Microsoft Word bankir ziyouz com doc



Download 0,96 Mb.
Pdf ko'rish
bet38/297
Sana16.07.2021
Hajmi0,96 Mb.
#120624
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   297
Bog'liq
Bankir roman

www.ziyouz.com kutubxonasi 
35
taraqqiyot ko‘chkisiga qarshi turgan mana shu yolg‘iz qo‘rg‘on Palmerga anchayin zavq bag‘ishladi. 
Albatta, agar YuBTK oldida shunday muammo paydo bo‘lsa, o‘ylardi u, shunda mana shu yolg‘iz 
qo‘rg‘onni o‘z ixtiyorida bor bo‘lgan barcha vositalar yordamida yakson qilish Palmerning 
majburiyatiga kirardi. Lekin hozir bu haqda «Fyorst neshnl» qayg‘urishi kerak bo‘lgani uchun mazkur 
manzarani tomosha qilish unga juda yoqardi. 
Ellik ikkinchi ko‘chaning muyulishida Palmer yo‘ldan o‘tish uchun svetoforni kutarkan, Berkxardt 
bilan uchrashganda unga nima deyishi kerakligini o‘ylardi. 
Yangi vazifaga tayinlashi haqidagi xabarni uning o‘z roziligini olmasdan turib matbuotga berib 
yuborish, shubhasiz, o‘rnatilgan tartibni jiddiy buzishdan boshqa narsa emas. Berkxardt bilan buni 
gaplashish uchun uning oldiga kirishdan oldin miss Kleridan to‘liq ma’lumotlarni olish lozim. Lekin u 
nihoyatda qat’iyatli bo‘lishi kerak. Bu voqeaga befarq qaraydigan bo‘lsa, avval- boshdanoq o‘z 
mavqeini bo‘shashtiradi. Bu esa uning Berkxardt va bank bo‘lajak munosabatlariga soya solishi mukin 
edi. Palmer bunga yo‘l qo‘yolmasdi. Shu bugunoq qarshi hujumga o‘tishi va o‘z so‘zida qat’iy turib 
olishi kerak bo‘lardi. 
Bu masalani Berkxardt oldiga qo‘yarkan, Berns shaxsiga doir to‘xtalishga ham to‘g‘ri kelishini 
Palmer yaxshi tushunardi. Umuman, bu odamning YuBTKga nima daxli bor? Bankning ahvoli qachon 
bunchalik darz ketdiki, Bernsga o‘xshash kimsalardan yordam so‘rashga majbur bo‘lindi? 
Berns o‘zicha zarar yetkaza olmasdi, lekin u faqat salobatli bank bilan bog‘liq bo‘lmagan paytgacha 
davom etadi, degan qarorga keldi Palmer. Unga o‘xshagan odamlar biznesning boshqa ko‘pgina 
tarmoqlarida o‘z ishining ustasi bo‘lib, bunday sohalarda tashqi ko‘rinish hal qiluvchi ahamiyatga 
molikdir. 
Lekin bank, garchi u dunyodagi barcha banklar singari o‘zining tashqi qiyofasiga ega bo‘lsa-da, 
mohiyatiga ko‘ra ancha murakkab hodisadir. Uning asosini eng aniq qiymat — pul tashkil qiladi. Bu 
sarmoya va xizmatdan tashkil topgan murakkab qurilmaning poydevoridir. Bank jamiyat bilan o‘zaro 
munosabatlarida ushbu tamoyilni e’tibordan qoldirsa bormi, — shunday hollar yuz bergandi — darhol 
inqiroz jarayoni harakatga keladi, mijozlar ko‘z o‘ngida obro‘ va ishonchga putur yetadi. Bu halokatga 
eltuvchi jarayondir. 
Mak Berns kim? — so‘radi o‘z-o‘zidan Palmer. Berkxardt  u bilan qanday bog‘lanib qoldi? Balki 
Berns rahbarlik qilgan reklama agentligi tufaylidir. Nima uchun Berkxardt zo‘r berib Berns bilan 
shaxsiy muomala qilmaslikka urinadi-yu, ayni paytda Palmerni u bilan munosabatlarni tiklashga 
undaydi? Nima sababdan Berkxardt bilan Berns o‘rtasidagi munosabatlar sir tutib kelindi? Mak 
Bernsdan YuBTKga nima kerak edi? Berkxardt uning xizmatidan foydalanar ekan, u obro‘siga dog‘ 
tushirishga qanchalar tayyor? 
Palmer turgan yo‘lkadan Ellik birinchi ko‘chaga tushish uchun endi qadam bosgan ham ediki
birdan uning shundoqqina oldida, sal bo‘lmasa urib yuboray deb yetti o‘rinli katta qora «kadillak» 
burchakka burildi. Palmer ortga tisarildi. U haligi narsalar haqida o‘ylarga shu qadar berilib, qayoqqa 
ketayotganiga e’tibor  bermaganiga o‘zi ham hayron qoldi. Jin ursin, o‘sha Bernsni, u bilan birga 
qo‘shib Leyn Berkxardtni ham. 
Shu payt Palmer birdan haligi semiz kishi restoranda Berns bilan xayrlasha turib qandaydir ismni 
aytganini esladi. Burchakda turganicha, Palmer o‘sha ismni xotirlashga urindi. Beparvolik bilan 
aytilgan bu nom uning qulog‘i yonidan o‘tib ketgan bo‘lsa-da, Palmer ongining chuqur puchmoqlarida 
iz qoldirishga ulgurgan edi. Uni, albatta, eslashi kerak, derdi Palmer. 
Palmer xotirasini tiklashga chiranib ko‘zlarini yumdi. Kimdir uni turtib yubordi, u katta yo‘lga chiqib 
qolganini sezib ko‘zlarini ochdi. 
Katta Vik! 
Palmer yengil tortib, shoshganicha ko‘chani kesib o‘tdi-da Leksington-avenyu yoqalab yurdi. Katta 
Vik Kalxeyn. Palmer kutubxona binosi yonidan o‘tib ketishiga sal qoldi. Lekin darhol orqasiga qaytib
sokin, g‘ira-shira dahlizga kirdi. «Nimadan boshlasam ekan?». “Who’s who”1 dan emas, albatta. 
Buning o‘rniga u kutubxonachidan uchuvchilar uchun davriy nashrlar ma’lumotnomasini so‘rab oldi-


Bankir (roman). Lesli Uoller 
 
 

Download 0,96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   297




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish