Microsoft Word bankir ziyouz com doc



Download 0,96 Mb.
Pdf ko'rish
bet154/297
Sana16.07.2021
Hajmi0,96 Mb.
#120624
1   ...   150   151   152   153   154   155   156   157   ...   297
Bog'liq
Bankir roman

www.ziyouz.com kutubxonasi 
149
o‘shani, zo‘r berishmi, nimaydi? Uning zo‘r berganini o‘z ko‘zim bilan ko‘rdim. Yo‘q, u buni ortda 
qolmaslik deb atagandi. Ha, nazarimda shunaqaydi, ortda qolmaslik. U o‘zidan naq 20 yosh kichik 
erkakka baravar kelaman deydi-da, lekin o‘sha yosh odam ham Leyn charchashidan ancha oldinroq 
halloslab qoldi. 
— Men ko‘pincha Vuds ham atletika klubiga borib tursa yaxshi bo‘lardi deb o‘ylardim, — dedi Edis. 
— Chikagoda u yugurish desa balodan qochganday qochardi. Loaqal bir necha kilogrammga 
to‘lishganida ham men uni ko‘ndirardim. Lekin... 
Har ikkala ayol burilib, Palmerning boshidan oyog‘iga razm solib qaradi. 
— Judayam ozg‘in, — qat’iy ohangda dedi Berkxardt. — Qiltiriq va och erkaklar haqida nima 
deyilardi bu? Bunday erkaklar xavfli bo‘ladi. — Qoshini chimirib, ayol Palmerga qarab qo‘ydi. — Lekin 
shunday bo‘lsa ham uning yuzi ajabtovar — havas qilsa arziydi, — qo‘shib qo‘ydi u jilmayib. 
— Xonim, — so‘z qotdi Palmer, — meni juda maqtab yubordingiz. — U xiyol egilib qo‘ydi-da, ulug‘ 
yoshdagi, smoking kiygan va galstuk taqqan negr yumshoq oq sochiq bilan stakanlarni artib turgan 
barga yo‘naldi. 
— Nima ichadilar, mister Palmer? 
— Viski. Muz bilan, faqat maydalab soling, iltimos. 
— “Skotch mist”mi? — so‘radi barmen. 
— Zo‘r. 
— Limonli bo‘lsinmi? 
— Zo‘r. 
Hayot murakkabliklaridan paydo bo‘lgan g‘azabini bildirmaslik uchun Palmer  nafasini ichiga 
yutishga urindi. Barmenga qilgan jo‘ngina buyurtmasi sal bo‘lmasa katta tomoshaga aylanib 
ketayozdi. Ish yuzasidan chaqirilgan yig‘ilish xotinlar bilan to‘ldirilgan dunyoviy ziyofatga aylantirib 
yuborilgandi. Bu yerda o‘ynalayotgan o‘yin boshdan-oyoq soxta edi. Palmer stakanni oldi-da, aslida 
nima bo‘layotganini anglashga harakat qilgancha bar oldida birpas turdi. 
Oldilariga Nikos yurib kelganidan keyin Garri Elder va Kliff Mergendal yana birmuncha vaqt 
suhbatni davom etdirishdi; qandaydir ichki quvvat bilan ta’minlanganday, suhbat cho‘zilgandan 
cho‘zildi va uni to‘xtatish qiyin edi. Biroq YuBTK vakillari oxiri Nikos ularning oldiga bekorga 
kelmaganini fahmlashgach, ular o‘sha zahoti jimib qolishdi va go‘yo o‘zlarini uning ixtiyoriga 
topshirgan bo‘lishdi. Shu asnoda Berkxardtning nigohi shu guruhda to‘xtadi va u garchi o‘zi xona 
o‘rtasida, ko‘rinmas chiroqning ko‘zni oluvchi nuri ostida o‘tirgan bo‘lsa-da, ularni bir lahza ham 
ko‘zdan qochirmayotgan edi. O’zini Archer ismli, Palmerning yoshidagi, YuBTKning deyarli barcha 
ishlarini yurituvchi yuridik firma sohiblaridan biri bilan gaplashayotgandek qilib ko‘rsatmoqda edi.  
Archer ko‘p jihatdan Palmerga o‘xshab ketardi. Ikkovi ham qirqdan sal oshgan, ikkovi ham xiyla 
novcha va qotmadan kelgan, yuzlaridan o‘qimishliliklari ko‘rinib turgan va sochlari kalta qilib olingan 
odamlar edi. Archerning otasi asr boshida yuridik firmaga asos solganda, Archer sherik bo‘lgandi, bu 
ham uni Palmer bilan yaqinlashtirgan edi. O’xshashlik shu yerda tugardi. Archerning rangi judayam 
qoracha, deyarli zaytun tusida edi, qora sochidan ham ko‘kish rang aks berib turardi. Bu odamni 
kuzatar ekan, Palmer uning chehrasidagi ziyolilik  faqat yuzaki ko‘rinish, xolos, deb o‘yladi. Archerning 
zehni yuridik fakultetni bir amallab bitirib olish va advokatlikka imtihon topshirishgagina yetardi. 
Uning qudrati oilaviy va ish munosabatlaridagina namoyon bo‘lar edi. 
Men ham, deb dilidan kechirardi Palmer, Berkxardtning nog‘orasiga o‘ynaydigan maymundan u 
qadar farq qilmayman.  
Viskidan og‘zini to‘ldirib ho‘pladi-da, Palmer jo‘rttaga Berkxardtning yonidan yurib o‘tdi va xona 
to‘rida gaplashib turgan uchala kishi tomon yo‘l olayotib boshliq uni to‘xtatib qolishi mumkinligini 
ko‘ngli sezdi. 
— Vudi, — dedi Berkxardt xiyol xirillagan, bo‘g‘iq ovozda, — Jimmi Archer esingdami? — Uning 
katta-katta bo‘g‘imdor barmoqlari Palmerning qo‘lini tirsagi yuqorirog‘idan qisib turardi. 
— Jimmi, ko‘rinishing chakki emas. 


Bankir (roman). Lesli Uoller 
 
 

Download 0,96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   150   151   152   153   154   155   156   157   ...   297




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish