Nazorat savollari
To'qima milki.
To'qima milkini hosil qilish mexanizmlari.
STB dastgohining qaytma milk hosil qiluvchi mexanizmi.
Soxta milk hosil qiluvchi moslamalar.
O'ramali milk va uni hosil qiluvchi mexanizmlar.
Milktutgichlar.
BOB. TO'QUV DASTGOHI UNUMDORLIGI To'quv dastgohining ish unumdorligi
Mexanik to'quv dastgohlarida bajariladigan asosiy texnologik amallarni (xomuza hosil qilish, arqoq ipini tashlash, jipslashtirish, to'qimani tortish va o'rash, to'qima o'rilishini hosil qilish, rang rapportini ta'minlash, sun'iy milk hosil qilish) mexanizatsiyalashtirish va avtomatlashtirish natijasida dastgohning nazariy unumdorligi 60dan 220-240 metrarqmin.gacha oshirishga erishildi. Arqoq tashlash tezligi esa 15 m/s gacha oshdi. Mokisiz arqoq tashlash usullarini yaratilishi va to'quv dastgohlari mexanizmlarining takomillashtirilishi hisobiga unumdorlik 2000 metrarqmin.gacha etkazildi.
To'quv dastgohlarining nazariy unumdorligini oshirish to'qima hosil qilish jarayonining asosiy amallarini avtomatlashtirish yoki ularni bajarish usullarini o'zgartirish hisobiga emas, balki asosiy va yordamchi mexanizmlarining tezligini oshirish hisobiga erishilgan.
To'qima hosil qilish jarayonidagi yordamchi amallarni (tanda va arqoq iplari uzuqlarini bartaraf etish, uzuqlarni topish, ip tarangligini nazorat qilish va rostlash, to'qima nuqsonlarini aniqlash va bartaraf etish, mexanizmlardagi buzilishlarni topish va tuzatish, mexanizmlarni moylash va tozalash, arqoq bobinasini almashtirish, to'qima o'ramasini echish) kamaytirish, ularni avtomatlashtirish to'quvchini yordamchi amallarni bajarishdan to'liq yoki bir muncha ozod qiladi va to'quv dastgohining unumdorligini oshirishga olib keladi.
Tanda va arqoq iplari uzuqlarini bartaraf etish, to'qima nuqsonlarini aniqlash va ularni yo'qotish choralarini ko'rish, moylash, tozalash, yo'qotilgan arqoq ipi xomuzasini topish va hakoza yordamchi amallarni takomillashtirish va avtomatlashtirish dastgoh unumdorligini oshirishga bevosita ta'sir etadi.
Xozirda to'quv dastgohlari zamonaviy elektron moslamalar bilan jihozlanmoqda. Dastgohlar markaziy moylash va tozalash tizimlari, to'quv g'altagini almashtirish, to'qimani dastgohdan echib olish haqida xabar beruvchi
datchiklar bilan jihozlanmoqda. Ular yordamida barcha texnologik omillarni o'rnatish, rostlash, boshqarish va nazorat qilish jarayonlari amalga oshirilmoqda. Texnologik amallarni avtomatlashtirish, elektron tizimlaridan foydalanish va boshqa zamonaviy kompyuter texnologiyalarini qo'llash dastgoh tezligini oshirishga, texnologik amallarni bajarish vaqtini kamayishiga olib keladi va to'qima ishlab chiqarish FVKini yuqori bo'lishini ta'minlaydi va bu o'z o'rnida dastgoh unumdorligini oshiradi.
To'quv korxonalarining ishlash samarasini aniqlovchi asosiy omillardan biri uskuna va mehnat unumdorligi. Unumdorlik ma'lum vaqtda ishlab chiqarilgan mahsulot miqdori bilan belgilanadi. To'quv dastgohlarining unumdorligi ularda bir soatda qancha pogon metr to'qima to'qilganligi, yoki shu vaqtda qancha arqoq ipi tashlanganligi bilan, ayrim hollarda soatiga necha kvadrat metr to'qima to'qilganligi yoki necha metr arqoq ipi tashlanganligi bilan ham ifodalanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |