Markazlovchi qurilma arqoq ipining ip tutgichga nisbatan to'g'ri joylash- ishini ta'minlaydi va qaychi tashlangan arqoq ipini kesadi.
Ip tutkich arqoq ipini kesishdan oldin, uni to'qimaning ikki chetida ushlab olib, tig' bilan birgalikda to'qima qirg'og'iga olib boradi va ip uchini ip taxlagich ignasi ilgagiga uzatadi va arqoq ipi xomuzaga to'liq tashlanguncha uni ta- ranglikda tutib turadi. Arqoq ipini qaychi kesganidan keyin ip taxtlagich navbat- dagi xomuzaga ip uchini taxlaydi.
Rostlagich yordamida ip tutgich va igna holati to'qima qirg'og'iga nisbatan rostlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |