www.ziyouz.com kutubxonasi
36
da, «K» harfi izohlarini ko‘zdan kechira boshladi. «Nyu-York tayms megezin» yanvar sonida Viktor S.
Kalxeyn xaqida maqola bosilgan edi. «Atlantik Maneli»ning may sonida «Katta Vikka — katta pirog»
degan ocherk berilibdi. Iyun oyida «Nyus-uik» va «Nyu-Yorker» jurnallari ham u haqda maqolalar
yoritibdi. Palmer soatiga qaradi: o‘z idorasida xizmatdoshlari bilan uchrashuvga atigi yarim soat
qolibdi.
Yigirma daqiqa ichida o‘ziga kerakli hamma narsani ko‘zdan kechirib chiqdi. Kalxeynga oid
materiallar uncha qoniqtirmadi. Otasi irland, onasi italiyalik ekan. Ota-onasining istagiga ko‘ra Vik
kashish, ya’ni ruhoniy bo‘lishi kerak edi. Buning o‘rniga u mahalliy siyosiy arboblarning kurashiga
aralashib qolgan edi. Ularning bazasi esa shaharning sharqiy qismidagi Yuz oltinchi ko‘chada
joylashgandi. Keyin, turg‘unlik yillarida Kalxeyn Markantonio tashkilotiga qarshi kurash olib boradi,
siyosiy harakatlarning yollanma tashkilotchisiga aylanadi va Ed Flinn inqirozi davrida shuhrat
cho‘qqisiga ko‘tariladi. Endi esa Palmerning tengquri Kalxeyn, hammaning tan olishicha, Nyu-York
siyosiy mashinasining kattagina qismini o‘z qo‘liga kiritdi. Palmer uchun bu yangilik emasdi. Uning
diqqatini jalb qilgan narsa faqat shu bo‘ldiki, Kalxeyn Ikkinchi jahon urushidan keyingi davrdagi
martabasiga oid barcha maqolalarda hamisha Mak Bernsning nomi uchraydi. «Tayms» uni «ijtimoiy
aloqalar va reklama masalalari bo‘yicha Kalxeynning maslahatchisi deb ataydi. «Atlantik» uning
nomini ikki bor eslatadi: bir marta Kalxeyn va Karmin de Sapio o‘rtasida qizib ketgan shafqatsiz
kurash munosabati bilan, ikkinchi marta Bernsni «daho» deb atab, Katta Vikning shuhrat cho‘qqisiga
ko‘tarilishida jonbozlik ko‘rsatganini ta’kidlaydi. «Nyus-uik» Bernsni «Kalxeyn tirnoqlarini o‘tkir qilgan
odam» sifatida tavsiflaydi. «Nyu-Yorker» bo‘lsa unga anchagina o‘rin bag‘ishlaydi. Unda shunday
deyiladi:
«Kalxeyn eng yaqin safdoshlaridan biri bilan uchrashuvda shunday dedi: «Mak Berns! Bu mening
eng yaqin do‘stim, men uni behad hurmat qilaman. Har tomonlama juda ajoyib yigit-da, jin ursin!»
Reklama ishlari bo‘yicha dono maslahatchi Berns uning uchun shaxsiy siyosiy «aql tresti» bo‘lib
xizmat qilayotgan va uning ma’ruzalari uchun matn yozib berayotgan qabilidagi uydirmalarni Kalxeyn
qat’iyan rad etdi. O’zining bu raddiyasini Vikka xos bo‘lgan xususiyat — keskin qo‘l siltash bilan
ifodalab: «Berns sezgir qobiliyat sohibi» deb ta’kidladi. Keyin lirik chekinishga berilib, qo‘shib qo‘ydi:
«Berns bilan ishlayotgan firmalar birinchi darajali miyalardan foydalanish imkoniga ega
bo‘lmoqdalar». Bu o‘rinda Kalxeyn vaqt-vaqti bilan Berns xizmatidan bahramand bo‘layotgan bir qator
ancha salmoqli moliyaviy muassasalarni nazarda tutgan edi. Berns ko‘rayotgan tadbirlarni ma’lum
sabablarga ko‘ra, uning raqiblaridan biri shunday tasvirlangandi: «Agar sizga Kalxeyn kerak bo‘lsa,
avvalo sizni Mekki Noj qo‘llab-quvvatlashining g‘amini yeng. Bu hali kafolat emas, lekin Kalxeyn sari
qo‘yilgan dastlabki qadamdir. Oxir-oqibatda, agar sarmoyangiz yetadigan bo‘lsa, o‘z maqsadingizga
erishuvingiz mumkin. Berns o‘ta band odam, u bilan faqat telefon orqaligina bog‘lansa bo‘ladi. Unga
telefon qilib zo‘r-bazo‘r bog‘langan mijozlardan biriga Berns keskin ovozda uning vatani — Bayrut
muazzinining yig‘loqi tovushida dedi: «Bunday miqyosdagi jamoat arboblari — derazangiz oldidagi
daraxtda pishib yetilayotgan olmalar emas. Kalxeyn sotsial mas’uliyatni hamda siyosiy realizmning
qattiq panjasini o‘zida aniq va tiniq mujassamlashtirgan shaxsdir». Berns lo‘nda qilib javob berdi:
«Xudo bizlarga hayotda faqat ozgina qimmatli rishtalarni ato etdi, shulardan bittasi do‘stlikdir. Mening
faxr tuyg‘ulari bilan to‘lib-toshganimning boisi shundaki, eng yaqin do‘stlarimdan biri Viktor S.
Kalxeyndir».
Kutubxonadan chiqar ekan, Palmer Katta Vik Kalxeyn bilan omonat banklariga qarshi kurash
o‘rtasida qanday aloqa bor ekan, deb bosh qotira boshladi. Kutubxonani tark etgach, u g‘arbga burildi
va Beshinchi avenyuni kesib o‘tuvchi ko‘cha bo‘ylab yurdi. U Kalxeynning qudrati qanday ekan, Nyu-
York shtati qonun organlariga qancha ovozni ta’minlay oladi, nihoyat Mak Berns Kalxeynni qo‘llab-
quvvatlashga kafolat bera olarmikan deb bosh qotirib borardi. Oyna va alyuminiydan tiklangan bank
boshqarmasining ulkan binosiga ro‘baro‘ bo‘lgach, Palmer Nyu-Yorkning, shtat va shaharning siyosiy
hayotini juda yomon bilarkanman, deb tan oldi va o‘zi qo‘ygan savollarga javob berolmasligini
tushundi.
Bankir (roman). Lesli Uoller
Do'stlaringiz bilan baham: |