www.ziyouz.com kutubxonasi
86
odamga hamisha madad berib turmog‘i, salbiy xususiyatga emas, ijobiy xususiyatga ega bo‘lishi
darkor edi. Urushga qadar menda bunday maqsad bo‘lmagan. Men uning o‘g‘li edim. Urush paytida
shunga amin bo‘ldimki, men mustaqil shaxs bo‘la olaman va buning uchun zarur bo‘lgan qobiliyatga
egaman.
Palmer jim qoldi, aytgan so‘zlarining ta’sirini tekshirib ko‘rmoqchi bo‘ldi. Shu paytgacha qahvali
finjonga qadalib turgan Edisning nigohi birdan Palmerga qaratildi.
— Qanaqa maqsad edi u? — so‘radi Edis.
— Foydali bo‘lish, odamlarga foyda keltirish, — dedi Palmer.
Edisning ingichka, rangpar qoshlari chimirildi.
— Endi men seni tushunayapman, — tan oldi Edis.
— Otam o‘lgach, davom etdi Palmer, — uning hamkasblari bo‘lgan yuzlab bankchilar, siyosatchilar
va ishbilarmonlar uni an’anaviy ehtirom bilan dafn etdilar. U o‘z hayotini burchiga sadoqat bilan
xizmat qilishga bag‘ishladi. U o‘z ishiga o‘ta sadoqatli va namunali fuqaro timsoli edi. Sen bularni
eshitgansan. Lekin hech o‘ylab ko‘rdingmi, qanchadan-qancha mayda muttaham qalloblar otamni
nega buncha ko‘klarga ko‘tarib maqtaydilar? Bema’ni odamlarning maqtovi har qanday haqoratdan
ham yomon.
— Lekin u foyda keltirardi-ku, axir? — e’tiroz bildirdi Edis.
— Sen u pul berardi demoqchisan-da? — e’tiroz qildi Palmer.
— Muhtojlarga pul berish — foydali bo‘lish demakdir...
— Pul berish — og‘izni moylab qutulishning arzon usulidir, — uning gapini bo‘ldi Palmer. Bunda
odam emas — uning chek qog‘ozi ishtirok etadi.
— Endi men hech narsa tushunmayapman, azizim.
— Otam faqat pul berardi, — Palmer sekinroq gapirishga harakat qildi. — odamlarga foyda
keltirish uchun, chek qog‘ozini emas, o‘z shaxsining bir qismini berish lozim.
— Demak, sen o‘z shaxsingning bir qismini berishni istaysan?
— Men nima to‘g‘ri deb o‘ylasam, shuni qilaman, — dedi u. — Men alohida shaxsman, faqat pul
sarflaydigan bankirning o‘g‘li emasman. Men foyda keltirish haqida gapirganimda shuni nazarda
tutgan edim. Mana, gap nimada.
Oraga jimlik cho‘kdi. Ularning hech biri sukunatni buzmadi. Edisning yuzi his-tuyg‘ularini aks
ettirmasdi.
— Sen meni tushunayapsanmi? — dedi Palmer, — Masalan, sen uyga, qurilishga sarflayotgan
mehnating. Sen buni uddallayapsan, foyda keltirayapsan, unga o‘z shaxsingning bir qismini
qo‘shayapsan.
Edis uning yuziga qaradi.
— Vuds, — dedi u sekin. — Men... — U o‘ylanib qoldi. — Nimagadir sen haqsan, albatta.
Darhaqiqat, bu yerda foyda borligi ko‘rinib turibdi. Ana shu menga zavq beradi. Lekin gap bunda
emas. Zavq — bu natija. Sababi esa shunda-ki, bu g‘anim va ikkiyuzlamachi shaharda men qiladigan
ish yo‘q.
— Edis!
— Men bu yerda hech kimni bilmayman, — davom etdi Edis bo‘g‘iq ovozda. — Hech kimni bilishni
ham istamayman. Men ular uchun hech narsaman. Chikagoda o‘z obro‘yim, salobatim bor edi. Bu
yerda esa...
Palmer jimib qoldi. Edis qahvali finjonni unga qarab surdi.
— Harholda, — dedi u, — bu vaqtinchalik qiyinchiliklar, ularni yengishga harakat qilaman. Biz
uyimizda do‘stlarni kutib ola boshlasak, hammasi iziga tushib ketadi. — Edis jim qolib, uning javobini
kuta boshladi.
Lekin Palmer indamay turardi, shunda Edis yana gapirdi:
— Lekin, afsuski, azizim, sen bilan yuz berayotgan narsa, vaqtinchalikka o‘xshamayapti.
Palmer aftini burishtirdi:
Bankir (roman). Lesli Uoller
Do'stlaringiz bilan baham: |