Microsoft Word bu dunyoda ulib bulmaydi ziyouz com doc


Bu dunyoda o’lib bo’lmaydi (qissa). Tog’ay Murod  www.ziyouz.com



Download 420,67 Kb.
Pdf ko'rish
bet30/105
Sana11.03.2023
Hajmi420,67 Kb.
#918227
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   105
Bog'liq
bu dunyoda ulib bulmaydi ziyouz com

32


Bu dunyoda o’lib bo’lmaydi (qissa). Tog’ay Murod 
www.ziyouz.com
kutubxonasi 
30
Botir firqa bosh vrach bilan uzun dahliz bo‘ylab yurdi. Tevarakka qarab-qarab yurdi. 
Dahlizni ikki tarafida qator palatalar bo‘ldi. Palatalar panjara-devorlik bo‘ldi. Panjara-
devorlar yo‘g‘on barmoqday temirdan bo‘ldi. Panjara-devorlar orasi barmoq sig‘ar 
darajada zich-zich bo‘ldi. 
Ichkarida... bemorlar sulayib-sulayib o‘tdi. Davra bo‘lib o‘ynadi. O’zlaricha raqsga tushdi. 
Bir-birini quchoqlab tantsaga tushdi. Bir-biriga navbat bermay ashula aytdi. 
Bemorlar panjara-devordan... tilini chiqardi, tilini osiltirdi, tilini o‘ynatdi. Beo‘xshov-
beo‘xshov tirjaydi... 
— Men bu dargohga birinchi kelishim, o‘rtoq bosh vrach. Bunday, uyoq-buyoqni 
tanishtiring-da? 
— Tanishtirmayman, Botir Esonovich, tanishti-rolmayman. 
— Men raykomni birinchi sekretariman, partiya posboniman. Mendan nimani bekitasiz? 
Kisqacha spravka bering, bilib qo‘yay. Partiyaviy-tashkiliy ishlarda kerak bo‘lib qoladi. 
— Faqat, gap shu yerda qoladi. 
— Partbiletim bilan javob beraman! 
— U holda, umumiy spravka beraman. Mana bu korpusimiz besh qavatdan iborat. Har 
qavatida o‘n ikkitadan palatamiz bor. Bemorlarimiz yigirma xilga bo‘linadi. Ya’ni yigirma 
xil ruhiy kasalni davolaymiz. Yigirma xil ruhiy notavonga shifo beramiz. Masalan, mana 
bu palatalarda diniy-ruhiy bemorlar davolanadi. Diniy-ruhiy kasal deganimiz shuki, 
jamiyatimiz kommunizm qurayotgan bir davrda... bular shariat ishlari bilan 
shug‘ullanganlar. Namoz o‘qiganlar. Toat-ibodat qilganlar. O’zlari kamday, sof vijdonli 
sovet kishilari orasida diniy targ‘ibot ishlari olib borganlar. Shu sabab, bular — diniy-
ruhiy bemorlardir. Mana bular esa — huquqni himoya qiluvchi bemorlar hisoblanadi. 
Aniqrog‘i, tarixchi-ruhiy kasallardir. Bu tarixchi-ruhiy kasallar tarix darsliklariga qarshi 
chiqqanlar. Xalqqa tarixni qing‘ir-qiyshiq qilib targ‘ib qilganlar. Bu qing‘irliklari bilan 
«ozod va hur» sovet xalqi ongini zaharlaganlar. Masalan, anavi tirjayib turgan bemor... 
akam o‘zlaricha Rossiya O’zbekistonni qo‘shib olmagan aksincha, bosib olgan, deb 
targ‘ibot qiladilar. Biz bu dononi davolayapmiz. Manavilar — boyvachcha bemorlar. 
Bularda uy-joy, mashina, mol-dunyo mo‘l. Bular ana shu mol-dunyosini birovga meros 
qoldirishni istamaydi. Merosxo‘rlari esa ko‘p. Oqibat, merosxo‘rlar o‘zaro janjal qiladi. 
Boyvachcha esa, xasta bo‘lib qoladi. Keyin, bir merosxo‘ri, mana bo‘lmasa deb, 
boyvachcha bemorni... bizga olib kelib topshiradi. Mana bu bemorlar esa — harbiy 
qonun-qoida qurbonlari. Bular o‘z vaqtida harbiy xizmat qilishdan bosh tortgan. 
Armiyada xizmat qilishni istamagan. Harbiy xizmat vaqtida armiyadan qochib ketgan. 
Sovet armiyasi sha’niga haqoratomuz so‘zlar aytgan. Sovet armiyasi qamoqxona, 
degan. Xullas, sovet armiyasining dushmanlari. Manavilar — ixtirochi-kashfiyotchilar. Bu 
bemorlar o‘z kasblari bo‘yicha ulkan kashfiyotlar qilgan, ixtirolar yaratgan. 
Kashfiyotlarini o‘z aqllari bilan yaratgan. Ixtirolarini o‘z qo‘llari bilan yaratgan. Manavi 
bemor o‘zining kashfiyot — ixtirosi sovet faniga qabul qilinayotgan vaqtda... tentakligini 
namoyish qilib qo‘ygan. Bilasiz, sovet jamiyati kollektivizm asosiga qurilgan. Kollektiv 
bo‘lib mehnat qilish, kollektiv bo‘lib yaratish, kollektiv bo‘lib yashash... Shu jumladan, 
sovet fani ham kollektiv mehnat samarasidir. Shu sabab, ilmiy tekshirish instituti 
direktori, direktor o‘rinbosari, laboratoriya mudiri... jami besh kishi mana shu bemor... 
bilan soavtorlik qilmoqchi bo‘ladi. Bu tentak esa... soavtorlikni rad etadi! Yelg‘iz o‘zi 
kashfiyot qilib, fan yaratmoqchi bo‘ladi. Bundan keyin, buni kim deb atash kerak? Jinni-
da, jinni. Ana, o‘tiribdi. 
Botir firqa eshitib bordi. Tevarakka qarab bordi. Bosh irg‘ab-irg‘ab bordi. 
«Bu kasalxona emas, qamoqxona. Shunday, qamoqxona», deya bosh irg‘adi. 


Bu dunyoda o’lib bo’lmaydi (qissa). Tog’ay Murod 

Download 420,67 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   105




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish