Microsoft Word bankir ziyouz com doc



Download 0,96 Mb.
Pdf ko'rish
bet194/297
Sana16.07.2021
Hajmi0,96 Mb.
#120624
1   ...   190   191   192   193   194   195   196   197   ...   297
Bog'liq
Bankir roman

www.ziyouz.com kutubxonasi 
189
bo‘yicha u ham xonaning me’moriy bo‘lagi sifatida rejalashtirilgandi. Quyi qavatning to‘rdagi 
burchagida uyni enlab bir qancha mayda xonalar joylashgan, bular vino saqlanadigan hujracha, 
vannaxona, yordamchi oshxona bo‘lib, taomni tortish uchun yuqoridagi oshxona bilan lift orqali 
tutashtirilgandi. Mehmonxonaning o‘zi 7,5 ga 15 metr maydonni egallar, shiftning balandligi 7,5 metr, 
poli dubdan, aralash parket terilgan, old tomondagi sidirg‘a oynavand devorga parda qoqilmagan edi. 
Alyumin panjara uni to‘g‘riburchaklarga bo‘lib turar va orasidan bino old devorining kungiralari ko‘zga 
tashlanardi. Kechqurun o‘tayotganlar mehmonxonaga old devor oralig‘idan mo‘ralash imkoniyatiga 
ega bo‘ladilar. Va, darvoqe, shunday foydalanmoqdalar edi. Chirmovuq o‘sdirilgandan keyin, dedi 
Palmer o‘zicha, tilla baliqchali akvarium ko‘ngildagiday zavq bermay qoladi. Lekin ungacha, o‘yladi u, 
o‘tayotganlar old devordan kirib kelishga o‘rganib qolishadi. Yoki kechqurunlari xonadan 
foydalanishga hojat ham qolmas? 
Zinapoya oldida turganida unga uzunday bo‘lib ko‘ringan orqa devorda asosiy narsa kamin — 
mustamlakachilik o‘chog‘ining zamonaviy kamoloti edi, lekin u shu qadar katta ediki, unga bir nechta 
odam tik turib ham bemalol sig‘ardi. Kaminning qoq o‘rtasida o‘tin uchun oddiy qora cho‘yan taglik va 
ikki metrcha enlikdagi panjara joylashgandi. Panjarada bir nechta  tarasha, ular yonida kaminga 
tegishli buyumlar va maroqli ko‘rinishdagi qora temir chaqmoqtosh yotardi. 
— Shu narsang yomon xavfli-da, — degan edi u xotiniga. 
— Uni yuz yildan beri ishlatib kelishadi-ku. 
— Bizdagi shu narsani-ya? 
— Ha. 
— Biron yangiroq xilini o‘ylab topisholmabdimi? 
Xonaga razm solar ekan, Palmer uning bo‘yog‘iga e’tibor berishni esdan chiqarayozibdi. Edisning 
laklanmagan dubga moyilligini ma’qullagan holda pol chiroyli deb qo‘ydi. Devor va kamin oq rangda 
edi. Chog‘roq orqa xonalarga ochiladigan eshiklar qora, kaminga tegishli narsalar ham shu tusda. 
Darhaqiqat, dedi u xonaga yana bir bor sinchiklab ko‘z yugurtirib chiqib, suvratlar  boshqacha jon 
kiritib turibdi. Ularning har biri o‘z chirog‘ining tagidan joy olgan, bu devor oqini yumshatar va 
moybo‘yoqlar yorqinligini kuchaytirardi. Lekin qolgan narsalar xona ko‘rinishiga sira ko‘rk 
bag‘ishlamayotgandi. Pastak stul va devorlarga daraxt pustlog‘ini eslatuvchi mato qoplangan. Bir 
nechta yashil o‘simlik g‘ildirali oq va qora ko‘chma qutilarda turardi. 
Bir gal bilmasdan va g‘oyat xotirjam tusda u  Edisga bo‘yoqlarning ma’nosizligi haqida aytganida 
xotini uning tanbehini maqtov deb tushungandi.  
— Albatta, — deb javob bergandi xotini, — xonada bo‘lgan odamlar uni bezab tursin degan 
xayolda shunday qilingan. 
— Sen ayollarni nazarda tutayapsanmi? 
— Balki, — dedi xotini, — men bir necha ixcham-ixcham sidirg‘a rang gilam olarman. 
Palmer tepada oila ovqatga yig‘ilayotganini eshitdi. U nazorat shchitiga qaytdi, chiroqni o‘chirdi va 
endi ko‘zga ko‘rinmay qolgan zinadan ko‘tarila boshladi. 
Uyiga qaytayotib mashinada his qilgani yolg‘izlik tuyg‘usi hozir zinadan ko‘tarilib borayotganda ham 
vujudini qamrab oldi. Edis va missis Keyjning bir-biri bilan gaplashayotgandagi gaplariga emas, balki 
faqat ovozlariga quloq tutdi. Shu on Palmer to‘satdan ko‘nglida boshqa tuyg‘uni, xuddi yolg‘izlikka 
o‘xshagan kuchli tuyg‘uni his etdi. 
Avvaliga bu qanaqa tuyg‘u ekanini bilolmadi U qandaydir tanholik bilan bog‘liqday edi, lekin baribir 
bu qandaydir boshqacha edi. Yolg‘izlikni yoqimli, hatto hayajonli qiluvchi o‘shanday kuchli tuyg‘u. 
U keyin tushundi. Mana shu oylar mobaynida Nyu-Yorkda u tuturuqsiz mehmonxona hayotini 
kechirdi. Hamma narsa o‘zgardi. Endi u o‘zining yana odatdagi rolini — o‘z uyida oila otasi rolini 
o‘ynamoqda edi, hatto yuridik ma’noda ham uy egasi mas’uliyat va mulkchilikning ola xurjuni 
bo‘yniga tushgan erkak, vassalom. 
Uning hech bo‘lmaganda Chikagoda o‘ynagan bu roli boshqa bir narsani ham ko‘zda tutar edi. 
Uydagilarga yordam berish, garchi sezilmas bo‘lsa-da, uy yumushlarining borishi  ustidan doimiy 


Bankir (roman). Lesli Uoller 
 
 

Download 0,96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   190   191   192   193   194   195   196   197   ...   297




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish