Microsoft Word Boymur\340tov tm



Download 12,1 Mb.
bet96/156
Sana01.02.2022
Hajmi12,1 Mb.
#421028
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   156
Bog'liq
toquvchilik texnologiyasi

Tanda tormozlari


Ayrim to'quv dastgohlarida tanda iplarini uzatish va taranglash vazifasini tanda tormozi bajaradi.Tanda tormozi o'rnatilgan to'quv dastgohlarida to'qima tortib olinishi natijasida hosil bo'lgan tanda ipining tarangligi ta'sirida to'quv g'alt- agi aylanib, kerakli uzunlikdagi tanda iplarini to'quv zonasiga uzatiladi.
Tanda tormozlari qarshilik ko'rsatish usuliga ko'ra, ishqalanuvchi, yukli, prujinali va aralash bo'lishi mumkin. Ishqalanuvchi tanda tormozlarida to'quv g'altagining aylanishiga ishqalanish kuchi qarshilik qilsa, yukli va prujinali tormozlarda esa yuk va prujina kuchlari qarshilik ko'rsatadi.
Aralash tanda tormozlarida g'altakning aylanishiga bir vaqtda ham ishqal- anish kuchi, ham yuk yoki prujina qarshilik ko'rsatadi. Pnevmatik to'quv dastgoh- iga o'rnatilgan tanda tormozi 6.4 -rasmda ko'rsatilgan. Tanda iplari 2 to'quv g'alt- agidan 1 chuvalib chiqib, skalo 3 orqali to'qima hosil bo'lish zonasiga uzatiladi.
Skalo 3 dastgohning chap va o'ng ramalariga o'rnatilgan ikki elkali richagning 4 pastki elkasidagi prujina 5 bilan bog'langan.
Dastgohning chap tomonida o'rnatilgan ikki elkali richagning 4 pastki elkasi ikkinchi ikki elkali richagning 6 vertikal elkasiga ta'sir etishi mumkin. Richagning 6 pastki elkasiga o'rnatilgan tormoz kolodkasi 7 tormoz shkiviga 8 tegib turadi. Tormoz shkivi 8 z5, z 4, z 3, z 2, z1 va z tishli g'ildiraklar orqali to'quv g'altagi 1 bilan bog'langan. Tanda iplarining tarangligi tormoz kolodkasi 7 bilan tormoz shkividagi 8 ishqalanish kuchiga bog'liq bo'lib, prujina 5 bilan tanda iplari tarangligining teng ta'sir etuvchi kuchlari ayirmasi bilan aniqlanadi.
6.4- rasm. Pnevmatik to'quv dastgohining tanda tormozi

  1. to'quv g'altagi; 2- tanda iplari; 3- skalo; 4,6 – richag; 5- prujina; 7- tormoz ko- lodkasi; 8- tormoz shkivi.

Taranglik ko'payib ketsa, skalo 3 soat strelkasiga teskari tomonga buriladi, prujina 5 esa ikki elkali richag 6 orqali kolodkaning 7 shkivga 8 ta'sirini ka- maytiradi, natijada to'quv g'altagini aylanishi ko'payib, tanda iplari tarangligi me'yorlashadi. Tanda iplarining tarangligi kamayib ketsa, prujina 5 ta'sirida richag 6 soat mili bo'yicha burilib, kolodkani 7 shkivga 9 ta'sir kuchi ko'payib, to'quv g'altagining aylanishi kamaytirilib, tanda iplar tarangligi kerakli miqdorga etkazi- ladi. SHunday qilib, tanda iplarining tarangligi prujinaning 5 ta'sir kuchi, 4,6- richaglarning elkalari uzunliklariga va z 5, z 4, z 3, z 2, z1 z tishli g'ildiraklarning
orasidagi uzatish soniga bog'liqdir. Tormoz shkivi bilan to'quv g'altagi orasida
uch juft shesteriyalar o'rnatishdan maqsad kolodka bilan shkiv orasidagi ishqal- anish kuchini kamaytirishdir.
Tanda ipini statik tarangligi tormozlash kuchi bilan aniqlanadi. Tormozlash kuchi esa tormozlash kolodkasini 7 bosimiga bog'liqdir. Tormozlash kalodkasini bosimi prujina va tanda ipi tarangliklarini yig'indisiga bog'liqdir. Muvozanat shartidan

yoki,
bu erda, Fst - tanda ipini statik tarangligi, H; Ri -to'quv g'altagidagi o'rama radiusi, m; Ftr - tormozlash kalodkasi va shkivi orasidagi ishqalanish kuchi, H.


FTP=Nf
bu erda, N-tormozlash kalodkasini tormozlash shkiviga bosimi, H; f- tormozlash kalodkasini tormozlash shkivi orasidagi ishqalanish koeffitsienti.
To'quv g'altagidagi o'rama diametri kamaygani sari tanda ipini statik tarangligi ortib boradi va u tormozlash kalodkasi va tormozlash shkivi orasidagi ishqalanish koeffitsientiga, prujina va tanda ipi tarangliklari kuchini yig'indisiga, tanda ipini skaloni qamrash burchagi kabi omillarga bog'liqdir.
Tanda tormozlarining buzilishi natijasida to'qimada nuqsonlar paydo bo'ladi. Tanda tormozlaridagi aylanma harakat qiluvchi qismlardan birortasi etarlia aylanmasa, tanda iplarining tarangligi oshib ketishi mumkin.
Tormoz kolodkasi va shkivlar orasiga moy tushib qolsa, tanda iplarining ta- rangligi kamayib ketadi. Tanda tormozlaridagi richaglar o'z o'qi atrofida engil harakat qilishi kerak, aks holda tanda uzatish jarayoni buzilishi mumkin.

          1. Download 12,1 Mb.

            Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   156




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish