www.ziyouz.com kutubxonasi
182
Yigit tirsagiga suyandi.
— Sen asosiy narsani esdan chiqarayapsan.
— Bugun oqshom ko‘pam esdan chiqarayotganim yo‘q.
— Asosiysi o‘z kuzatishingda, — o‘jarlik bilan takrorladi Palmer.
— E-ha, mana, gap qayoqda ekan.
— Aynan bizning gunohlarni eslatish va aniq belgilashdan muvaffaqiyat bilan qutilib qolishimiz. Sen
buni nima deb izohlagan bo‘lar eding?
— Bolalarcha go‘llik. Bir kuni tunda bu barcha yuk ustimizdan bosib tushmasa deb qo‘rqaman.
— Keyin biz lazzatlanish qobiliyatimizni darhol yo‘qotamizmi?
Juvon xo‘rsindi.
— Men boshqa biron narsa haqida gaplashishni istardim.
— Baribir ayollar qiziq-da!
— Ha. Jismlarining yarmi farishta, yarmi qari qiz.
— Qanday dahshatli yolg‘on. Unisi ham, bunisi ham.
— Bo‘pti. Jentlmen sifatida o‘z e’tirozingni bildirding. Kel, endi boshqa narsa haqida gaplashaylik.
Yigit boshini bukilgan qo‘li ustiga qo‘yib, yana gilamda yotib oldi.
— Biz oddiygina xufyona jazmanlar bo‘lib qolishni o‘lguday xohlayman, — o‘ychan dedi juvon. —
Ayol uxlab qoladi. Erkak yotoqxona bo‘lmada oyoq uchida u yoq-bu yoqqa yuradi va kiyinadi. Uning
ketishi va pardoz stolchasida pulni ko‘rish uchun ertalab ayol uyg‘onadi. Buning o‘rniga sen uxlaysan,
mening esa o‘z yog‘imga o‘zim qovrilishdan boshqa ilojim qolmaydi. Nahotki “Virjiniya Kleriga
nisbatan jentlmen bo‘ling” haftasi e’lon qilingan bo‘lsa?
— Oh, jim bo‘lsang-chi.
Palmer ko‘zlarini yumdi.
— Tirnoq ostidan kir qidirishlar.
U hech narsa deb javob bera olmadi va juvonning sigareta tortganini hamda kuch bilan tutunni
puflaganini eshitdi. Yigit ko‘zlarini yumib yotgancha churq etmasdi.
— Bu adolatdan emas deb o‘ylayman, — davom etdi juvon birmuncha muddatdan keyin. — Men
tinch, xotirjam yashab kelayotgan edim. Gunohlarim doim nazorat ostida bo‘lardi. Eng dahshatlilarini
katta tanaffuslardan keyin sodir etardim. Uzoq vaqtgacha tavba-tazarruda1 bo‘lmagandim, o‘zimni
uslubiyotchi deb his qilaman. Jinsiy aloqalarini o‘zi yo‘q voqealar sirasiga kiritishimning o‘zi bo‘lmagan
— qunduz palto deysan: boshqalar kiysa chiroyli, mening davramdagilar uchun esa dabdaba.
Ko‘zlarim senda to‘xtagan dastlabki badbaxt onda tushundimki, sen ayniqsa ehtiyot bo‘lib muomala
qiladigan odam ekansan. Bu sening tashqi ko‘rinishing tufaylidan emasdi. Biron-bir muayyan jismoniy
nusxaga ko‘nglim sust ketmaydi. Faqat sening menga qarashingdagi bir nima didimga o‘tirib
qolgandi, xolos. Sendan signallar kelardi. Mening radarim ularni tutardi. O’zimga ham menda
qandaydir o‘z signallarim yoki shunga o‘xshagan nimadir bordek tuyulardi. Bu texnikani butunlay
tushunishga da’vogarlik qilmayman. Lekin, ey xudo, Vuds, men qiynalgandan qiynalardim, o‘zimni
qo‘lga olishga harakat qilardim, men haqiqatan ham harakat qilardim. Sen menga kerak bo‘lgan
odam emassan, zinhor. Uylangansan. Farzandlaring bor. Mening ishdagi xo‘jayinimsan. Haligi
ziyofatda qanday raqs tushganimiz yodingdami? Mening barcha mashqlarim jildirab kanalizatsiya
quvuriga oqib ketayotganday his qilardim. Keyin biz shahar bo‘ylab yurganimizda men sofdil bo‘lishga
va bular barchasini senga erkalab, ammo astoydil aytib berishga harakat qilgandim. Men hatto
kichikroq munoqasha bilan tugatmoqchi ham bo‘lgandim. Lekin qo‘limdan kelmagandi. Esingda
yo‘qmi? Endi hammasi unutilgan. Lekin harholda o‘shanda sen mendan minnatdor bo‘lib qo‘yganding.
Sening birovdan minnatdor bo‘lishing o‘limdan qiyin. Shunchalik ichimdan top edingki, bitta so‘zni
ming mashaqqat bilan aytarding. Mana shu ichimdan topliging meni o‘ldirdi. U menga sening botinan
qandayligingni ko‘rsatdi, sening o‘zingni desam ham bo‘laveradi, shu narsa jigar-bag‘rimni ezib,
qiyma qilib yubordi. Mana, bu yerda men sen bilan Mak Bernsning mo‘‘jizaviy gilami ustida ag‘anib
yotibman, boshqa bironta idoradan ish qidirib topishim va bu voqeani unutishga harakat qilishim
Bankir (roman). Lesli Uoller
Do'stlaringiz bilan baham: |