www.ziyouz.com kutubxonasi
181
— Unda nima?
— O, — dedi juvon. — Men senga aytib berishim mumkin. To‘g‘risini aytsam, men har ikkala
savolga javob bera olaman. Mening yaxshi bo‘lishimga sabab — bu sensan va shuning aksi.
— Chakki emas.
— Ustimdan kulish yo‘q, — ogohlantirdi Virjiniya. — Buning uchun sen hozir o‘shanday holatda
emassan. — U gilamdan oyoqlarini ko‘tardi-da, Palmerning qorni ustida chordona qurib o‘tirib oldi.
— Qalay, og‘irmi?
— Necha kilogramsan?
— 1 stoun 5 funt.1 Shuning bari ichak-chavoqlarimga bosib turibdi.
— Menda bir foydali fikr paydo bo‘lib qoldi, — dedi yigit. — Qorin mushaklarini mustahkamlaydigan
mashqlar. Menga 1 stoun 5 funt og‘irligidagi bir ayol kerak. Sen bunga qiziqmaysanmi?
— Yo‘q.
Juvon oldinga egildi-da, yigitning ustiga shunday cho‘zildiki, yuzi yigitning bo‘yniga yopishdi,
ularning oyoqlari bir-biriga juftlashdi.
— Nima bo‘lganini bilayapsanmi? — so‘radi juvon. — Endi sen meni butunlay sezmayapsan.
— Judayam xato qilayapsan-da!
— Vaznimni nazarda tutib aytayapman.
— E-ha.
— Sen taxta katchalik ham emas ekansan.
— Aybsitavera-a, aybsitaver.
— Qoq suyaksan, — davom etdi juvon, — bundan tashqari, har xil bo‘rtiqlar.
— Balki, murvatlar bo‘shashib qolgandir?
— Uni mahkamlashning qandaydir usuli bo‘lishi kerak.
— Bo‘lishi kerak.
— O, — dedi juvon, uning ko‘kragidan asta tishlab.
— Qanaqa?
— Qarab tur.
Telefon jiringlaganda soat endigina to‘qqizdan oshgandi. Palmer yuzini gilamga tiqib, qornida uxlab
yotardi. U asta qimirladi, so‘ng butunlay uyg‘ondi va Virjiniyaga tikildi. Juvon barmog‘ini uning labiga
bosdi. Telefon yetti marta jiringlaguncha ular bir-biriga tikilib qarab, kutib turishdi. Sakkizinchi
qo‘ng‘iroq o‘rtasida u tindi.
— Shahar qo‘ng‘irog‘i, — dedi juvon. — Bu uydan emas.
— Soat necha?
— To‘qqizlar atrofida. Qorning ochdimi?
Yigit boshini chayqadi.
— Men uxlaganimda nima qilding?
— Seni tomosha qildim.
— Xo‘sh?
— Va o‘yladim. — Juvon chekib turgan sigaretasini unga uzatdi. — Seks haqida o‘yladim.
Yigit bir tortdi-da, sigaretani qaytardi.
— Nimani topding?
— Ikkovimizdan bittamiz ham tushunib bo‘lmaydigan narsani.
— Juda afsusdaman.
— Afsuslanma. Men shunday xulosaga keldim: Buni tushunish mutlaqo shart emas. Bu yog‘ochdan
zavq olgan bilan baravar.
— Hamma ham shunday his etavermaydi.
— Men ikkovimizga bir qara, demoqchiman. Agar turli-tuman gunohu ayblar nomi bilan ataluvchi
narsalardan o‘tib kelish uchun to‘la ixtiyorga ega bo‘lmasak, ko‘p o‘tmay hech qanaqa lazzat ololmay
qolamiz.
Bankir (roman). Lesli Uoller
Do'stlaringiz bilan baham: |