Microsoft Word Bolalar nevrologiyasi end doc



Download 19,3 Mb.
Pdf ko'rish
bet202/343
Sana07.07.2022
Hajmi19,3 Mb.
#753537
1   ...   198   199   200   201   202   203   204   205   ...   343
Bog'liq
Sodiqova-Bolalar Nevrologiyasi (3)

Klinik belgilari. 
Yoyilgan sklerozning klinik manzarasining xususiyatlaridan 
biri uning ko‘p o‘choqliligidir. Kasallikni klinikasida quyidagi guruh belgilari 
kuzatiladi.
1 – guruh belgilari piramida yo‘llarining zararlanishi bilan bog‘liq. 
Klinikada bu markaziy gemiparez, paraparez, kamroq monoparez ko‘rinishida 
namoyon bo‘ladi. Nisbatan ko‘proq oyoqlar zararlanadi. Oyoq-qo‘llarda mushak-
kuchini pasayishi, patologik piramida belgilari, pay reflekslarini oshishi bilan 
kechadi. Tovon va qorin reflekslarining pasayishi (ayniqsa assimetrik) piramida 
yo‘lining zararlanishini nisbatan erta va aniq belgisi hisoblanadi. Ko‘p o‘choqli 
demiyelinizatsiyalanuvchi jarayonning o‘ziga xosligi bo‘lib, bir vaqtning o‘zida 
parez va tonusini pasayishi hisoblanadi; bu esa orqa miya yo‘llarining zararlanishi 
bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin.
2 – guruh belgilari tarqoq sklerozni klinikasida katta o‘rin tutib, miyacha 
yo‘llarining zararlanishi bilan bog‘liq. Nisbatan ko‘proq yurishini buzilishi,
mushak kuchini pasayishi, statik va dinamik ataksiya, dizmetriya, Babinskiy 
asinergiyasi, intension titrash, skandirlangan nutq kuzatiladi. Og‘ir hollarda 
qo‘llardagi, boshdagi va tanadagi titrashlar tinch holatlarda ham kuzatilishi 
mumkin (tarqoq sklerozning giperkinetik varianti).
Yoyilgan skleroz bilan kasallangan bemorlarning 50% ida bosh miya 
nervlarining zararlanish belgilari bo‘ladi. Ko‘pincha patologik jarayonga uch 
shoxli, yuz va daxliz-chig‘anoq nervlari jalb etiladi. Demiyelinizatsiya o‘choqlari 
shu nervlarning miya ichidagi qismlarida joylashadi. Masalan, yuz nervi 
jarohatlanganda patologik jarayon uning ichki tizzasida joylashadi. Miya 


 268
pog‘onasining zararlanishi ko‘pincha bosh aylanish va ko‘zdagi harakatlarni 
buzilishi bilan namoyon bo‘ladi, bu esa diplopiyaga olib keladi. Yoyilgan 
sklerozning xarakterli belgisi o‘zaklararo oftalmoplegiya (orqa bo‘ylama tutam 
zararlanishi bilan) hisoblanib, monokulyar abduksion nistagm ko‘rinishida 
namoyon bo‘ladi. Ba’zida gorizontal yoki vertikal nistagm kuzatiladi. Yoyilgan 
sklerozda sezgi buzilishlari (yuza va chuqur) erta kuzatiladi. Kasallikni erta 
bosqichlarida paresteziyalar, og‘riq sezgisini buzilishlari, kechki bosqichlarida –
o‘tkazuvchi tipdagi sezgi buzilishlari kuzatiladi. Oyoqlarda vibrasion sezgini 
yo‘qolishi – orqa miya orqa ustunlarini zararlanganligini aniq belgilaridan biridir. 
Mushak – bo‘g‘im sezgisini buzilishi sensor ataksiyaga olib keladi.
Yoyilgan sklerozda ko‘p uchraydigan sindromga kichik chanoq a’zolari 
funksiyasini buzilishlari kiradi; bular imperativ siydikni ushlab qolishi yoki ko‘p 
siyish, siydikni ushlab turolmaslik, kabziyatlar, seksual buzilishlar ko‘rinishida 
namoyon bo‘ladi.
Ko‘rishni har xil buzilishlari orasida ko‘pincha ko‘ruv o‘tkirligini pasayishi 
va ko‘ruv maydonini o‘zgarishlari kuzatilib, ular retrobulbar nevrit rivojlanishi 
oqibatida kelib chiqadi. Ko‘ruv o‘tkirligi pasayishiga butunlay ko‘rishni 
yo‘qolishigacha olib kelishi mumkin, lekin keyinchalik to‘liq tiklanishi mumkin. 
Oftalmonevrologik tekshirilganda kasallarning bir qismida ko‘ruv maydonini 
konsentrik torayishi hamda skotomalar aniqlanadi. Ko‘ruv nervlari disklarini 
chakka tomondagi qismini oqarishi yoyilgan sklerozning xarakterli belgisi 
hisoblanadi. Bu fenomenni asosida diskni chakka qismini hosil qiluvchi makulyar 
tutam tolalarini zararlanishi yotadi.
Yoyilgan sklerozda neyropsixologik buzilishlar, ya’ni intellektni pasayishi 
va xulq-atvorni buzilishlari kuzatiladi. Ayniqsa, ko‘proq depressiv holatlar, apatiya 
rivojlanib, suisidal xayollarga va harakatlarga olib keladi. Depressiya holatini 
ikkala chakka bo‘laklarining demiyelinizatsiyasi bilan bog‘lashadi. Boshqa 
ma’lumotlarga ko‘ra intellekt pasayishi birga namoyon bo‘ladigan eyforik holatlar 
ko‘proq uchraydi.
Yoyilgan sklerozda periferik nerv tizimining jarohatlanishi o‘tkir ko‘ndalang 
miyelopatiya, epileptik tutqanoqlar nisbatan kam kuzatiladi. Shunga ahamiyat 
berish kerakki, yoyilgan skleroz bilan kasallangan bemorlar issiq vanna qabul 
qilganda (yoki issiq ovqat) va charchaganda nevrologik defekt qisqa muddat 
kuchayadi (Uotxofa belgisi). Lermitta belgisi rivojlanishi mumkin, ya’ni kasalni 
boshini oldingi egilganda umurtqa pog‘onasi bo‘ylab qisqa muddatli elektr toki 
o‘tayotgandek xis paydo bo‘lib, oyoq-qo‘llariga tarqaladi (orqa miyani orqa 
ustunlarini zararlanishi bilan bog‘liq). Kasallarning 30-60% kuzatiladigan 
paroksizmal va surunkali og‘riqlar ham shu defekt bilan bog‘liq.
Lokalizatsiyasi bo‘yicha yoyilgan sklerozning serebral, spinal, serebrospinal 
shakllari farqlanadi. Kasallikni kechuvi remitrlashgan (qo‘zish davri va 
remissiyalar bilan), ikkilamchi progressirlanuvchi (aniq bo‘lmagan klinika va 
remissiyalar bilan) va birlamchi progressirlanuvchi (progrediyent) ko‘rinishida 
namoyon bo‘ladi. Shu bilan bir qatorda yoyilgan sklerozni yaxshi sifatli shakli ham 
farqlanadi. Bunda ish qobiliyati 10-15 yilgacha saqlanib turadi. Yoyilgan sklerozni 


 269
yomon sifatli kechuvida kasallik avj olib ketadi, nevrologik asoratlar qoladi va 
kasallarni nogironligiga sabab bo‘ladi.

Download 19,3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   198   199   200   201   202   203   204   205   ...   343




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish