Elektron to'qima tortish va uni o'rash
Elektron to'qima tortish va uni o'rash mexanizmi hosil bo'lgan to'qima ele- mentini to'qima shakllanish zonasidan tortib olish va to'qima valigiga o'rash bilan birga to'qimani arqoq bo'yicha zichligini ta'minlashga xizmat qiladi (13.3-rasm). Elektron tizim yordamida to'qimaning kerakli arqoq bo'yicha zichligi elektron
tarzda o'rnatiladi yoki almashtiriladi (almashinuvchi tishli g'ildiraklarsiz). To'qima zichligini yuqori aniqlikda o'rnatish va rostlash natijasida to'qima og'irligi muqobil bo'ladi. Mexanizm alohida elektrodvigateldan harakatlantiriladi va 0,01ip/sm aniqlikda o'zgartirish imkoniyatini beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |