329
Antigen-antitela reaksiyasining kontakt joyda kelib chiqishi rinit, sinusit,
bronxial astma, dermatit, ekzema, enterokolitga olib keladi.
Allergen qonga tushsa,
immun kompleks hosil bo‘ladi, ular qonda sirkulyatsiya qiladi, qon tomirlarni
bazal membranasida joylashadi va immun yallig‘lanishga olib keladi. Qon tomir
devorlarini immun jarohatlanishi mikrotsirkulyatsiyani
buzilishi va qonning
reologik hususiyatlarini o‘zgarishi bilan kechadi. Har qanday immun
yallig‘lanishida mikrotsirkulyatsiyani buzilishi birlamchi bo‘lib, u esa turli xil
morfologik o‘zgarishlarga sabab bo‘ladi. Aynan shu mexanizm (birlamchi)
biriktiruvchi to‘qimani va yirik qon tomirlarni dezorganizatsiyasiga olib keladi.
Qonning reologik xususiyatining o‘zgarishi trombotsit va eritrotsitlarning
agregatsiyasiga, qonni quyilishi va tromblarning hosil bo‘lishi va DVS
sindromining rivojlanishi sabab bo‘ladi. Antigen-antitela
reaksiyasi kompliment
aktivatsiyasiga olib keladi. Immun kompleks ta’sirining jaroxatlanish ta’siri
fagotsitoz va kompliment tizimi bilan bog‘liq.
Antigen bilan o‘zaro ta’siri natijasida sensibilizatsiyalashgan leykotsitlar
limfokinlarni ajratadi. Ular makrofaglar migratsiyasini susaytirib, ularni antigen
to‘plangan joyda to‘playdi. Makrofaglar lizosom fermentlarini ajratib,
qon tomir
devorlarini jarohatlaydi va granulyomalarni va gigant hujayralarni hosil qiladi.
Oqsilni gopten bilan bog‘lanishi uni strukturasini o‘zgartiradi, autoimmun
mexanizmlarni ishga soladi. Hujayraning o‘zi ham antigen bo‘lib autoallergenga
aylanadi va autoimmun jarayoniga olib keladi. Gematoensefalitik baryerning
buzilishi immun kompotent hujayraning va allergenlarning
nerv tizimiga kirishiga
va autoimmun va allergik jarayonning xususiy nerv to‘qimasida rivojlanishiga,
ya’ni «organik shok» bo‘lib hisoblanib, allergik va autoimmun reaksiyalar avj
olishiga sabab bo‘ladi. Patologik ta’sir nerv tizimining
universal reaksiyasida
demiyelinizatsiya ko‘rinishida namoyon bo‘ladi. Nerv tizimining morfologik
ko‘rinishi jarayonning o‘tkirligi va antigen hususiyatiga bog‘liq.
Dorili allergiyada birlamchi qon tomirlarning jarohatlanishi, markaziy,
periferik nerv tizimida allergik
vaskulitlar tipida kechib, qon tomirlar atrofida muft
hosil bo‘ladi, perivaskulyar infiltratlar, obliteratsiyalar ko‘rinishida kechadi, nerv
tizimi ikkilamchi zararlanishi sodir bo‘ladi. Birlamchi qon tomir jarohatlanishi esa
infeksion va parainfeksion allergenlarning ta’siri va hashoratlarning
chaqishi bir
paytda vaskulit va demiyelinizatsiyaga sabab bo‘ladi. Kasallikni yashinsimon
kechishi morfologik miya shishishiga olib kelishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: