325
1. Kimyoviy substansiya yoki mikroorganizmlarni immun reaksiya
ishtirokisiz to‘g‘ridan-to‘g‘ri ta’siri;
2. Yot antigen yoki autoantigenga hujayra yoki gumoral immun javobi;
3. Tomir devorida sirkulyatsiyalanuvchi
immun komplekslarni
fiksatsiyalanishi (bu mexanizm asosiy hisoblanadi).
Tomirlar devorini immun zararlanishi mikrotsirkulyatsiyani buzilishiga olib
kelib, qon reologik xususiyati o‘zgarishiga sabab bo‘ladi. Bunda qon reologiyasida
eritrotsit va trombotsit agregatsiyasi, giperkoagulyatsiya, tromboz va keyinchalik
DVS sindromi rivojlanadi. Antigen – antitela reaksiyasida fagotsitoz aktivlanib,
sensibilizatsiyalashgan limfotsitlar limfokinlarni ajratib, makrofaglarni
migratsiyasini susaytiradi. Bu esa tomir devorini zararlab
granulema va gigant
hujayralar hosil qiladi. Hozirgi paytda vaskulitlar 2 guruhga bo‘linadi:
I. Birlamchi vaskulitlar:
1. Tugunchali periarterit (Kussmaul Meyer kasalligi) – yuqori tana harorati,
ozib ketish, assimetrik polinevropatiya, nefrit, mushak, bo‘g‘imlarda og‘riq,
tomirlar bo‘ylab tuguncha bilan xarakterlanadi.
2. Granulematoz angiit – (Vegener granulematozi) yarali-nekrotik va yiringli
nekrotik rinosinusitlar, burun suyaklari destruksiyasi, bronxit, kaverna, nefrit bilan
kechadi.
3. Obliteratsiyalanuvchi braxiotsefal arterit – (Takayasu kasalligi) bilak,
yelka, uyqu arteriyalarida pulsni bo‘lmasligi bilan kechib,
xushdan ketish, bosh
aylanish, o‘tib ketuvchi parezlar ko‘rinishida namoyon bo‘ladi.
4. Chakka arteriti – (Xorton kasalligi) tez charchash, chakka sohasida kuchli
og‘riqlar, bosh aylanish, ko‘rishni pasayishi, parez, nutq buzilishlari bilan kechadi.
5. Obliteratsiyalanuvchi trombangit – (Vinivarter-Byurger kasalligi) – o‘tib
ketuvchi oqsoqlik, oyoqlarda gangrena, tromboflebit, infarkt bilan kechadi.
6. Gemorragik vaskulit – (Shenleyn-Genox kasalligi) – terida gemorragiyali
toshmalar bo‘lib, poliartralgiya, nefrit, abdominal sindrom, meningoensefalopatiya
bilan kechadi.
7. Trombotik mikroangiopatiya (Moshkovich kasalligi) –
yuqori tana
harorati, es-xush buzilishi, gemorragik sindrom, buyrak va jigar yetishmovchiligi
bilan kechadi.
II. Ikkilamchi vaskulitlar:
1. Surunkali infeksiya o‘choqlarida yoki infeksion kasalliklarda –
endokardit, sepsis, tuberkulyoz, sifilis, virusli infeksiya, virusli gepatit, VICh,
gerpes, SMV da bo‘ladi.
2. Dori (zardob) kasalliklarida.
3. Onkologik kasalliklarda.
4. Kollagenozlar, biriktiruvchi to‘qima kasalliklari va revmatizmda.
5. Parazitar kasalliklarda.
6. Kasb kasalliklari.
Ikkilamchi tizimli vaskulitlarda ko‘pincha boshqa a’zolarga tarqamaydi va
birlamchi infeksiya o‘chog‘i yo‘qotilsa kasallik tuzalishi mumkin.
326
Kechuviga ko‘ra: o‘tkir, o‘tkir osti, retsedivlanuvchi,
surunkali turi
ajratiladi.
Klinik kechuviga ko‘ra: teri vaskuliti, o‘pka, yurak, oshqozon ichak tizimli
vaskuliti, asab-mushak va periferik tomirlar vaskuliti.
Do'stlaringiz bilan baham: