www.ziyouz.com kutubxonasi
54
qo‘yishim lozim. Biroq nima bilan? Hozircha hech qanday tasavvurga ega emasman. Ziyofatni faqat
bir narsani aniqlash uchun uyushtiraman, uning ko‘nglini nima bilan ovlash mumkin? Balki unga
mashinasi uchun qandaydir maxsus oyna kerakdir? Yoki u qaysidir faxriy lavozimni egallash
niyatidadir? Ehtimol, poygaga ruxsatnoma olish ilinjidadir yoki biror mallasoch malak bilan tanishishni
istar? Biroq shunday bo‘lishi ham mumkinki, u mening asosiy savolimga javob berish uchun imkoni
bo‘lmas. Bu savolni unga hali berganimcha yo‘q. Shuning uchun bir yo‘la gazetalardan birining birja
yangiliklari bo‘limi muharririga telefon qilaman. Axir u ko‘p narsani eshitadi va biladi. Lekin undan
kerakli axborotni olish uchun, uning o‘rniga o‘sha muharrirga qandaydir boshqa masala bo‘yicha
xabar izlab topish lozim. Bu nimani bildirishini tushunasizmi? Vik bilan bitta ana shunday kelishuvning
o‘zi yana uchta qo‘shimcha bitimga yo‘l ochadi.
— Ha, bu yerda hammasi ayyorona uyg‘unlashib ketyapti, — dedi Palmer.
— E-e, bu hali oddiy narsalar. Endi o‘z do‘koni uchun litsenziya olishga harakat qilayotgan
odamning taqdiriga daxldor bitimni olib ko‘raylik.
— Bu Kalxeyn uchun uncha murakkab emas.
— Siz buni murakkab emas, deb hisoblaysizmi? Keling, tahlil qilamiz. Eng avvlo Kalxeyn shu
maqsadga erishish uchun biror kuch-g‘ayrat sarflashi kerakmi, deb o‘ylab ko‘rish kerak. Men unga
faqat kelishuv do‘stimning oshnasi uchun zarur ekanini aytdim, biroq undan bu bitim men uchun
qanchalik zarurligini ataylab yashirdim. Buning sababi juda oddiy. Bu mening do‘stimga — yirik va
nufuzli mijozimga kerak! Litsenziyaga muhtoj bo‘lgan odam esa, do‘stimning xotiniga amakivachcha
bo‘ladi. Agar amakivachcha litsenziyani olsa, bu mening mijozim uchun jiddiy yengillik tug‘diradi va
bu uchun mendan cheksiz xursand bo‘ladi. Hammadan muhimi shundaki, u mening firmam bilan
kelgusi oy uchun kontraktni yangidan tuzadi. Bu, bilsangiz, ellik ming daromad keltiruvchi mijozdir.
Lekin agar Vik mening qanchalik manfaatdor ekanimni bilsa, u mening iltimosimni yirik bitimlar
sirasiga kiritadi. Unda men u bilan kattaroq hisob-kitob qilishimga to‘g‘ri keladi.
— Men shubha ham qilmagandimki, siz...
— Vudi, men hali asosiysini aytganimcha yo‘q. Bularning hammasi shu qadar aralash-quralash
bo‘lib ketganki... litsenziya masalasida bunchalik jon kuydirish shartmikin, buni Vikning o‘zi hal qilishi
kerak. Mening iltimosim unga qanchaga tushishini hali aniqlash lozim. Men uning eski, qadrdon
do‘stiman. Ko‘p jihatdan bir-birimizga bog‘liqmiz. Shu boisdan u, balki biror narsa qilishga urinib
ko‘rar.
— Shunday bo‘lishi ham mumkinki, siz bu litsenziyani ololmaysiz, shundaymi? — so‘radi Palmer.
— Ehtimol. Men aynan shunday bo‘ladi deyayotganim yo‘q. Lekin shunday bo‘lishi ham mumkin,
deb o‘ylayapman. Bu o‘rinda men tavakkal qilaman. Ayni shu paytda men Vikka majbur bo‘lmaslikni
afzal ko‘raman.
— Nega endi ayni shu paytda? — so‘radi Palmer.
— Bu haqda keyin aytaman, — va’da berdi Berns. — Endi Vik mening iltimosimni bajarishga halol
urinib ko‘radi deb faraz qilaylik. Ehtimol, Vik...
— To‘xtang-chi, — uning gapini bo‘ldi Palmer, — boshim gangib qoldi.
— Mayli. Bu litsenziyani o‘tkazish uchun Vikning turli-tuman usullari bor. Xo‘p, siyosat masalalari
bo‘yicha birinchi saboqqa shuning o‘zi yetarli.
— Demak, bugun ertalab sizlar beshta kelishuvni muhokama qildingiz, a?
— Ha, beshta. Lekin ular bajarilguncha yana o‘n beshta qo‘shimcha bitim paydo bo‘ladi...
— I-e, bu geometrik progressiya-ku! Uning oxiri bormi?
— Ular sira tugamaydi, — javob berdi Berns. — Siyosiy bitimlar tug‘iladi va ko‘payaveradi, ularning
har biri o‘z navbatida ikkita yoki uchta yangisini vujudga keltiradi. Shu tariqa, har kuni o‘nta bitim
tuzishimga to‘g‘ri keladi. Bir hafta davomida u oltmishtaga yetadi. Ular o‘z navbatida yuz elliktaga
yaqin yangi ahdlashuvlarni vujudga keltiradi... lekin unutmangki, buning hammasini bir o‘zim
qilaman. Bir so‘z bilan aytganda, men katta tomoshada markaziy siymoman...
— Naqadar ta’sirli, — ming‘irladi Palmer sharobni simirarkan. — Bu shahar puchmoqlarida shunday
Bankir (roman). Lesli Uoller
Do'stlaringiz bilan baham: |