69
Bu dunyoda o’lib bo’lmaydi (qissa). Tog’ay Murod
www.ziyouz.com
kutubxonasi
92
Bir inson tavalludi nishonlanar bo‘lsa... xalq yubilyarni ko‘klarga ko‘tarib maqtaydi.
Yubilyarni xizmatlarini ulug‘laydi. Savob ishlarini barmoq bilan sanab beradi.
Yubilyarga... haykal qo‘yadi!
Ana shu zot bandachilik etsa... hayhot, marhum erta ketdi, deydi. Hayhot, marhumni
ko‘p ishlari chala qoldi, deydi.
«Bilaman, men haqimda-da shunday deydi, — o‘yladi Botir firqa. — Xo‘sh, qaysi ishim
chala qoldi? Uzi, keksalik... bir umrlik mehnat samarasi, demak. Keksalik... bir umrlik
azob-uqubat, demak. Keksalik... bir umrlik g‘am-anduh demak. Shu bois, keksa odam...
haminqadar e’zozga loyiq. Haminqadar marhamatga loyiq. Boisi, keksa odam...
yashamaydi, yashamaydi! Keksa odam... so‘nggi marosimiga hozirlik ko‘radi. Keksa
odam... dafn marosimini poylaydi! Dafn marosimini... uzi-kib-uzikib poylaydi...»
70
«Bu safar dangal gaplashaman, — dedi Botir firqa. — O’ziyam, tosh bitikchi bilmagan
balo yo‘q ekan. Shundan bir ish chiqadi. Hind choyni ko‘rsa, tag‘in-da ochilib
gaplashadi».
Botir firqa tokchadan bir yumaloq hind choy oldi. Kampiriga bildirmay, kostyum
cho‘ntakka soldi.
Baxmal shlyapani boshga qo‘ndirdi.
— Fotihaga borish inson uchun ham qarz, ham farz! — dedi.
— Fotihali joy bor edimi? Aylanay, rais bovamdan, aylanay...
U xayollar og‘ushida marhumlar shahriga kirib keldi.
Kulba ochiq bo‘ldi. Ammo tosh bitikchi yo‘q bo‘ldi. Vaziyatdan, tosh bitikchi shu
tevarakda yurmish bo‘ldi.
Botir firqa tosh bitikchi kelgunicha marhumlar shahrini sayr etdi. Qo‘llarini orqasiga
qo‘yib sayr etdi. To‘xtab-to‘xtab sayr etdi. Favqulodda... tosh bitikchini oldidan chiqib
qoldi!
Tosh bitikchi bir qabr panjarasini tuzatar bo‘ldi. Panjarani ding-ding urib ko‘rsatdi.
— Manavini qarang, otaxon, — dedi. — Shunday temirni mayishtirib ketibdi-ya! Yosh
boladan hech balo qolmaydi-ya!
— Yosh bola, yosh bola-da, — dedi Botir firqa.
— Boshqa narsa quriganday, shu panjarani mayishtirib olib, qilichbozlik o‘ynaydi-ya!
Birovini qulog‘idan cho‘zib, panjara ichidagi qabrni ko‘rsatdim.
Manavi nima, dedim. Anavi suratdagi odamni hovlisi, deydi! Unda, birovni hovlisida
o‘ynama, bor, o‘zingni hovlingga o‘yna, dedim.
— Binoyi qilibsiz, xo‘p binoyi qilibsiz.
Botir firqa shunday deya, panjara oldi skameykaga cho‘kdi.
Tosh bitikchi panjarani tuzatib bo‘ldi. Asbob-anjomlarini xaltaga soldi. Botir firqani
yonidan joy oldi. Nafasini rostladi.
— Ha-a, keling, otaxon? — dedi. — Olamda nima gaplar, endi?
— Olam tinch-osoyishta. Shu, qayta quruvchilar baqirib-chaqirib yuribdi, xolos.
— Men qayta quruvchilardan qo‘rqmayman, otaxon. Qayta quruvchilar meni ishdan
bo‘shatolmaydi. Men ishsiz qolmayman. Chunki odam bor — o‘lim bor. O’lim bor — men
bor! O’limni ishi — mensiz bitmaydi.
— Ishqilib, qayta quruvchilar hammani haydayapti.
— O’zbek o‘zagini qirqadi, otaxon, o‘zbek o‘zagini qirqadi!
Bu dunyoda o’lib bo’lmaydi (qissa). Tog’ay Murod
Do'stlaringiz bilan baham: |