Microsoft Word bankir ziyouz com doc



Download 0,96 Mb.
Pdf ko'rish
bet75/297
Sana16.07.2021
Hajmi0,96 Mb.
#120624
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   297
Bog'liq
Bankir roman

www.ziyouz.com kutubxonasi 
70
tayinlashganini men endi tushunib yetdim. 
— Odatda, — dedi Palmer, — bu lavozimga huquqshunoslik firmasidagi bank manfaatini ifoda 
qiluvchi katta sherikni tayinlaydilar. Sayyoramizning kelajagi huquqshunoslarnikidir. 
— Tanlov an’analarga zid ravishda amalga oshirilgan deb hisoblaysizmi? — Virjiniya bir zum jim 
qoldi, so‘ng davom ettirdi:  — Shubham bor. Meningcha, ularga bank ishiga tug‘ma mayli bor odam 
kerak bo‘lgan. 
— Ehtimol bu gaplaringizni xushomad deb qabul qilishim kerakdir, — xo‘rsindi Palmer. — Bilasizmi, 
mening «Yunayted benk»ka tayinlanishim munosabati bilan juda ko‘p savollar tug‘ilgan edi, ular 
xususida hali o‘zim ham qoniqarli javob ololganim yo‘q. 
— Aynan qanday savollarga? 
Palmer astagina yelkalarini qisib qo‘ydi. — Bu savollar asosan texnik xarakterdadir, — istamaygina 
javob berdi u, muhokamaga kirishmoqni istamagan holda. U Virjiniya Kleriga qarab qo‘ydi. Bu borada 
u uncha sir boy bermayotir. Aftidan, buning uchun u ancha aqlli ko‘rinadi. 
— Agar siz... — deya boshlamoqchi bo‘ldi miss Kleri. 
— Darvoqe, shuni esdan chiqarmaslik kerakki, —  uning gapini bo‘ldi Palmer, bu mavzuga 
qaytmaslikka qat’iy qaror qilib, — biz bank ishi borasida tushunchamizdagi bo‘shliqni to‘ldirish uchun 
hali biror qadam qo‘yganimizcha yo‘q. 
Miss Kleri taassuflanganday ko‘zlarini kattaroq ochdi. 
— Men o‘zimni firma uchun oshiqcha yuk his qila boshladim. 
— Bu sohada uncha-muncha narsani bilishingiz sizga dalda bo‘lishi kerak. Bankimizda 
ishlayotganlarning ko‘pchiligi o‘z ishini sizchalik tushunmaydi, axir. 
— Men foizlar, xususiy qarzlar, amortizatsiyalash hamda Federal zaxira tizimi bilan bog‘liq 
masalalarning farqiga boraman, — bidirlab ketdi Virjiniya. — Unda nimani bilmayman o‘zi? 
— Sizda umumiy tizim haqida aniq tasavvur yetishmaydi. 
Ofitsiant qiz qahva olib keldi. Palmer Virjiniyaning o‘z finjoniga sut qo‘shib, shakar solib 
aralashtirganini kuzatib turdi. 
— Men hali eslatib o‘tdim, — davom etdi Palmer, — hozirgi zamon kishisi hayotida pul shunaqa 
ahamiyat kasb etadiki, u havo va ovqat misoli zarur bo‘lib qoladi. Bu siz yaxshi o‘zlashtirib olishingiz 
lozim bo‘lgan sohadir. 
— Pulning qanday ahamiyatga ega ekanligini menga tushuntirib o‘tirishning hojati yo‘q. 
Ishonavering.  
Palmer miss Kleriga o‘qrayib qaradi: 
— Siz, aftidan, yana gapni hazilga olib, mavzuga chap berib ketmoqchiga o‘xshaysiz. 
 Kechirasiz, bu odat menga onamdan yuqqan. Yo‘q, men chindan ham nima haqida 
gapirayotganingizni tushunishni istayman. 
— Juda soz. — dedi Palmer, qahvadan ichib. — Shunday qilib, jamiyat tashkilotning 
takomillashuviga qarab, pul borgan sari hal qiluvchi omilga aylana boradi... Xullasi kalom, inson pulsiz 
munosib ravishda na yashay oladi, na o‘la oladi. 
Sizningcha, shunaqa bo‘lishi kerakmi? 
— Ehtimol, yo‘q, — javob berdi Palmer. — Lekin biz faylasuflar emas, bankchilarmiz. Biz eng 
qimmatli mulk —  pulni ta’minlash, asrash, nazorat qilishni tashkil etamiz. 
— Siz eng qimmatli narsa pul deb hisoblaysizmi? 
— Sizningcha, eng qimmatli nima? 
— Sog‘liq-chi? 
— Sog‘liqni pul yordamida saqlaydilar va tiklaydilar. 
— Tushunarli. Aytaylik, hm-m, sevgi, nafrat ham pulga olinadimi? 
— O’zingiz bir o‘ylab ko‘ring. Hozir biz ikkalamiz falsafiy tadqiqotlar bilan shug‘ullanayotganimiz 
yo‘q. Sevgi-muhabbatsiz va nafratsiz ham yashash mumkin. Lekin inson pulsiz yashay olmaydi. 
— Ammo bu hayotning bir sohasi, xolos. 


Bankir (roman). Lesli Uoller 
 
 

Download 0,96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   297




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish