Microsoft Word Bolalar nevrologiyasi end doc



Download 19,3 Mb.
Pdf ko'rish
bet24/343
Sana07.07.2022
Hajmi19,3 Mb.
#753537
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   343
Bog'liq
Sodiqova-Bolalar Nevrologiyasi (3)

BOSH MIYA YARIM SHARLARI
Oq moddasi va ichki kapsulani tuzilishi. 
Markaziy nerv tizimining eng katta va yuqori darajada taraqqiy etgan 
qismini bosh miya yarim sharlari tashkil qiladi. U kulrang va oq moddalardan 


 33
iborat. Miya yarim sharlarining oq moddasi bir-biri bilan kesishib joylashgan, 
vazifasi, yo‘nalishi va kelib chiqishi jihatidan bir-biriga o‘xshamagan nerv 
tolalaridan iborat. Bu nerv tolalarini uch asosiy tizimga ajratiladi:
1. Proyeksion tolalar – bosh miya po‘stlog‘ini shu po‘stloqdan pastda 
turuvchi qismlari va orqa miya bilan bog‘laydi. Proyeksion tolalar markazga 
intiluvchi – efferent, markazdan qochuvchi – afferent tolalarga bo‘linadi. Ular 
impulslariga bosh miya po‘stlog‘iga va po‘stloqda hosil bo‘lgan impulslarni 
periferiyaga yetkazib beradi (sezgi, ixtiyoriy harakat va boshqalar). 
2. Assotsiativ tolalar – bitta yarim sharning turli qismlarini bir-biri bilan 
bog‘laydi.
3. Komissural tolalar – har ikki yarim shardagi bir xil qismlarni o‘zaro 
bog‘laydi. Ular to‘planib oldingi, orqa bitishma, gumbaz va qadoq tanani hosil 
qiladi. Ularning eng kattasi qadoq tana (corpus callosum) hisoblanadi. Bu 
bitishmalar yarim sharlarning alohida bo‘laklarini o‘zaro birlashtiradi.
Yuqoriga ko‘tariluvchi va pastga tushuvchi proyeksion tolalar uchun ichki 
kapsula (capsula interna) darvoza vazifasini o‘taydi.
Ichki kapsula o‘tmas burchak hosil qilib birikkan oq moddadan iborat keng 
qatlam. Uni bosh miya yarim sharlarini gorizontal kesmasida ko‘rish mumkin. U 
uch qismdan: ichki kapsulaning oldingi oyoqchasi (crus anterior capsulae internae) 
dumli o‘zak boshchasi bilan yasmiqsimon o‘zak o‘rtasida, orqa oyoqchasi (crus 
posterior capsulae internae) yasmiqsimon o‘zak bilan talamus o‘rtasida joylashgan. 
Bu ikki qismning o‘zaro qo‘shilgan joy ichki kapsulaning tizzasi (genu capsulae 
internae) deyiladi.
Ichki kapsulada o‘tkazuvchi yo‘llar zich joylashgan bo‘lib, ular o‘ziga xos 
yo‘nalishga egadirlar.
Uning oldingi oyoqchasidan peshona – ko‘prik (tractum fronto-
pontocerebellaris) tutami va miya po‘stlog‘idan ko‘ruv bo‘rtig‘iga boruvchi 
(tr.corticothalamicus); tizzasidan esa kortiko – nuklear miya po‘stlog‘idan bosh 
miya nervlarining o‘zaklariga boradigan va orqa oyoqchaning oldingi 2/3 qismidan 
piramida yo‘li (tr.pyramidalis) orqa oyoqchaning orqa 1/3 qismidan ko‘ruv 
bo‘rtig‘idan po‘stloqqa ko‘tariluvchi sezuvchi yo‘llar (tractus thalamocorticalis) 
o‘tadi.
Orqa oyoqchaning tizzaga yaqin qismidan po‘stloq osti sohasidan bosh miya 
po‘stlog‘iga yo‘naluvchi ko‘ruv va eshituv tutamlari o‘tadi. Bulardan tashqari, 
orqa oyoqchadan ko‘prikning ensa chakka yo‘li (tr.occipito-temporo-ponto 
cerebellaris) va po‘stloqdan ko‘ruv bo‘rtig‘iga boruvchi (cortico thalamici) yo‘llari 
o‘tadi.
Chaqaloqlar bosh miyasi oq moddasining tolalari kattalarnikiga nisbatan 
miyelin pardasi bilan chala qoplanganligi bilan farq qiladi. Tug‘ilishga yaqin 
qadoq tana tolalari asta-sekin bosh miya o‘tkazuv yo‘llari bilan birgalikda miyelin 
parda bilan qoplana boradi. Sezuvchi yo‘llari piramida tutamiga qaraganda ancha 
oldin miyelin parda bilan qoplanadi. To‘rt oylik go‘dakning piramida tutami 
qisman miyelin parda bilan qoplangan bo‘ladi. Ayrim mualliflarning fikricha bosh 
miya oq moddasi tolalarining miyelinlashuvi 2-6 yoshgacha davom etadi.


 34

Download 19,3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   343




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish