Microsoft Word Bolalar nevrologiyasi end doc


Miyada sekin rivojlanuvchi qon aylanishining buzilish



Download 19,3 Mb.
Pdf ko'rish
bet240/343
Sana07.07.2022
Hajmi19,3 Mb.
#753537
1   ...   236   237   238   239   240   241   242   243   ...   343
Bog'liq
Sodiqova-Bolalar Nevrologiyasi (3)

Miyada sekin rivojlanuvchi qon aylanishining buzilish 
MSRQABning umumiy belgilari quyidagi xususiyatlar bilan xarakterlanadi:
1.
Kasallik boshlanishi odatda sekin, bemorlar uchun sezilarsiz. 
2.
Vaqt o‘tishi bilan obyektiv va subyektiv simptomatika har xil tezlikda avj 
oladi. Bu bemor irsiyatiga, hayot tarziga, kasbiga, ekologiyaga, ijtimoiy 
sharoitiga, xavf omillariga va boshqalarga bog‘liq.
3.
Boshqa a’zolar (yurak, buyrak, ko‘zning to‘r pardasi) ning qon tomirlari 
ham tizimli ravishda zararlanadi. 


 308
4.
Odatda katta yoshli shaxslar kasallanadi.
Miyada qon aylanishi yetishmovchiligining boshlang‘ich ko‘rinishlari 
Odatda, kasallikning bu turi dispanserizatsiya vaqtida aniqlanadi. Taxminiy 
tashhis bemorning shikoyatlariga: bosh og‘rig‘i, bosh aylanishi, quloqlarda 
shovqin, xotira pasayishi, uyqu buzilishi, ish qobiliyatining susayishiga asoslanib 
qo‘yiladi. Tashhisga bemor yuqoridagi ikki yoki undan ortiq belgilarga (uzoq 
muddat kuzatiluvchi yoki tez-tez qaytalanuvchi) shikoyat qilishi, bu belgilarning 
ayniqsa miyaning qon bilan ta’minlanishiga ehtiyoj oshgan sharoitlarda (aqliy 
zo‘riqish, stress, dim xonalar) kuchayishi kuzatiladi.
Nevrologik ko‘ruvda bosh miyaning o‘choqli belgilari aniqlanmaydi, chunki miya 
gipoksiyasi kompensatsiya holatida bo‘ladi va miya to‘qimasida struktur 
o‘zgarishlar kuzatilmaydi. Miyada qon aylanishi yetishmovchiligining 
boshlang‘ich ko‘rinishlari tashhisini tasdiqlash uchun tomirlar patologiyasini 
aniqlashda yordam beruvchi qo‘shimcha tekshirish usullaridan foydalaniladi.
Dissirkulyator ensefalopatiya
Distsirkulyator ensefalopatiya sekin rivojlanuvchi tomir gipoksiyasining 
dekompensatsiyasi natijasi bo‘lib, bunda miya to‘qimasining tarkibiy o‘zgarishlari, 
ko‘plab mayda o‘choqli nekrozlarning rivojlanishi natijasida bosh miya 
faoliyatining avj olib boruvchi buzilishidir. 
Bu nozologik forma 3 bosqichga bo‘linadi.
1.
Tarqoq, yaqqol bo‘lmagan o‘choqli nevrologik simptomatika xarakterli. 
Bu mimika mushaklari innervatsiyasining assimetriyasi, spontan gorizontal 
nistagm, shox parda reflekslarning pasayishi, oyoq-kaft reflekslarning pasayishi, 
pay reflekslarini anizorefleksiyasi bilan namoyon bo‘ladi.
2.
Bunda oral avtomatizm reflekslar paydo bo‘ladi, bradikineziya, tremor, 
yuza dizartriya, sezilarli o‘choqli miya simptomatikasi, tipik ravishda kunduzgi 
uyquchanlik, tanqidni pasayishi, atrofga qiziqishning susayishi, progressirlanib 
boruvchi xotiraning buzilishi, shaxsni buzilishi bilan namoyon bo‘ladi.
3.
Turli xil klinik o‘zgarishlar xos, ulardan asosiy sindromlar quyidagilar 
hisoblanadi:
A) Vestibulo – miyacha sindromi (bosh aylanishi, yurganda chayqalish, 
muvozanatning buzilishi). 
B) Psevdobulbar sindrom (nutqning noaniqligi, yutganda qalqish beixtiyor 
yig‘lash va kulish) 
C) Ekstrapiramidal sindrom (harakatning sekinlashuvi, barmoq va boshining 
qaltirashi). 
D) Tomirli demensiya (intellektning, xotiraning buzilishi, emotsional 
o‘zgarishlar). 
E) Epilepsiya.

Download 19,3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   236   237   238   239   240   241   242   243   ...   343




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish