www.ziyouz.com kutubxonasi
153
gaplashishdan o‘zini bazo‘r tiyib turardi. U hatto Virjiniya va Mak Bernsga va’da qilgan farqni ham
keyinga qoldirdi. Shunday bo‘lsa-da, u o‘zi ishongan bironta odam bilan Nikosning taklifini muhokama
qilmasa bo‘lmas edi.
Qog‘ozni bir chetga qo‘yib va ma’nosiz nigohini qarshidagi devorga tikib, Palmer Virjiniyani ko‘rishni
xohlamayotganini, chunki uning o‘zini qanday tutishini tasavvur qilolmasligini angladi. Ayni vaqtda u
shu juvondan boshqa Nikosning taklifi haqida hech kim bilan gaplasha olmasligini ham bilib turardi,
ayniqsa hozir, qaysidir tushuncha tomon olib boruvchi yo‘lni paypaslab topib olmagunga qadar.
Palmer ichki aloqa tugmachasi tomon cho‘zilgan qo‘liga razm soldi. Barmog‘i “Skrtr” tugmachasini
bosganini darhol angladi. Kotiba javob bergach, u hayajonlanayotganimni bilib qolmasin deya asta
yo‘talib oldi va dedi:
— Ayting, miss Kleri huzurimga kirsin.
Juvonni kutar ekan, Palmer barcha odatdagi ma’muriy xatti-harakatlar unga pand berganini sezdi.
Stol ustida u ko‘rib chiqishi, saralashi, qovog‘ini uyib barmoqlari bilan chertishi, o‘qishi, ustida fikr
yuritishi, bir joydan boshqa joyga olib qo‘yishi, qistirishi, sug‘urishi, ustiga qandaydir belgilar qo‘yib
chiqishi va h.k.lar qilishi kerak bo‘lgan ko‘pdan-ko‘p qog‘ozlar yotar edi. Moliya va bank ishlariga oid
sahifalari ochib va kotiba tartib bilan taxlab qo‘ygan tonggi gazetalar uning qo‘li ostida. Bundan
tashqari bu yerda “Uoll-strit jornel”ning o‘qilmagan soni ham bor edi. Biroq Palmer ko‘zlarini yopiq
eshikka qadagancha qimir etmay o‘tirardi. Eshik ochildi-yu, u beixtiyor o‘rnidan turdi.
Uning ro‘parasiga kelib o‘tirarkan, Virjiniya iyak irg‘ab qo‘ydi:
— Xayrli tong.
Palmer uning qanday joylashib olishini kuzatdi: ikkala oyog‘ini yonma-yon qo‘ydi, qo‘llari tizzalari
ustida, kaftlarini tepaga qilib qovushtirib oldi. Bir lahza o‘tgach, u juvonning salomiga alik olmaganini
anglab qoldi.
— Xayrli tong, — shoshib dedi u. — Ayting-chi... — Omonat banklariga doir mana bu gaplar
boshlanganda siz YuBTKda ishlar edingizmi?
Juvon boshini chayqadi:
— Bu hangoma bundan o‘n yil muqaddam boshlangan. Men qanday bo‘lganini eslayman-u, ammo
YuBTK nuqtai nazaridan emas.
Ularning nigohlari to‘qnashdi. Palmer juvonning yonoqlari bo‘rtiq va katta-katta qora ko‘zli
chehrasiga razm soldi.
— Siz bugun haddan tashqari jozibali ko‘rinasiz, — g‘udrandi yigit.
Juvon yelkasi osha yopiq eshikka qaradi va juvonga tomon yuzlanib dedi:
— Siz esa unday emassiz.
Yigit bosh irg‘ab qo‘ydi-da, unga sigareta uzatdi.
— Asabiy bo‘lganimda, tun bo‘yi mijja qoqmagan bo‘lardim.
— Lekin siz, baribir, uxlagansiz, — dedi Virjiniya sigaretani rad etarkan.
Yigit yana bosh irg‘idi.
— Notinch.
— Vijdoningizmi? — Juvon xiyol qoshini chimirdi. — Juda afsusdaman.
— Yo‘q. — Yigit ular butunlay boshqa-boshqa narsalar haqida gaplashishayotganlarini anglab qoldi.
Boz ustiga, buni juvonga tushuntirish uni haqorat qilish ekanini ham angladi.
Albatta, deb mushohada qilardi Palmer, Virjiniya uning asabiylashuvini gunoh tuyg‘usi natijasi deb
hisoblashi kerak. Uning vijdoni qiynalishidan ham jiddiyroq asabiylashuviga boshqa sabablar bor
ekanini juvon tushida ko‘ribdimi. Buning ustiga ular kecha oqshom ajrashganlaridan keyin nimalar
bo‘lganini Virjiniya bilmasdi.
— Vijdoningiz qiynalmadimi?
— Siz o‘zingizni aybdor deb bilmasligingiz kerak deb aytmoqchi edim.
— Mening qo‘limdan hech narsa kelmaydi.
— Modomiki men o‘zimni aybdor, deb his qilmabmanmi, demak siz ham shunday bo‘lishingiz
Bankir (roman). Lesli Uoller
Do'stlaringiz bilan baham: |