www.ziyouz.com kutubxonasi
38
Stoldagi belgi qo‘yadigan qalamni olayotib, qiz bu safar ko‘kragi bilan uning yelkasiga ancha
sezilarli tarzda tegib ketdi. Keyin u kalitlar uzra jiddiy engashdi-da, ularning har birini hafsala bilan
belgilab chiqdi.
— Siz o‘rganib olganingizdan keyin bu belgilarni o‘chirib tashlashingiz mumkin, — dedi qiz. —
«Besh» raqam bilan belgilangan kalitda Beshinchi avenyu, birinchi qavatdagi eshik ochiladi. «L» harfli
kalit liftniki. «K» harfligi sizning xonangizniki. «B» esa bankning bosh idorasiniki.
Palmer bilinmas harakat bilan qizdan o‘zini tortdi. U qariyb nafas olmaslikka harakat qilardi, atir
hididan o‘zini tortardi. Bu qiz bilan Edis o‘rtasida atirdan bo‘lak hech qanaqa mushtaraklik yo‘q edi.
Edis xushbichim, ozg‘in ayol edi. U tennis o‘ynar, umuman, o‘ziga qarab yurardi. Bu qiz esa
anchagina to‘ladan kelgan, aftidan, u qaddi-qomati to‘g‘risida sira o‘ylamaydiganga o‘xshardi.
Palmer uning stolni aylanib o‘tib, o‘z qarshisida turganini kuzatdi.
— Miss Kleri sizning xohishingizga qarab kirishga tayyor turibdi, — dedi qiz.
— Biroz keyinroq, — javob qildi Palmer.
U ketarkan, orqasidan qarab qolgan Palmer qiz tanasining yengil harakati o‘zini hayajonga
solayotganini angladi. Bu Edis atirining isi tufayli emasmikin, o‘yladi Palmer. U xonaga bir ko‘z
yugurtirib chiqib, devordagi rasmlar olib tashlanganini sezdi. Yozuv stolining ortiga ikkita kitob javoni
qo‘yilibdi. Endi stol ustida kattagina tilla kuldon, qalamlar uchun quticha, interkomning kichik
mikrofoni, oltin bilan sayqal berilgan 12 tugmachali tekis qopqoq turardi.
Tugmachalarni ko‘zdan kechirayotib ko‘rdiki, ulardan bittasi yashil chiroq bo‘lib yondi. Yaxshi billur
tovushini eslatuvchi ovoz uni olti harfli «kotiba» so‘ziga jalb qildi. Palmer tugmachaga qo‘l tekkizdi,
chiroq o‘chib, mikrofon tilga kirdi:
— Miss Kleri sizni kutayapti, janob Palmer.
— Yaxshi, keyinroq.
Mikrofon yana jim qoldi. Palmer shoshmasdan xonasini ko‘zdan kechira boshladi. Unda xususiy
mulkchilik tuyg‘usi uyg‘onayotgan edi. Devorlarni bezash uchun bir nechta rasm tanlash kerak bo‘ladi.
Tokchalarga foydali kitoblardan joylash lozim. Bu yerga bir-ikki oromkursi ortiqchalik qilmaydi. Bu
xonani og‘ir mebel bilan jihozlash o‘rinsiz. Muhimi, xona keng, maydon bo‘shroq, havo ko‘proq
bo‘lgani ma’qul
Shiftning balandligi 20 fut osmonga ko‘tarilgan zalning olis qismidagi yaxlit shishadan ishlangan
oynaning katta o‘lchamlariga qarab turib, Palmer yaqinda Berkxardt aytgan iborani esladi. Bu
shishaning sifati Maunt Palomar rasadxonasi oynasidan ekanligini ta’kidlagandi qariya.
— Eh, keksa firibgar, — o‘yladi Palmer. O’z xonasini bo‘shatib berish bilan u, albatta, oldimga poxol
solmoqchi bo‘lgan. Mening tayinlanishim haqidagi xabar masalasida ham o‘zim bilan kelishmagan
holda ko‘zimni shamg‘alat qilmoqchi edi-da.
O’zining qarshisidagi bo‘sh devorga qarab turib, yo‘lakda ilig‘liq Brak rasmlaridan bittasini bu yoqqa
o‘rnatsak ayni muddao bo‘lardi, deya xayolidan o‘tkazdi Palmer.
Sakkizinchi bob
Bezakchi-rassom hozirgina chiqib ketdi... Palmer soatiga qaradi: soat olti bo‘layapti. Bugunga
unda yana nima belgilangan ekan?
U o‘rniga o‘tirib, stoldan to katta derazagacha bo‘lgan masofani chamalab chiqdi. Shunda birdan
shu derazadan turib butun manzarani tomosha qilmaganini esladi. Palmer o‘rnidan oraliq masofani
odimlab o‘lchay boshladi: besh... olti... yetti... sakkiz... to‘qqiz. Voy-bo‘y, qancha ekan? Taxminan
qirq futdan oshiqroq? Aql bovar qilmaydi!
Palmer Beshinchi avenyu bo‘ylab shimolga nigoh tashlagancha, deraza oldida ancha turdi. Bu
yerdan bir necha mahalla naridagi «Plaza» mehmonxonasi va uning favvoralari to‘g‘ri ketgan bir xil
binolarning chizig‘ini buzganday edi. Yo‘lakda quyosh tig‘idan boshlarini egib izvoshga qo‘shilgan otlar
Bankir (roman). Lesli Uoller
Do'stlaringiz bilan baham: |