi
52
alayhi vasallam) chap qo'llari hojat va sodir bo'lgan zararlarni daf qilishi uchun, o'ng
qo'llari taomlari uchun edi". Hafsa (roziyallohu anho): "Rasulullohning (sollallohu alayhi
vasallam) o'ng qo'llari taom, sharob, kiyim va namoz uchun bo'ldi. Chap qo'llari bundan
boshqa narsalar uchun edi", deydilar. Ibrohim Naxa'iy: "Kishining o'ng qo'li taom va
sharobi uchun, chapi istinjo va burun qoqishi uchun", deganlar.
Faqih (rahimahulloh) aytadilar: Bu xabarlardan kelib chiqib aytamizki, o'ng qo'l bilan
istinjo qilish va burun qoqish durust emas, faqat chap qo'lda nuqsoni bo'lsa, ruxsat.
Avratini quyosh va oyga qarab ochish mumkin emas, shuningdek, qiblaga ham qarab
o'tirmaydi. Ammo (hojatxonada) qibla tomondan to'siq bilan to'silgan bo'lsa, ziyoni yo'q.
Hojat mahalida gapirish durust emas, chunki kotib farishtalar uni xoli qo'yishadi. Agar
mana shu vaqtda gapirsa, so'zini yozib olishlari uchun ular qaytishga majbur bo'lishadi,
bu esa, ularga qiyinchilik tug'diradi.
Bavldan (siydik) albatta, tozalanish lozim, chunki Nabiy (sollallohu alayhi vasallam):
"Qodir bo'lganlaringcha bavldan saqlaninglar, chunki qabr azobining hammasi shundan",
deganlar. Hojatda o'tirganda kiyimini oshiqcha echmasligi, qodir bo'lgunicha avratini
berkitishi lozim, chunki Nabiy (sollallohu alayhi vasallam) shunga buyurganlar.
Sahobalar: "Ey Rasululloh, atrofda hech kim bo'lmasa-chi" deyishganda, Rasululloh:
"Alloh hayo qilishga haqliroq, chunki sen bilan birga ikkita sohibing bor, ular senga ozor
berishmaydi", dedilar. Bas, sen ham ularga ozor bermasliging lozim.
Hojatdan o'ng oyoq bilan chiq va: "Mendan ozorini chiqarib, quvvatini qoldirgan Zotga
hamd bo'lsin", deb ayt. Tahorat qilishni boshlashdan oldin "Bismilloh, suvni poklovchi
qilgan Allohga hamd bo'lsin", deb ayt, chunki Nabiy (sollallohu alayhi vasallam): "Kim
tahorat vaqtida Allohning nomini aytsa, u tahoratini chiroyli qilibdi va jasadini poklabdi.
Kim Alloh nomini aytmasa, tahoratiga chiroy bermabdi va jasadini poklamabdi",
deganlar. Istinjo qilgan odam qo'lini devorga yoki erga urib yuvishi mustahabdir (ya'ni,
bugungi kunimizga qiyosan aytsak, hojatxonadan chiqqan yoki istinjo qilgan kishi
qo'llarini sovun bilan, sovun topmasa, toza tuproq, kesak bilan yuvishi lozim.– Muh.)
Shunda najaslardan o'tirgan zarar (mikrob) ketadi. Va bu ish sunnatdir.
Nabiy (sollallohu alayhi vasallam) aytadilar: "Tahorati bo'lmagan kishida namoz,
"bismillah"ni aytmagan kishida tahorat bo'lmaydi". ("Bismillah"ni aytish Abu Xanifa
mazhablarida sunnatdir – Muh.) Tahorat oluvchi barmoqlarni xilol qilishi va oyog'ining
to'pig'ini ishqalab yuvishi lozim. Chunki bunga bee'tibor bo'lishdan qattiq ogohlantirilgan.
Nabiy (sollallohu alayhi vasallam): "Tovonlar uchun do'zaxda vayl bor", deganlar. Abu
Ayyub Ansoriy (roziyallohu anhu) Nabiydan (sollallohu alayhi vasallam) rivoyat qiladilar:
"Xilol qiluvchilar qanday yaxshi", dedilar u zot. "Xilol qiluvchilar kim?" deyildi. "Taomdan
xilol qiluvchilar va tahoratda suv bilan xilol qiluvchilar", deb javob qildilar".
Agar tahoratni qilib bo'lsa: "Allohim, Sen aybu nuqsonlardan poksan Senga hamd
bo'lsin, Sendan boshqa iloh yo'qligiga guvohlik beraman, Senga istig'for aytaman, tavba
qilaman va yana guvohlik beramanki, Muhammad Sening quling va rasulingdir", deb
aytadi.
Darhaqiqat, bunday deyish ko'p fazilatlidir. Ibn Mas'uddan rivoyat qilinadiki, Nabiy
(sollallohu alayhi vasallam): "Agar birortangiz tahoratni tugatsa: "Allohdan o'zga iloh
yo'q va Muhammad uning bandasi va rasuli, deb guvohlik beraman", desin va menga
Bo’stonul orifiyn. Abu Lays Samarqandiy
Do'stlaringiz bilan baham: |