STB dastgohlarida arqoq ipi homuzaga bir tomondan (chapdan) tash- lanadi. Bu dastgohda xomuzaga tashlangan arqoq ipini ip tutgich yordamida ushlab turiladi, so'ngra qaychi bilan kesiladi va ipi uchi keyingi xomuzaga qay- tarilib, qaytma milk hosil qilinadi. SHuning uchun bu dastgohlarga maxsus milk hosil qiluvchi mexanizmidan foydalaniladi. Agar dastgoh bir polotnoli bo'lsa, milk hosil qiluvchi mexanizm chap va o'ng tomonlarga, ikki polotnoli bo'lsa o'rtaga ham o'rnatiladi.
Milk hosil qilish mexanizm markazlovchi qurilma, qaychi, ip taxlagich, ip tutkich va rostlagichlardan iboratdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |