Microsoft Word bankir ziyouz com doc



Download 0,96 Mb.
Pdf ko'rish
bet49/297
Sana16.07.2021
Hajmi0,96 Mb.
#120624
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   297
Bog'liq
Bankir roman

www.ziyouz.com kutubxonasi 
46
Lekin hozir unga chinakam azob berayotgan kasallikka qarshi dorini qaerdan olish mumkin? U ana 
shu mavhum jumboq bilan bankning markaziy darvozasiga yetib keldi. Mashinadan chiqarkan, 
shofyorga minnatdorlik bildirib, o‘z kaliti bilan bankka olib kiruvchi yon eshikni ochdi. 
 
 
O’ninchi bob
 
 
Palmer yo‘l-yo‘lakay bosh irg‘ab kotiba bilan salomlashib, o‘z xonasiga kirib, yozuv stoli tomon 
yurganida soat besh daqiqasi kam to‘qqiz edi. Stol yonida bir oz turgach, signal tugmachalariga ko‘z 
yugurtirdi. Saf tortib turgan tugmachalardagi belgilar faqat undosh harflardan iborat edi. «Brkxrdt» 
degan yozuvli tugmacha deyarli hech qachon qariya bilan bog‘lanish imkonini bermasdi. Lekin Palmer 
shuni yaxshi bilardiki, barcha interkom chiroqli signallarning deyarli yarmi Berkxardt tugmachalari 
bilan bog‘liq edi. «Mrchndl» yozuvi YuBTK vitse-prezidanti va mas’ul kotibi Kliff Merchendal ismini 
bildirardi. U birinchi galda qimmatli qog‘ozlar masalasi bilan shug‘ullanar, bundan tashqari eng puldor 
mijozlar ishini olib borardi. Shu bilan birga u yana qimmatli qog‘ozlar hamda ishonchnomalar bo‘yicha 
boshqariladigan mol-mulk bo‘limi faoliyatiga rahbarlik qilardi. «Skrtr» tugmasi esa o‘z sohibiga ega 
emasdi, chunki Palmer kotiba vazifasini bajaradigan biror qizni tanlashga sira vaqt ajrata olmasdi. 
O’ng tomondagi tugmachalarda bo‘lsa boshqa ikki birinchi vitse-prezidentlar: Garri Elder va Fipps Kars 
(ayni paytda g‘aznachi ham) ismlari yozilgandi. 
Palmer yozuv stoli tagidagi yashirin tugmachani bosdi. O’sha zahoti uning orqasidagi devor ilondek 
vishillab ochildi. Ichkarida javon ko‘rindi. Palmer unga palto va shlyapasini ildi va devorni yana 
bekitdi. 
Devor javonida sirli bo‘linma mo‘jazgina bar shaklida yasalgandi. Unda ikkita shisha, beshtacha 
qadah va muz solingan chelakcha bor edi. Maxfiy ravishda telefonga ulash uchun mo‘ljallangan 
kichkinagina magnitofon ham o‘sha yerda saqlanardi. Bundan ikki yil avval, jamg‘arma banklari bilan 
olishuv paytida uni chindan ham ulashmoqchi edi. Garri Elderning ta’kidlashicha, yuqori qavatda va 
barcha filiallarda maxfiylik tartibi o‘rnatilgandi. Ish kuni yakunida Berkxardt o‘z kotibalarini 
savatchalardagi barcha qog‘ozlarni yig‘ishtirib yoqib yuborishga majbur etardi. O’sha olishuvda 
Berkxardt g‘olib chiqdi va keyin telefonlar maxfiy mikrofonlarga ulanmay qoldi. Aftidan, o‘ylagan 
ishidan voz kechdi, shekilli. 
Darvoqe, bu ishni bu yil qilsa ham bo‘ladi, o‘yladi Palmer. U o‘z o‘rniga o‘tirdi va ertalabki pochtani 
ko‘rishdan oldin, xonasiga ko‘z yugurtirdi. Stol qarshisidagi devorda yo‘lakdan olib kelingan Bark 
ishlagan rasm ilib qo‘yilgandi. 
Xonaning olis devoridagi ulkan derazasi yonida endi qora haykal turardi. U bundan yetti yil oldin 
quyilgan bo‘lib, ularning Chikagodagi hayoti davriga taalluqli edi, o‘shanda Edis uchala bolasini 
haykalda aks ettirish g‘oyasi bilan chiqqandi. Haykal ishlangan paytda katta o‘g‘illari yetti, kenjasi ikki, 
Jerri esa hali to‘rt yoshga ham to‘lmagandi. 
O’sha paytda Edis bolalarining yoshligini e’tiborga olib, ularni yalang‘och tasvirlashga e’tiroz 
bildirmagandi. Palmer haykaltaroshni hozir esladi, o‘sha xonimni Xanna Kerd deb atashardi. Uning 
haykallarida Xanna nimani tasvirlamoqchi ekanini tushunish mumkin edi. U keksa ayolmi, boyo‘g‘limi 
yo qo‘zichoqmi, xullas, nima bo‘lmasin, silliqlanmagan toshdan yasardi. 
Mana endi, oradan yetti yil o‘tganidan so‘ng, bu haykal Palmerga yoqa boshladi. Xanna Kerd o‘z 
ishini tugallaganda, Edis shodligining cheki yo‘q edi. Biroq oradan bir yil o‘tgach, haykalni chordoqqa 
chiqarib tashlashdi. Uni qandaydir ko‘rgazmaga vaqtinchalik berib turish uchun ba’zi-ba’zida 
chordoqdan olib turishardi. O’g‘illarning to‘ng‘ichi Vudi, katta bo‘lgani sari haykaldan kamchiliklar 
topardi, lekin kenjatoy Tommiga u juda yoqib qolgandi. Garchi bu asar «Uch farzand» degan nomga 
ega bo‘lsa-da, Jerri uni «Dengiz tipratikonlari bazmi» deb atagandi. 
Hozir haykalga qarab turib, Palmer unda tasvirlangan bolalarning qiyofalarida raqs alomati borligini 
sezdi. Bundan to‘rt yil muqaddam Chikagodagi tasviriy san’at instituti Kerdning haykalini oliygohga 


Bankir (roman). Lesli Uoller 
 
 

Download 0,96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   297




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish