www.ziyouz.com kutubxonasi
48
— Men bo‘lsam bizlarga zayom, qarz va boshqa har xil majburiyatlar orqali bog‘liq bo‘lmaganlar
bilan gaplashib ko‘rishni afzal bilardim, — dedi Palmer. — Boshqacha, aytganda bizdan mustaqil
bo‘lgan odamlar bilan...
— Buni Bernsga ayt. — Qariya bir oz jim qoldi, keyin so‘radi: — U bilan yaxshi chiqishyapsanmi?
— U men uchun o‘zini o‘tga ham, suvga ham urishga tayyor. O’zi shunday deb ishontirdi.
— Tez-tez ko‘rishib turasanmi?
— Shu hafta menga telefon qilolmasin deb oldini olib qo‘yganman. Haddan tashqari tashabbuskor.
Xizmatdoshlarning do‘stligi o‘z yo‘liga, u bo‘lsa, birodarlikning qarindoshlik rishtalarimi-ey...
— Faqat ehtiyot bo‘l, uning g‘ashiga tegma, Vudi, — sarosimaga tushdi qariya. — Xudo
ko‘rsatmasin, agar unga qanday munosabatda ekaningni bilib qolsa bormi... Bu greklar qanaqaligini
o‘zing yaxshi bilasan.
— U grek emas, livanlik, — e’tiroz bildir Palmer. — Agar uni sal bosib qo‘ymasam, cho‘ntagimga
tushishdan ham toymaydi, uya qurib olib, xo‘jayinlik qila boshlaydi. Uning qilmishlari bo‘g‘zimga keldi.
Ketma-ket nonushtalar, tushlik, ziyofatlar, tungi klublar. Agar u bilan uchrashuvlardan bosh
tortmaganimda, biror kecha to‘yib uxlay olmasdim.
— Senga ayollar ham taklif qildimi?
— Bo‘lmasam-chi, bir necha bor.
— Xo‘sh?
— Nima, xo‘sh? — keskin gapirdi Palmer. — Bu odamning qanaqaligini o‘zingiz bilasiz-ku, axir,
Leyn? Uning miyasi qanday tuzilganini bilasizmi? Hozirgi zamon siyosatidan saboqlar, ustiga ustak,
Fillips Oppengeym uslubida pornografiya. Bunaqa shovvoz yashirincha suratlarga tushirib, qora kunga
deb asrab qo‘yishdan ham toymaydi.
— Shu boisdan ayollarni rad etayapsan, shundaymi? — dedi Berkxardt.
Palmer g‘azablandi:
— Quloq soling, hali erta tong, siz bilan shu qadar nozik tomonlarga o‘tish shartmi, Leyn.
— Gapimni qaytarib olaman, — dedi Berkxardt va jimib qoldi. — Vudi, g‘ashingga tegmoqchi
emasman, lekin tushun, o‘zingni undan olib qochayotganingni sezmasligi kerak.
— Yo‘q, albatta. U buni sezmaydi.
— Ishonching komilmi?
— Yo‘q, albatta, yo‘q! — g‘azablandi Palmer. — Quloq soling, mendan juda ko‘p narsa talab
qilayotganingizni sezmayapsizmi?
— Tushunaman, — shoshib rozi bo‘ldi Berkxardt. — Siz Kalxeyn bilan uchrashdingizmi?
— Yo‘q hali. Siz bu savolni kecha kechqurun ham bergandingiz.
— Biroq bugun juda serzarda bo‘lib qoldikmi, Vudi!
— Ha, adashmadingiz. — Palmer bir oz jim qoldi. — Siz bilan mutlaqo ochiqchasiga
gaplashmoqchiman, Leyn. — Davom etdi u jimlikdan so‘ng. — Men, albatta, yaxshi tushunaman,
YuBTK singari yirik bankning faoliyat doirasiga juda murakkab jarayonlar kiradi. Bu borada muayyan
yo‘nalishdagi ishlar tegishli mutaxassislar tomonidan olib boriladi. Bu shunday bo‘lishi kerak. Lekin
birinchi vitse-prezidentning ishi faqat Bern yetaklasa ergashib, son-sanoqsiz ziyofat va yig‘ilishlarda
nutq so‘zlashdan iborat emas, deb o‘ylashga asosim bor.
Har ikkalasi ham bir muddat jim qolishdi. Ertalabdan Berkxardtning ahmoqona savollari bilan
buzilgan kayfiyat Palmerga ehtiyotkorlikni unutishga olib keldi. Buni o‘zi ham tushunardi, lekin
boshlig‘ining nima deyishini kutib, baribir yaxshi natijaga erishib bo‘lmasligiga ko‘zi yetdi-da, jim
turishning xojati yo‘q, degan qarorga keldi. Qanday bo‘lmasin, qari qarchig‘ayga zarba berish kerak.
Uning hozir shu qadar keskin tarzda aytganlari esa endi ahamiyatsiz.
— Ertalab nonushtani kim bilan qilayapsan? — so‘radi Berkxard.
— Berns bilan, albatta, yana kim bilan bo‘lardi, — dedi alam bilan Palmer. — O’tgan hafta men
unga uch marta rad etdim. Mening yana shunday qilishimni xohlaysizmi?
— Yo‘q-yo‘q, — javob qildi Berkxardt.
Bankir (roman). Lesli Uoller
Do'stlaringiz bilan baham: |