Pozitiv tanda uzatish va taranglash mexanizmi
Pozitiv tanda uzatish va taranglash mexanizmlari (TUTM)da to'quv g'altagi alohida mexanizm yordamida avvaldan belgilangan uzunlikdagi (l =const) tanda iplarini bo'shatib beradi, tanda tarangligi esa alohida nazorat qilinadi.
Doimiy tanda ipi taranglini va to'qima elementini hosil bo'lishi jarayonidagi kerakli ip uzunligini ta'minlash dastgohning har bir ishchi tsiklida amalga oshiri- ladi. Buning uchun to'quv g'altagini burchak tezligi g'altak diametri kamaygani sari ortib borishi talab etiladi. Pozitiv tanda uzatish va taranglash mexanizmlarida tanda tarangligini asosan skalo qabul qilib, sezuvchi vazifasini bajaradi (6.5-rasm).
6.5-rasm.Pozitiv TUTMini printsipial chizmasi
Tanda ipi tarangligiga skalo tomonidan X kuchi ta'sir etadi. Agar tanda ta- rangligiga boshqa omillar ta'sir etmaydi desak, u holda X kuchini doimiy bo'lishi taranglikni ham bir xil bo'lishini ta'minlaydi. Richagni F bir uchiga yuk W o'r- natilgan bo'lib, ikkinchi uchi ramaga sharnirli tayanch N da bog'langan. Skalo rich- ag F bilan kinematik bog'lanib, B tayanchda tebranma harakatlanadi. X kuchi F richagdagi yukni W holatiga qarab o'zgartirilib boriladi. YUkni W holati va X kuchi o'zaro quyidagicha bog'langan:
m-mexanizmdagi richag va tortqilarni og'irligi.
Skalo dastgohni ikki tomoniga o'rnatilgan ikkita tebranma harakatlanuvchi richakga bog'langan. Richaglar B tayanchda tebranma harakat qiladi va ularni rostlash yo'li bilan skaloni holatini (balandligini) o'zgartirish mumkin. skaloni ho- lati xomuza shakliga, to'kimani to'lirish koeffitsentiga va arqoq bo'yicha zichligiga ta'sir qiladi. YUqorida tanda ipi tarangligiga faqatgina X kuchi ta'sir etishi ko'ril- gan. Biroq tanda ipi tarangligiga quyidagi 3ta omillar orqali ham o'zgaradi:
To'quv g'altagi diametrini kamayishini ta'siri.
Skaloni tanda ipi bilan qamrab olish burchagi.
Skaloni o'rnatish holati.
To'qima hosil jarayonida to'quv g'altagidagi o'rama diametri kamayib boradi va bu o'z o'rnida tanda ipi tarangligini o'zgarishiga olib keladi. O'rama diametri kamayib borgan sari tanda ipini skaloni qamrab olish burchagi ortib boradi va bu esa tanda ipi bilan skalo orasidagi ishqalinish kuchini ortishiga olib keladi, natija esa tanda tarangligi ortib ketadi (6.6-rasm).
6.6-rasm. O'rama diametri va skaloni qamrab olish burchagi
Tanda ipi tarangligiga skaloni qamrash burchagi va X kuchini o'zaro ta'siri 6.7-rasmda keltirilgan. Kiruvchi va chiquvchi tarangliklarni (Tk=Tch=T) teng degan holda ularni teng ta'sir etuvchisi (R) orasidagi burchak ѳ ta'sirini ko'ramiz.
∟AOB= ѳ, ∟AOC= α,
shuningdek, ∟BOC=( ѳ- α).
6.7-rasm. Taranglik va skaloni qamrash burchagi
SHunday, ), (6.1)
bundan, , (6.2)
shuningdek, (6.3)
tanda tarangligi (6.4)
agar α=00 bo'lsa,
agar α=900 bo'lsa,
(6.5)
. (6.6)
YUqoridagi formula shuni ko'rsatadiki, ta'sir etuvchi burchaklar α =00 va e= 00 bo'lgan holatlarda ularni ta'siri minimum bo'ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |