232
Tasnifi
1. Rivojlanish xarakteriga ko‘ra: birlamchi; ikkilamchi.
2. Etiologiyasiga ko‘ra: virusli, bakterial, zamburug‘li, parazitar, nospetsifik.
3. Kechishi bo‘yicha: o‘tkir, o‘tkir osti, surunkali.
4. Jarayonni joylashuviga ko‘ra: po‘stloqda, po‘stloq ostida, so‘g‘onda,
diffuz.
5. Yallig‘lanish xarakteriga ko‘ra:
nekrotik, gemorragik, granulematoz,
aralash, yiringli.
Birlamchi ensefalitlar – mustaqil kasallik hisoblanib, GEB orqali
qo‘zg‘atuvchining kirishi natijasida kelib chiqadi.
Ikkilamchi ensefalitlar –
virusli infeksiyalar, allergiya yoki mahalliy
yallig‘lanish jarayonlari asorati bo‘lib, immunologik mexanizmlardan iborat va
demielinizatsiya bilan o‘tadi. Ular 2 ga: parainfeksion, postvaksional guruhga
bo‘linadi.
Ensefalitlarning etiologiyasi turli xil bo‘lishi mumkin, ammo miya
yallig‘lanishining asosiy sababchisi viruslar hisoblanadi: arboviruslar (kana va
chivin ensefaliti virusi), enteroviruslar (Koksaki, ESNO, polivirus),
gerpetik
viruslar (zoster, sitomegalovirus), retroviruslar (VICh), miksoviruslar (parotit,
gripp). Ensefalitlarning katta guruhi ekzantem infeksiyalar (qizamiq, qizilcha
viruslari) orqali kelib chiqadi. Oxirgi vaqtda qutirish virusi (rabdo virus) bilan
chaqiriluvchi ensefalitlar ham uchrayapti.
Ensefalit ikkita va undan ko‘p viruslar ishtirokida ham paydo bo‘lishi
mumkin. Meningoensefalit qo‘zg‘atuvchisi bakteriyalar (brutsellalar,
meningokokklar, spiroxetalar, mikobakteriyalar, streptokokklar), rikkesiyalar,
zamburug‘lar bo‘lishi mumkin.
Ensefalit patogenezi murakkab va miya to‘siqlari bilan bevosita bog‘liqdir.
Ensefalitlar bilan zararlanish alimentar (enteroviruslar, arboviruslar, poliviruslar),
transmissiv-kana, chivin, moskitlarni (arbovirus)
chaqishi bilan, havo-tomchi
(gripp, paragripp virusi) yo‘llar bilan sodir bo‘lishi mumkin.
Zararlanish manbai bo‘lib kasal odam yoki tashuvchi bo‘lishi mumkin.
Transmissiv zararlanishda infeksiya manbai bo‘lib, mayda yovvoyi kemiruvchilar,
qushlar, uy qora mollari hisoblanadi.
Birlamchi ensefalitlar epidemik va sporadik bo‘lishi mumkin. Arbovirusli
ensefalitlar mavsumiylikka (faqat yilning issiq vaqtida sodir bo‘ladi) va endemik
(tabiatda mahalliy o‘choq) hususiyatiga ega.
Ikkilamchi ensefalitlarda epidemiologik qonuniylik yo‘q.
Ikkilamchi
ensefalitlar asosiy infeksion kasalliklarni avj olish vaqtida (5-7 kuni) yoki
vaksinasiyadan keyin rivojlanadi va o‘tkir kechadi. Ularning rivojlanishi
organizmning individual xususiyatlariga bog‘liq. Patologik jarayonni tarqalishida
asosiy o‘rinda allergik omil turadi. Bu kasallikni patomorfologik ko‘rinishi va
kechishini aniqlaydi.
Autoimmun jarayonlar ensefalitni o‘tkir osti yoki surunkali jarayonga
o‘tishiga sabab bo‘ladi. Patomorfologik o‘zgarishlar etiologik omilga bog‘liq.
Birlamchi ensefalitlarda shish,
giperemiya, mayda qon quyilishlar, perivaskulyar
233
infiltrasiya, gliyalar proliferasiyasi, o‘choqli yoki diffuz infiltratlar,
nekroz
sohalari, neyron destruksiyasi va neyrofagiya aniqlanishi mumkin. Bu holatda
asosan kulrang modda (po‘stloq, po‘stloq osti tugunlari hujayralari, bosh miya
nervlari o‘zaklari) zararlanadi.
Ikkilamchi ensefalitlarda qon tomirlarda perivaskulyar infiltrasiya
ko‘rinishida yallig‘lanish reaksiyasi kuzatiladi. Bu
holat oq moddaning diffuz
zararlanishi, demielinizatsiya va mikrogliya proliferasiyasi bilan kechadi.
Yashin tezligidagi para va postinfeksion ensefalitlarda autopsiyada faqat
miyani bukilishini ko‘rish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: