Microsoft Word Bolalar nevrologiyasi end doc



Download 19,3 Mb.
Pdf ko'rish
bet183/343
Sana07.07.2022
Hajmi19,3 Mb.
#753537
1   ...   179   180   181   182   183   184   185   186   ...   343
Bog'liq
Sodiqova-Bolalar Nevrologiyasi (3)

 
Ikkilamchi neyroOITS
 
Nerv tizimining ikkilamchi zararlanishi sababi bo‘lib, organizm umumiy 
immun tizimi funksiyasi, hamda miya avtonom immun to‘sig‘ini susayishi 
natijasida sog‘lom odamlarda latent holatda bo‘lgan infeksiyalar aktivlanishi 
hizmat qiladi. OITSda rivojlanib boruvchi immunodepressiya sharoitida virusli, 
bakterial, zamburugli va protozoy infeksiyalarning aktivlanishi o‘rin tutadi. 
Bularning hammasi etiologik diagnostikani murakkablashtiradi va birlamchi 
neyroOITSni ikkilamchi neyroOITSdan ajratib olishda qiyinchilik tug‘diradi. Asab 
tizimini oddiy gerpes, herpes zoster, SMV va boshqalarning faollashuvi natijasida 
zararlanishi meningit, meningoensefalit, radikulit, poliradikulonevrit, bosh miya 
nervlarining nevriti bilan namoyon bo‘ladi.
Ko‘proq sitomegalovirus uchrab, OITSda nerv tizimi zararlanishining 25% 
ini tashkil etib, retinit bilan birga kechuvchi o‘tkir osti ensefalit rivojlanishiga 
sabab bo‘ladi. Og‘ir hollarda bu ko‘zi ojizlikka olib keladi. Bosh miya 
biopsiyasida o‘tkir osti ensefalitiga o‘xshash xarakterli morfologik o‘zgarishlar 
(sitomegal hujayralarning mikroglial tugunchalari o‘zak ichi kiritmalari bilan)
aniqlanishi tashhis qo‘yishni osonlashtiradi. SMV-ensefalitning klinik belgilari 
OIV-ensefalitning klinik ko‘rinishlariga o‘xshab ketadi. KTda qorinchalarning 
kengayishi, po‘stloq atrofiyasi, bosh miya katta yarim sharlari oq moddasida 
zichligi past bo‘lgan o‘choqlar aniqlanadi. SMV zo‘rayib boruvchi poliradikulo-
nevropatiyaning sababi bo‘lishi mumkin va patologik jarayonga bel va dumg‘aza 
ildizchalari qo‘shiladi. Klinik jihatdan bu dumg‘aza sohasida paresteziyalar bilan 


 251
namoyon bo‘ladi. Bu ildizchalar morfologik tekshirilganda ularda yalliglanish 
infiltratlari, o‘choqli vaskulit va miyelin qobiqning nekrozi aniqlangan.
Oddiy gerpes va herpes zoster viruslari ensefalit yoki radikulit chaqirishi 
mumkin. Bunday viruslar chaqirgan radikulitlarda og‘riq va paresteziyalar gerpetik 
toshmalardan bir necha kun oldin paydo bo‘ladi. Toshmalar joylashuvi tana, yuz 
va qo‘l-oyoqlarda ma’lum dermatomlarga to‘g‘ri keladi. Mieloradikulitlar va 
postgerpetik nevralgiyalar rivojlanishi ham mumkin.
OITS bilan kasallangan bemorlarda nerv tizimining bakterial infeksiyasi 
kam uchraydi. Klinik jihatdan bu meningit yoki miya abstsessi ko‘rinishida 
bo‘lishi mumkin. Tashhis ko‘yishda serologik tekshiruvlar va likvorda bakterial 
florani ekib o‘stirishga asoslanadi.
Nerv tizimining zamburug‘li zararlanishi meningit va meningoensefalit 
ko‘rinishida bo‘lib, OITS bilan kasallanganlarning 10% ida uchraydi. Zamburug‘li 
meningitlar va meningoensefalitlar bosh og‘rig‘i, meningeal belgilar va likvordagi 
o‘zgarishlar bilan xarakterlanadi. Mahsus ozuqa muhitlarga likvorni ekish 
zamburug‘ infeksiyasini ajratib olishga imkon yaratadi. Mikroskop orqali 
tekshirilganda zamburug‘lar miyaning yumshoq pardalari, po‘stloq osti tugunlarida 
topiladi, miya po‘stlog‘ida xarakterli mikroglial tugunchalarni topish mumkin.
OITS nevrologik asoratlari tarkibida alohida o‘rinni protozoy infeksiyalari ichida 
eng ko‘p uchraydigani – toksoplazmoz egallaydi. Rivojlanib boruvchi 
immunodepressiya fonida normal sharoitda bosh miyada kapsulaga o‘ralgan holidagi 
toksoplazmaning endogen faollashuvi kuzatiladi. Serebral toksoplazmoz meningit, 
meningoensefalit va miyaning hajmli jarayon bilan zararlanishi ko‘rinishi mumkin.
Serebral toksoplazmozning nevrologik jihatdan turli harakat, sezgi va ko‘ruv 
maydonining buzilishlari, nutq o‘zgarishlari, tutqanoq hurujlari va ruhiy 
o‘zgarishlar bilan xarakterlanadi. Serebral toksoplazmozga tashhis qo‘yishda KT 
alohida o‘rin tutadi, bunda miyaning turli bo‘limlarida (po‘stloq va po‘stloq osti 
tugunlari) ko‘p zararlanish o‘choqlarini ko‘rish mumkin. Bu o‘choqlar perifokal 
shish bilan o‘ralgan bo‘lib, atrofdagi to‘qimalar surilishi, ichki gidrotsefaliya 
belgilari bilan namoyon bo‘lishi mumkin. Orqa miya suyuqligida pleotsitoz va 
oqsil miqdorining ortishi aniqlanadi. Bemor tirikligida yakuniy tashhis KT nazorati 
ostida o‘tkazilgan stereotaksik biopsiya va tegishli gistologik hamda 
immunogistoximik tekshiruvlar yordamida qo‘yiladi.

Download 19,3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   179   180   181   182   183   184   185   186   ...   343




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish