www.ziyouz.com
kutubxonasi
94
birov bilmay qolyapti. XX asrni yaratgan zotlarni qadri shu bo‘ldimi? Bilsam, ta’ziyanoma
berish uchun — gazetaga yaxshigina pul to‘lash kerak ekan. Arpaga upoq bo‘lmas...
pensiya qaysi biriga bo‘ladi? Hademay, urush va mehnat veteranlaridan faqat xotira
qoladi, xolos. Hali, shu xotira qolsa! Zamon shunday ketsa, XX asrni bino etgan
zotlardan xotira-da qolmaydi...
— O’z joniga o‘zi qasd qiluvchilar yomon odam bo‘lmaydi, deyishadi.
— Bo‘lmasam-chi, uka, bo‘lmasam-chi! Suitsidlar dono odam bo‘ladi, uka, suitsidlar
halol odam bo‘ladi! Erazm Rotterdamskiy: faqat mutafakkir zotlargina o‘z joniga o‘zi
qasd qila oladi, deb edi!
— Sovet davrida o‘z joniga o‘zi qasd qilish juda ko‘p bo‘lar edi. Birov o‘zini osar edi,
birov o‘zini tomdan tashlar edi. Tag‘in birov yo‘g‘on tomirini kesar edi, uksus ichar edi.
Bir inson nima uchun o‘z joniga o‘zi qasd qilgani bilan sovet rahbarlari shug‘ullanmas
edi. Shug‘ullansa ham... bechora marhumni o‘zini ayblashar edi.
— O’zimiz ham... bundan mustasno emasmiz, uka.
— O’zingiz ham?
— Beayb parvardigor, deydilar, uka. Sovet davrida... biz kommunizm quramiz, bizda
suitsid bo‘lishi mumkin emas, deb keldik. Shu bilan suitsidga barham berdikmi?
Aksincha, o‘z joniga qasd qiluvchilar soni yil sayin ko‘paydi. Har yili minglab inson o‘z
joniga o‘zi qasd qildi. Biz bu holatni sovet turmush tarziga zid, deb baholadik. Suitsid
hollarni bekitib keldik. Mabodo oshkor bo‘lib qolsa, o‘sha suitsidchini... o‘zini aybladik!
O’z joniga o‘zi qasd qiluvchilarni... badnom qildik! Chunki eng yaxshi guvoh — o‘lik
guvoh, deydilar. Ko‘zi yumuq inson sukut saqlab yotaveradi. Ko‘zi ochiq insonlar esa
mazza qilib yashayveradi. Bo‘lmasa, bittagina ko‘zi yumuq inson uchun o‘nlab rahbar
hayfsan oladi, partiyadan o‘chadi, ishdan haydaladi. Vaholanki, sovet sud-jamoat
kodeksida: «Insonni o‘z joniga qasd qilishiga olib kelganlar besh yil muddatgacha jinoiy
javobgarlikka tortiladi», deyilgan. Men haligacha biror rahbarni ana shu modda bilan
javobgarlikka tortilganini eslay olmayman.
— Unda, siz ham chatoq ekansiz, otaxon.
— Beayb parvardigor, uka, beayb parvardigor.
— Unda, siz bilan muloqotda bo‘lish xavfli ekan...
— Iya, unday demang, uka, unday demang.
Botir firqa dovdirab qoldi. Joyidan lik etib turdi.
Apil-tapil o‘ng cho‘ntagini kovladi. Chap cho‘ntagini kovladi. Shoshib, hind choyni oldi.
Tezlik bilan tosh bitikchini kaftiga qo‘ydi. Tosh bitikchini barmoqlarini yumib, choyni
ushlatdi.
— Mana, uka, mana. Haqimizga duo qilib ichasiz, deb olib keldim.
— Bu, xind choymi?
— Shunday, yaxshi choy, shunday.
— Nima qilardingiz, otaxon, o‘zingiz ichsangiz bo‘lardi?
— Endi, siz el-yurtni savob ishlarini qilyapsiz, uka. El-yurt xizmatini qilyapsiz. Shu
bois, ko‘ngildan chiqarib olib keldim.
— Rahmat, rahmat. Ilohi omin, umringizga umr qo‘shilsin, Olloh-akbar! Men sizga
aytsam, otaxon, bandachilik — xudoyi taoloning dargohiga mehmon bo‘lib borish,
demaqdir. Marhumlar shahriga sayyoh bo‘lib borish, demakdir. Shunday ekan, inson
mehmon bo‘lish uchun shoshilmasligi kerak. Mehmon bo‘lishni erta-kechi bo‘lmaydi.
Qolaversa, o‘z joniga o‘zi qasd qilishni yomon tomonlari ko‘p. Avvalambor, o‘z joniga o‘zi
qasd qilish — xudo oldida jinoyat qilish, demakdir. Ma’lumki, bandasiga issiq jonni
xudoyim taolo ato etadi. Ol, qulim, deydi! Issiq jon — eng noyob bisotdir. Issiq jon —
eng shirin ne’matdir. O’z joniga o‘zi qasd qilish — xudoyim taoloni noyob mulkiga qasd
Bu dunyoda o’lib bo’lmaydi (qissa). Tog’ay Murod
Do'stlaringiz bilan baham: |