Microsoft Word Boymur\340tov tm



Download 12,1 Mb.
bet1/156
Sana01.02.2022
Hajmi12,1 Mb.
#421028
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   156
Bog'liq
toquvchilik texnologiyasi


O'ZBEKISTON RESPUBLIKАSI OLIY O'RTА MАXSUS TА'LIM VАZIRLIGI

Boymurаtov B.X., Dаminov А.D.








5320900- Engil sаnoаt buyumlаri konstruktsiyasini ishlаsh vа texnologiyasi (to'qimа) tа'lim yo'nаlishi bаkаlаvr tаlаbаlаri uchun


Toshkent - 2015

KIRISH


Matolar - insoniyat uchun eng kerakli uch narsaning (oziq-ovqat, boshpana) biri hisoblanadi. Shuning uchun matolarni paydo bo'lishi va ularni ishlab chiqarish evolyutsiyasi insoniyat tarixi bilan bevosita bog'liqdir. Insonlar matolardan o'z tanalarini tashqi muhitni zararli ta'sirlaridan himoyalash va chiroyli ko'rinish uchun foydalanishgan. Inson dunyoga kelgan kunidanoq uni matoga o'rashadi, ya'ni kiyintirishadi, bir umr, butun hayoti davomida mato ichida yashaydi, xatto boqiy dunyoga ham mato ichida ketadi. Inson matolar bilan umr bo'yi aloqada, birga bo'lganliklari sababli, uni insonni ajralmas bir qismi deyish mumkin, hamda uni yaqinroqdan o'rganish, bo'ysundirish va boshqarishga harakat qilinadi.


Insoniyat tarixida to'qimachilik mahsulotlarini ishlab chiqarish bundan bir necha ming yillar oldin ma'lum bo'lgan. Qo'lda ip tayyorlash va gazlama to'qish Xindiston, Xitoy, Misr va O'rta Osiyoda miloddan bir necha asr ilgari ma'lum bo'lgan.
To'quvchilik, shubhasiz, dunyoda eng qadimgi san'at va hunarlardan biri hisoblanadi. Ibtidoiy odam «tabiiy» mehnat quroli sifatida o'z qo'llaridan foydalana boshlagan tarixdan ilgarigi davrlarda u tirikchiligini osonlashtirish yo'llarini izlab, har xil narsalarni yaratdi. Bunday ijodning eng oddiy usullaridan biri hayvon terisi tilimlarini, o'tlarni, qamishlarni, chirmoviqlarni, buta va daraxt novdalarini bir- biriga o'rish bo'lgan. Qadimgi odamlar bu narsalarni yonma-yon qo'yib, bir-biriga o'rib chiqaverishgan. Natijada muayyan bir buyum hosil bo'lgan.
Jahon statistik ma'lumotlariga ko'ra rivojlangan davlatlarda oddiy oilalar matolar uchun (kiyim-kechaklar) o'z yillik daromadlarining 20%igacha, sanoati rivojlangan davlatlarda esa undan ham ko'proq qismini sarflashar ekan. Har oyda moda o'zgarishi, matolar xizmat davrini tugashi, ularning yangi va yangisini yaratish hamda ishlab chiqarishni talab etaveradi. Mato ishlab chiqarish va kiyinish tendentsiyasi bevosita hudud bilan bog'liqdir. Shuning
uchun Respublikamizda paxta matolarning salmog'i yuqori bo'lsa, kiyinishimiz o'zbekonadir.
Mamlakatimizda engil sanoat maxsulotlarini sanoat asosida ishlab chiqarish XIX asrning oxirlarida, 1874 yilda Toshkent shaxrida paxta tozalash zavodi qurilishi bilan boshlangan. Paxta xom-ashyosiga bo'lgan talabning ortishi bilan O'zbekistonda qator paxta tozalash zavodlari, 1881 yilda Samarkand viloyatining Kattakurg'on shaxrida, 1890 yilda Xorazm viloyatining Xazorasp tumanida, 1898 yilda Buxoro viloyatining Qoraqo'l shaxrida va Respublikamizning boshqa mintaqalarida zavodlar qurilib ishga tushirilgan. Mamlakatimizda yildan-yilga paxta xom- ashyosini ishlab chiqarish ko'payib borgan.
1923-26 yillardan boshlab mamlakatimizda to'qimachilik sanoati barpo qilina boshlangan va paxta tozalash zavodlari bilan bir qatorda 1926 yilda Farg'ona to'qmachilik fabrikasi qurillib ishga tushirilgan, keyinchalik esa u katta to'qimachilik kombinatiga aylantirilgan.
1926 yilda Farg'ona to'qmachilik fabrikasi, 1927 yilda Farg'ona va Samarkandda pillakashlik fabrikalari, 1928 yili Buxoro va Marg'ilonda pillakashlik korxonalari qurilib ishga tushgan bo'lsa, 1930 yilda Samarkand shoyi fabrikasi, 1932 yilda Toshkent to'qimachilik kombinati, 1960 -yillarning o'rtalarida Namanganda “Kastyumbob va shtapel gazlamalar ishlab chikarish” kombinati, Toshkentda “Malika” trikotaj ishlab chiqarish birlashmasi, Andijonda ichki trikotaj buyumlari fabrikasi va boshqa to'qimachilik korxonalari qurilib, mahsulot ishlab chiqara boshlagan.
To'qimachilik sanoatini rivojlantirish choralari Respublikamizda uzluksiz ravishda amalga oshirilib kelinmoqda. Xozirda to'la avtomatlashtirilgan, kompyuterlashtirilgan, zamonaviy to'qimachilik davlat, qo'shma, kichik va xususiy korxonalar soni kundan-kunga ortib borib, ulardan qarayib barcha to'qimalar ishlab chiqarilmoqda.

  1. Download 12,1 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   156




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish