www.ziyouz.com kutubxonasi
78
— Ulardan ayrimlari menga butunlay noma’lum.
— Men ham barchasini bilmayman, lekin...
Palmer ichida firmalarning nomini o‘qiy boshladi.
— Uillington korporatsiyasi «Jet-Tex indastriz» — bu ularning markazimi?
— Mening bilishimcha, ha.
— Binobarin, «Jet-Tex interneshnl» shohobcha bo‘lib, butunlay uning tasarrufidadir, — fikr qildi
Palmer. — Demak, u raketa dvigatellarini tayyorlovchi «Xay trast menyufekchering» korporatsiyasini
ham nazorat qiladi. «Konsolideyted enerji» kompaniyasi-chi? Ular nima tayyorlashadi?
— Yuksak faoliyatli qorishma, — tushuntirdi miss Kleri. — Qattiq yoqilg‘i, suyuq kislorod,
batareyalar. Keng iste’molchilarga mo‘ljallangan mahsulotlar ham tayyorlaydi, jumladan, qo‘l fonarlari
uchun batareykalar va avtomobil akkumulyatorlari.
— Uyg‘unlikni qarang, — dedi Palmer, — «Konsolideyted» kompaniyasi «Xay trast» raketalariga
yoqilg‘i beradi. Shu yerda mikrorele tayyorlovchi yana bir shohobcha paydo bo‘ladi. Tag‘in nima ishlab
chiqarishadi?
— Tranzistorlar, diodlar, kondensatorlar va hokazo...
Palmer ro‘yxatni ko‘zdan kechirishda davom etdi.
— Mana bu filial esa, — dedi u, — yozuv va hisoblash mashinalari ishlab chiqaradi. Ular Germaniya
va Italiyaning elektron-hisoblash apparatlari ishlab chiqaruvchi firmalari bilan ham hamkorlik qilishadi.
— Atom reaktorlari uchun avtomat uskunalar ishlab chiqaruvchi kompaniya aktsiyalarining qirq
besh foizi ularga tegishli.
— Mana, nihoyat, faqat atom ishlari bilan shug‘ullanuvchi firmaga ham yetib keldik, — gapni ilib
ketdi Palmer. — Mazkur firmaning faoliyatiga bevosita Uillingtondan rahbarlik qilishadi. Ayting-chi,
hozir ular Ouk Rijda biror narsa qilishyaptimi?
— Yo‘q, u yerda «Yunion karbayd» firmasi ishlayapti.
— Demak, ular hozir Vashingtonda yoki Nyu-Meksikoda nimadir qilishyapti. Yana qanaqa firmalar
bor? Raketalar va yer usti tayanch nuqtalari uchun uskunalar. Mana, alyuminiy ishlab chiqaruvchi
korxona. Bu korxona Chili va Peruda rux va mis tarmoqlari aktsiyalariga egalik qiluvchi kompaniyaga
qaraydi. Karib dengizi mintaqasida boksit, uran, neft qidiruv ishlari ham uning tasarrufida. Luizianada
oltingugurt ishlab chiqarish. Alkuppada asbobsozlik zavodi. Kantonda kauchuk. Byornbankda
tranzistor jihozlari zavodi, Takomda yog‘och tayyorlash... Iy-e, bunisi nima? Nahotki velosipedlar?
— Nega hayron bo‘layapsiz?
— Velosipedlar, — dedi u o‘yga tolib. — Biroq, «Koordineyted uestern end yunayted kompani»
nomi ostida nima yashirinib yotibdi, jin ursin?
Miss Kleri o‘ylanib qoldi.
— O’ylashimcha, — dedi u, — ular g‘arbiy shtatlar uchun mo‘ljallangan turli mollar ishlab
chiqarishni uyg‘unlashtirishga urinayaptilar.
Palmer mamnun holda jilmayib hujjatlar jildini yopdi.
— Juda yaxshi, miss Kleri, — dedi u, — tan berishga tayyorsiz degan umiddaman.
— Ta’rifga so‘z yo‘q...
— Buni tayyorlash uchun qancha vaqt ketdi?
Miss Kleri yelka qisdi:
— Bular hammasi urushdan so‘nggi yillar mahsuli. Aniqrog‘i 1952 yil mahsuli. O’shanda Lumis
guruhi yashirin olib borilgan kurashdan keyin hokimiyatni qo‘lga oldilar...
— Siz yana 1952 yilgi voqealardan ayrimlarini esdan chiqarayapsiz, — dedi Palmer. — Koreyadagi
urush va Eyzenxauerning prezident bo‘lib saylanishi singari arzimas voqealar... — Palmer tag‘in jildni
ochib, mashinkada ko‘chirilgan xabarni ko‘zdan kechira boshladi. — Men bilishni istayman, — dedi u,
— ushbu saltanatning qanday qismi faqat qog‘ozdagina mavjud. Ushbu birlashmalardan ayrimlari
faqat soliq to‘lashdan qutulib qolish maqsadida tuzilmaganmikin? Balki ularni ishga tushirib
yuborishgandir. Umuman «Jet-Tex indastriz» mavjudmikin?
Bankir (roman). Lesli Uoller
Do'stlaringiz bilan baham: |