Microsoft Word Bolalar nevrologiyasi end doc



Download 19,3 Mb.
Pdf ko'rish
bet242/343
Sana07.07.2022
Hajmi19,3 Mb.
#753537
1   ...   238   239   240   241   242   243   244   245   ...   343
Bog'liq
Sodiqova-Bolalar Nevrologiyasi (3)

Insultlar 
Insult – miyada qon aylanishining o‘tkir buzilishi bo‘lib, miya funksiyalarini 
har xil darajada buzilishi bilan namoyon bo‘ladi. Patologik jarayonning xarakteriga 
qarab insultlar ishemik va gemorragik turlariga bo‘linadi.
Ishemik insult (miya infarkti) 
Ishemik insultlar trombotik va trombotik bo‘lmagan insultlarga ajratiladi. 
Miya infarkti arterial qonni miyaning ma’lum sohasiga oqib kelishining to‘xtashi 
natijasidir.
Ishemik insult tranzitor ishemik atakalaridan tubdan farq qiladi. Bunda 
metabolik va gemodinamik o‘zgarishlarining birga qo‘shilib, qon aylanishi 
yetishmovchiligining ma’lum bosqichida miya moddasining nekroziga olib keladi. 
Miyaning hamma (ayniqsa, jarohatlangan) sohalarida yuzaga keluvchi patoximik 


 311
reaksiyalar neyronlari zanjiri buzilishiga, astrotsitoz va gliyaning aktivatsiyasi, 
miyaning trofik ta’minlanishi disfunksiyasiga sabab bo‘ladi. Bularning natijasida 
miya infarkti shakllanadi va u ikkita mexanizm bo‘yicha ketishi mumkin: 
hujayralarning neyrotik o‘limi va apoptoz – hujayraning genetik programmalash-
tirilgan o‘limi ko‘rinishida. Ishemik insultning og‘irligi miyada qon aylanishi 
buzilishining chuqurligi, perfuziyagacha bo‘lgan davrining uzunligi va 
ishemiyaning davomiyligiga bog‘liq. Miyaning qon bilan ta’minlanishi eng ko‘p 
(10ml/100g/min) pasaygan sohasi birinchi klinik belgilar paydo bo‘lgan lahzadan 
boshlab 6-8 daqiqa davomida qaytarib bo‘lmaydigan o‘zgarishlarga uchragan 
bo‘ladi.
Bir necha soat davomida markaziy nuqtali infarkt ishemiyalangan, ammo 
tirik to‘qima bilan o‘ralgan (miyada qon aylanishi 20-40 ml/100 g/ min) bo‘ladi. 
Bu – ishemik yarim soya sohasi yoki penumbra deyilib, u yerda energetik 
metabolizm umuman olganda saqlangan bo‘lib, tarkibiy o‘zgarishlar esa yo‘q. 
Penumbraning mavjudlik davri har bir bemor uchun individual bo‘ladi va davolash 
choralarini yuqori darajada effektiv olib borish mumkin bo‘lgan davr (“terapevtik 
darcha”) chegaralarini belgilaydi.
Miya infarkti ko‘p qismining shakllanishi insultning birinchi belgilari paydo 
bo‘lgandan 3-6 soatdan keyin tugallanadi. O‘choqning oxirigacha shakllanishi esa 
48-56 soat davomida, ba’zida undan ko‘p ham davom etish mumkin. Oxirgi 
ma’lumotlar ishemik insultning o‘tkir davrida autoimmun jarayonning ahamiyati 
bor ekanligini ko‘rsatadi, bu anti – DNK, zardobga va serebrospinal suyuqlikdagi 
miyelinning asosiy oqsiliga qarshi antitanalar miqdorining oshishi bilan namoyon 
bo‘ladi.
Ishemik insult uyqu paytida yoki uyqudan keyin darhol rivojlanishi mumkin, 
ayrim hollarda jismoniy zo‘riqishdan so‘ng, issiq vanna qabul qilgandan so‘ng, 
alkogol ichimliklar ichgandan so‘ng va to‘yib ovqatlangandan so‘ng ham kelib 
chiqishi mumkin. Ishemik insult uchun o‘choqli nevrologik belgilarning asta-sekin, 
1-3 soat davomida, rivojlanib borishi xarakterli. 30% hollarda kasallik o‘tkir, 
to‘satdan boshlanishi, o‘choqli nevrologik belgilarning yaqqol namoyon bo‘lishi 
kuzatilib, bu hol yirik arteriyaning o‘tkir bekilishiga xos.
Ishemik insult uchun o‘choqli nevrologik belgilarning umumiy miya 
belgilaridan ustunlik qilishi xarakterli. 
Umumiy miya belgilari insultning apoplektiform rivojlanishida kuzatiladi va 
bu belgilar miyaning tarqoq infarkti uchun xos bo‘lgan miya shishishida oshib 
boradi. 
O‘choqli nevrologik belgilar miya infarktining joylashishiga bog‘liq. Miyani 
mayda qon tomirlarining patologiyasi lakunar insultlarga olib kelishi mumkin. Bu 
insult o‘lchamlari 1,5 smdan oshmaydi. Lakunar insultlar ko‘proq gipertonik kasal, 
vaskulitlar, migren, antifosfolipid sindrom fonida paydo bo‘ladi. Klinik 
ko‘rinishidan bu insult “faqat harakat buzilishlari”, “faqat sezgi buzilishlari”, 
ataksiya va dizartriya va boshqa o‘zgarishlar bilan namoyon bo‘ladi. Ayrim 
holatlarda lakunar insult klinikasi namoyon bo‘lmaydi “soqov insult”, biroq KT va 
MRT da o‘choqlar aniqlanadi. Klinik simptomokompleks asosida o‘choq kattaligi, 


 312
infarkt lokalizatsiyasi va zararlangan qon tomir havzasi to‘g‘risida fikr yuritish 
mumkin. Ko‘p hollarda miya infarktlari ichki uyqu arteriyasi havzasida 
(vertebrobazillyar tizimga nisbatan 5-6 marta ko‘p) kuzatiladi. 

Download 19,3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   238   239   240   241   242   243   244   245   ...   343




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish