To'quv dastgohlarini ishlab chiqaruvchi xorijiy firmalar
To'quv dastgohlari ko'plab davlatlarda ishlab chiqariladi. Quyida zamonaviy to'quv dastgohlarini ishlab chiqaruvchi etakchi firmalarni ayrimlari keltirilgan (1.1- jadval).
Ishlab chiqaruvchi firmalar
|
Pnevmatik to'quv dastgohlarini ishlab chiqaruvchilar
|
Rapirali to'quv dastgohlarini ishlab chiqaruvchilar
|
Zultser (Shveytsariya)
|
Dornier (Germaniya)
|
TSudakoma (Yaponiya)
|
Somet (Italiya)
|
Picanol (Belgiya)
|
Picanol (Belgiya)
|
Toyota (Yaponiya)
|
Zultser (Shveytsariya)
|
Dornier (Germaniya)
|
Vamates Rapirali (Italiya)
|
Somet (Italiya)
|
Vamates Negativ Rapirali (Italiya)
|
Trusrein (Chexiya)
|
Panter Negativ Rapirali (Italiya)
|
Gunne (Germaniya)
|
YAkob Myuller (Shveytsariya)
|
MyullerAG (Shveytsariya)
|
Sapa Textil (Ispaniya)
|
Vauple (Germaniya)
|
Panter (Italiya)
|
|
ICBT Vaupel (Germaniya)
|
|
CTM (Xitoy)
|
Gidravlik to'quv dastgohlarini ishlab chiqaruvchilar
|
Mitti mokili to'quv dastgohlarini ishlab chiqaruvchilar
|
TSudakoma (Yaponiya)
Toyota (Yaponiya)
|
Zultser (Shveytsariya)
STB (Rossiya)
|
1.1-jadval Zamonaviy to'quv dastgohlarini ishlab chiqaruvchi etakchi firmalar
Zamonaviy to'quv dastgohlarining yuqori sifati quyidagi omillar bilan ta'minlanadi:
yuqori universalligi, ya'ni turli xil to'qimalar ishlab chiqarish imkoniyatlarini kengligi;
yuqori tezlikda ishonchli ishlashi;
ishlab chiqarilgan to'qima sifatining yuqoriligi;
dastgoh to'xtashlari sonining kamligi va bartaraf etishdagi kam mehnat sarfi;
Dastgohlarning universalligi paxta, jun, ipak, sun'iy va sintetik hamda aralashmali iplardan to'qima ishlab chiqarish imkonini yaratadi.
Dastgohlarda og'irligi yuqori bo'lgan quyidagi to'qimalarni ishlab chiqarish mumkin: kiyimbop junli to'qimalar, engil va zichligi yuqori ip gazlamalar, zig'ir, sintetik va aralash ipli va boshqa to'qimalar.
Dastgohlarning keng assortiment imkoniyatlari quyidagi ko'rsatgichlar bilan ta'minlanadi:
original kinematik va dinamikli tig' yuritmasi;
arqoq ipini tashlash mexanizmining konstruktsiyasi;
ishchi eni qamrovini kattaligi;
arqoq ipini rangini erkin rapportida ajratuvchi tanlagich va 12 shodali ho- muza hosil qilish mexanizmining o'rnatilishi;
20 shodali pozitiv elektron shrda ko'tarish karetkasi;
elektron yoki mexanik boshqaruvchi jakkard mashinasi.
Maksimal tezlikda ham dastgohlar ishining yuqori ishonchiligini namoyon
etadi.
Dastgohlarning ishining ishonchligi, uning tezligini oshishi bilan qo'yidagilar
bilan ta'minlanadi.
detal va mexanizmlarini yuqori aniqlikda tayyorlanganligi;
eng yangi texnologiyalar va kompozitsion materiallarning qo'llanishi;
4 bo'g'inli rapira yuritmasini qo'llanishi va kulachok va aksilkulachoklar- dan harakat oluvchi engillashtirilgan batan mexanizmi;
dastgoh yuritmasi va tormozi asosiy mexanizmlarini mukkamal kinemat- ika va dinamikasi;
qisqichlar o'lchami va konfiguratsiyasini optimalligi;
rang ajratish tanlagichida arqoq iplari orasidagi masofaning kattalashtiril- ganligi, dastgohning cho'yan asoslardan iboratligi.
Yuqori sifatli to'qimani ishlab chiqarish quyidagilar bilan ta'minlanadi:
o'zgaruvchan tokli dvigatelning yuritmasini elektro mexanik mufta va dastgohni 0,1 sekda to'xtatuvchi va tezligini oshirishni ta'minlovchi dastgoh tormozining qo'llanishi;
tanda uzatuvchi reversiv turdagi elektron rostlagichlarning qo'llanishi, bu rostlagichlar tanda ipining tarangligini bir hilda ushlab turadi;
yo'qolgan arqoq ipi o'rnini homuzada topish mexanizmlari;
elektron to'qima rostlagichlari;
soxta milk hosil qiluvchi mexanizmlar;
optimal konstruktsiyali arqoq ipini jipslash mexanizmlari;
takomillashgan homuza shakli va skalo holatini rostlashning katta imkoni- yatlarining mavjudligi;
Dastgoh ishlayotganida va qayta taxtlanganida qisqa muddatga to'xtab turish quyidagilar bilan ta'minlanadi:
mexanizmlar omillarining yuqori barqarorligi;
dastgohlarni tuzatish va uni muqobillashtirish omillarini nazorat qiluvchi el- ektron tizimi;
to'qima enining oson rostlash;
berilgan o'rilishli to'qimaning ishlab chiqarish va arqoq ranglarini tanlab beruvchi protsessorda yaxlitlovchi elektron tizimi;
to'qima o'ramiga qarab mikroprotsessorlar tomonidan nazorat qiluvchi arqoq ipi uzilgan homuzani avtomatik topish qurilmasi;
to'qima ruloni diametri kattaligi va uni dastgoh ishlab turganida echib olish;
rulonni joylovchi romlarini qo'llash imkoniyati;
yuqori takomillashgan, iplar uzuqlarni bartaraf etish vaqtini kamaytiruvchi tanda kuzatish qurilmasi;
dastgohning ishchi tezligi, ishlab chiqariladigan to'qima, uzuqlar va boshqa ko'rsatkichlar haqida ma'lumotlar beruvchi mikroprotsessorlar yordamida el- ektron boshqarish markazini qo'llanishi.
To'qimachilik korxonalaridagi ensiz va past unumli to'quv dastgohlari o'rnini zamonaviy enli dastgohlar egallamoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |