Microsoft Word bankir ziyouz com doc



Download 0,96 Mb.
Pdf ko'rish
bet94/297
Sana16.07.2021
Hajmi0,96 Mb.
#120624
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   297
Bog'liq
Bankir roman

www.ziyouz.com kutubxonasi 
89
muvaffaq bo‘ldi. Odamlar stollar oralig‘idagi tor yo‘llardan asta-asta u yoqdan-bu yoqqa yura 
boshlashdi, qo‘l berib ko‘rishish va yelkadan qoqib qo‘yish uchun dam-badam egilar edilar, goho bir 
necha lahzaga to‘xtab olardilar-da, shivirlab qandaydir luqmalar tashlab qo‘yardilar, so‘ng yangi 
tanishlar bilan qo‘l berib ko‘rishish va shivirlab luqma tashlash uchun bamisoli qisqichbaqaday bir 
yonlari bilan asta boshqa stol tomon sirpanar edilar. 
Kimdir notiq minbari oldida turgan mikrofon chetiga chertib qo‘ydi va tanobiyning barcha 
burchaklarida keskin temir ovozi bo‘g‘iq sado berdi. Mikrofon oldida turgan kishi yo‘talib oldi va 
yozuvli qog‘ozlarning butun bir dastasini shatir-shutir qilib varaqlay boshladi. 
— Xonimlar va... — Shu zahoti u tutilib qoldi va kerakli so‘zni qidirib topmoqchiday shoshib-pishib 
varaqlarni titkilay boshladi. Nihoyat, o‘sha so‘zni topib, raislik qiluvchi Grork ismi-sharifli kaltabaqay, 
to‘ladan kelgan bu odam yana tomoq qirdi. 
— Xonimlar va jan... — Mikrofongacha yetib kelib, tanobiyda o‘rnatilgan kuchaytirgichlardan ikki 
baravar kuch bilan yangragan uzluksiz qattiq kulgi ovozlari uning so‘zlarini bosib ketdi. Grork yana 
qog‘ozlarni shaldiratdi va o‘ng tomonida o‘tirgan qo‘shnisiga oshkora jahl bilan qarab qo‘ydi. Bu Vik 
Kalxeyn bo‘lib, o‘tirganiga qaramay, boshi yonginasida turgan Grorkning qariyb qoq miyasidan kelib 
turardi. 
— Do‘stlar! — yana tilga kirdi Grork. Bu so‘z bamisoli ulkan qog‘oz yumalog‘idek g‘ira-shira 
tanobiydagi stollar oralig‘idan dumalab keldi. — Yetuk va faxrli mehmonlarimizdan ayrimlariga so‘z 
berishimdan avval, aminmanki, barcha hozir bo‘lganlar ularning chiqishlarini intiqlik bilan 
kutmoqdalar, — shu narsani aytmoqchimanki, sizlarga rabbi Ben Xeym Feylbaumni tanishtirishdek 
sharafli vazifani bajarayotganimdan baxtiyorman, u sizlarga qisqacha kirish so‘zi bilan murojaat 
etmoqchi. 
Tanobiyda o‘tirganlar bu xabarni eshitib, guvillab qo‘ydi, stullar surilib, yo‘tal tovushlari quloqqa 
chalindi. Stollar oralig‘ida suyanib tik turgan mehmonlar o‘z joylariga qaytishdi. Mas’uliyat hissini 
saqlab qolganlar esa o‘zlarining anchayin sertashvish qo‘shnilarini jim bo‘lishga unday boshlashdi. 
Ko‘zni oluvchi nur to‘satdan rabbi Feytlbaumning yuzini yoritdi, bir qarashda Palmer uni hali o‘n 
sakkizdan oshmagan o‘smir deb taxmin qildi. O’z dini qonunlariga ko‘ra u soqolini olmagandi, biroq 
yuzidan endigina sabza urgan mo‘ylari elas-elas ko‘zga chalinardi. Lekin uning och qirmizi tusli mayin 
jingalak chakka soqoliga razm solib qararkan, Palmer darhol avvalgi tusmoliga yana yetti yosh 
qo‘shdi. 
— Mehribon do‘stlarim, — deb so‘zini boshladi Feytlbaum. 
Palmer o‘z bahosiga zudlik bilan yana bitta tuzatish kiritdi, notiqning o‘ttizdan oshgan kishi ekaniga 
shubhasi qolmadi. “Mehribonlar” so‘zini bunday maftunkor tavoze bilan irod etishi uchun ruhoniy 
odam faqat mana shu yoshga kelibgina oilaviy nutqlarda yetarli tajriba to‘play oladi. Palmer 
Chikagodagi avliyo Pavel cherkovining keksa ruhoniysini eslaydi, u “marhamat” so‘zini shunday 
talaffuz etar ediki, bir unli o‘rniga halqumidan sal yuqoriroqda azbaroyi mayin qulqillab ovoz 
berganidan Palmerga har doim nuroniy chol tomog‘ida xamir uzmasi tiqilib qolganday tuyulardi. 
— Do‘stlarim, sizlar qaysi dinga sig‘inmang, — davom etdi Feytlbaum, — bugun bu yerga 
parvardigorning ko‘zga ko‘rinmas nigohi ostida jonlarimiz, so‘zlarimiz va a’mollarimiz, ha, muhabbat 
va ezgulikka to‘liq, abadiy qardoshlik tuyg‘usidan kelib chiqqan a’mollarimiz bir-biriga yo‘g‘rilib ketishi 
uchun, ruhiy birdamligimizda, o‘zaro ixlosimizda va so‘ngsiz itoatkorligimizda barchamiz  
qalblarimizning eng teran joyigacha sodiq bo‘lgan muqaddas ishni bayram qilish va sharaflash uchun 
to‘plandik; bu ish tafakkurimizda hukmronlik qiladi va o‘lmas jonlarimizda shu qadar chuqur va 
mustahkam o‘rin olgan, dunyoviy hayotimizning ayrilmas qismi bo‘lib qolgan, parvardigorning beadad 
marhamati tufayli uning muborak va oliy maqsadlariga rioya qilgan holda shu hayotga sodiq bo‘lib 
qolgaymiz. 
Palmer kimdir oyoq uchida notiqning orqasidan yurib o‘tganini, Katta Vikning qulog‘iga egilganini 
va o‘z fikrlarini ma’nodor qo‘l harakatlari bilan tasdiqlagancha u bilan uzoq shivirlashib gaplashganini 
ko‘rdi. Palmer boshi uzra joylashgan projektor nuri yuzini yoritmaydigan darajada xiyol oldinga 


Bankir (roman). Lesli Uoller 
 
 

Download 0,96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   297




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish