Microsoft Word Bolalar nevrologiyasi end doc



Download 19,3 Mb.
Pdf ko'rish
bet181/343
Sana07.07.2022
Hajmi19,3 Mb.
#753537
1   ...   177   178   179   180   181   182   183   184   ...   343
Bog'liq
Sodiqova-Bolalar Nevrologiyasi (3)

Klinik ko‘rinishlari
 
NeyroOITS–nerv tizimining patologiyasi bo‘lib, OIV yuqishidan kelib 
chiqadi. Hozirgi kunda nerv tizimining zararlanishi bilan kechuvchi OIV-
infeksiyaning 3 ta asosiy turi tafovut kilinadi.
1.
Miya immun to‘sig‘ining alohida zararlanishi bilan kechuvchi, turli 
nevrologik sindromlar bilan namoyon bo‘luvchi
birlamchi neyroOITS. 
Bunda qonda immun tanqislik bo‘lmaydi va qonda T-xelper/T-
supressorlar nisbati o‘zgarmaydi. 
2.
Ikkilamchi neyroOITS
periferik qonda va likvorda immun tanqislik holati 
fonida «oportunistik» infeksiyalar rivojlanishi natijasida yuzaga keladi. 
Bunda T-xelper/T-supressorlar nisbati keskin o‘zgargan bo‘ladi. 
3.
NeyroOITS 
klinik ko‘rinishlarisiz OITS, 
ammo bunda neyroglial 
hujayralar va likvorda OIV latent holda va yuqori titrlarda mavjud 
bo‘ladi.
Birlamchi NeyroOITS
 
 
Birlamchi NeyroOITSda bevosita nerv to‘qimasining neyroglial hujayralari 
zararlanadi. Bu shaklning muhim xususiyati shundan iboratki, miyaning 
zararlanish belgilari kasallikning erta bosqichlarida qonda immuntanqislik 
rivojlanmasidan va «opportunistik» infeksiyalar rivojlanmasidan avval yuzaga 
chiqadi. Ko‘p kuzatiladigan nevrologik o‘zgarishlar (periferik qonda immun 
tankislik bo‘lmagan holda) miya avtonom immun tizimining OIV bilan birlamchi 
zararlanishiga bog‘liq. Buni miya autopsiyasi ma’lumotlari tasdiqlaydiki, unda 
faqatgina immun vazifani bajaruvchi likvorning limfoid hujayralari va nolimfoid 
neyroglial hujayralarning zararlanishi aniqlanadi.
OITSda asab tizimining birlamchi zararlanishi 
diffuz
(tarqoq) va 
o‘choqli
nevrologik belgilar bilan namoyon buladi.
Diffuz nevrologik belgilar neyroOITSning quyidagi shakllarida uchraydi: 1) 
ensefalitlar; 2) ensefalopatiyalar; 3) meningoensefalitlar; 4) miyelitlar. 
OITSdagi diffuz ensefalit va ensefalopatiyaning erta nevrologik belgisi 
dementsiya 
hisoblanib, u OIV bilan bevosita bosh miyani zararlanishi tufayli 
yuzaga keladi. Dementsiyaning sababi bo‘lib bosh miyaning tarqoq zo‘rayib 
boruvchi yirik hujayrali ensefaliti va zo‘rayib boruvchi tarqoq ko‘p o‘choqli 
leykoensefalopatiyasi (OITSning nafaqat erta, balki yagona klinik ko‘rinishi 
bulishi mumkin) hisoblanadi.
Tarqoq ensefalitning eng yorqin morfologik belgisi – ko‘p o‘zakli gigant 
hujayralarning mavjudligi. Xuddi shu hujayralarda immunkimyoviy va elektron-
mikroskopik usulda OIV aniqlangan. Boshqa yuqumli kasalliklar 
qo‘zg‘atuvchilarining topilmaganligi (birinchi navbatda toksoplazmoz), ko‘p 
o‘zakli gigant hujayralar bosh miyada OIV mavjudligining markeri bo‘lib 
hisoblanishi mumkin. Ko‘p o‘choqli gigant hujayrali ensefalit uchun miyada 
shuningdek, mikroglial tugunchalar, perivaskulyar infiltratlar (ko‘pincha 
mikrogliyadan iborat), lemfotsitlar, monotsitlar va makrofaglar bo‘lishi xos. Bu 


 248
o‘zgarishlar aksari hollarda miya yarim sharlarining oq moddasida (qadoqsimon 
tanada ham), po‘stloq osti o‘zaklarida, miya so‘g‘onida joylashadi.
Yallig‘lanish o‘chog‘i uchun demiyelinizatsiya jarayoni xos bo‘lib, neyron va 
aksonlar nisbatan saqlangan holda qoladi.
Zo‘rayib boruvchi tarqoq leykoensefalopatiya uchun miyelin qobiqni diffuz 
yo‘qotilishi, astrogliyalar proliferatsiyasi hamda bir va ko‘p o‘zakli makrofaglar 
infiltratsiyasi xos.
OITS kasalligidan vafot etgan odamlar kliniko-patomorfologik 
tekshirilganda, dementsiyasi bor bo‘lgan bemorlarda o‘tkir osti ensefalit uchun 
xarakterli o‘zgarishlar peshona va chakka bo‘laklarida, gippokampda, bodomsimon 
tanada va miya katta yarim sharlari oq moddasining markaziy qismlarida 
joylashgan bo‘ladi.
Shunday qilib, OITSda zo‘rayib boruvchi dementsiyaning morfologik 
substrati bo‘lib, bosh miya yarim sharlari oq moddasining yallig‘lanish va 
demiyelinizatsiyalanishi hisoblanadi.
OITS-dementsiyali 
bemorlarda 
o‘tkazilgan KT da bosh miya po‘stlog‘i 
atrofiyasi va miya qorinchalarining kengayganligi topilgan. MRT ma’lumotlariga 
ko‘ra bosh miya po‘stlog‘ining diffuz atrofiyasi aniqlanadi.
EEGdagi o‘zgarishlar demensiyaning erta bosqichida bo‘lmasligi mumkin, 
kech bosqichida esa alfa- va teta-aktivlikning pasayishi ko‘rinishida tarqoq 
o‘zgarishlar kuzatiladi. 
OITS-dementsiyaning klinik ko‘rinishlari 75% bemorlarda kuzatiladi. Biroq, 
OITS bilan bog‘liq holda intellektning yengil pasayishini hisobga olinsa, bu 
ko‘rsatkichlar bir qancha yuqori bo‘lishi mumkin.
OITS-dementsiya kompleksi uchun va hulk-atvorining o‘zgarishi bilan birga 
harakat buzilishlari xos. Kasallikning boshlangich bosqichlarida bemorlar 
uyquchanlik, diqqat-e’tiborni jamlay olmaslik, xotira pasayishiga shikoyat 
qiladilar. Pay reflekslari va mushak tonusining ortishi, oral avtomatizm va ushlab 
olish reflekslarining yuzaga kelishi, diadoxkinezga sinamalarda tez harakatlarning 
sekinlashuvi kabi bosh miyaning diffuz zararlanish belgilari kuzatiladi. 
Keyinchalik o‘z holatiga befarqlik rivojlanib, u reaktiv depressiya ko‘rinishida 
kechishi mumkin. Kasallik avj olgan sari psixik o‘zgarishlar sekinroq rivojlana 
boradi, ularga harakat buzilishlari, mushaklarda kuchsizlik, ataksiya, tremor 
qo‘shiladi, tutqanoq hurujlari kuzatilishi mumkin. 
Yaqqol dementsiya bosqichida bemorlar o‘rta hisobda 3 oygacha umr 
ko‘rishlari mumkin. 
Tarqoq nevrologik simptomatika o‘tkir meningoensefalit va surunkali atipik 
aseptik meningitlarda kuzatiladi. 
O‘tkir meningoensefalit – bu OITSda markaziy nerv tizimining eng kam 
uchraydigan, o‘tkir zararlanish turi bo‘lib hisoblanadi. OIV-meningoensefalit 
qondagi serologik o‘zgarishlar bilan bir vaqtda, va hattoki ulardan bir oz oldinroq 
rivojlanadi. Kasallikning boshlanishida ongni o‘tib ketuvchi buzilishlari, epileptik 
tutqanoqlar kabi psixik o‘zgarishlar kuzatiladi. Likvorda nospetsifik yallig‘lanish 
belgilari aniqlanadi. Nevrologik belgilar bir necha hafta mobaynida yo‘qolishi 


 249
mumkin. Keyinchalik, o‘tkir meningoensefalit o‘tkazgan bemorlarda surunkali 
ensefalopatiya rivojlanish ehtimoli bor.
OITS bilan kasallangan bemorlarda atipik aseptik meningit rivojlanishi 
mumkin bo‘lib, u ham OITSning klinik ko‘rinishi (bosh ogrigi, meningeal belgilar) 
yaqqol namoyon bo‘lgunga qadar yuzaga kelishi mumkin. Likvorda yuqori 
bo‘lmagan, lekin turg‘un lemfotsitar pleotsitoz aniqlanadi, ba’zi hollarda OITS 
virusini topish mumkin. Nevrologik belgilar odatda, davolashsiz 1-4 hafta ichida 
o‘tib ketadi. 

Download 19,3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   177   178   179   180   181   182   183   184   ...   343




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish