www.ziyouz.com kutubxonasi
66
— Shunday ham deylik. Lekin, Mikelanjelomi yoki boshqa birov aytganiday mushukning suratini
chizish uchun mushuk bo‘lish shart emas.
— Negadir Mikelanjeloga o‘xshamaydi, — dedi Palmer va stolning chekkasiga o‘tirib, gazeta
qirqimlari yopishtirilgan taxtaga nazar soldi. — Bordi-yu, bizlar boshqa sohada ishlaganimizda-chi? Siz
bo‘lsangiz, Mak Berns bilan Mikelanjelo tamoyili bo‘yicha harakat qilib, amaliy xatoga, aytaylik, narx
va tahlil xarakteridagi xatoga yo‘l qo‘yardinglar. Bu holda esa, ehtimol, kimdir zarar ko‘rardi.
Virjiniya darhol javob qaytarmadi. Uni kuzatarkan, Palmer Virjiniyaning sochlari juda chiroyli qilib
turmaklanganini angladi.
— Demak, biz hammamiz dorishunoslikdan yiroq yurish baxtiga muyassar bo‘lgan ekanmiz-da, —
dedi u nihoyat.
— Bilasizmi, menda siz bank ishining ahamiyatiga yetarli baho bermayapsiz degan taassurot
tug‘dirayapsiz, — ta’kidladi Palmer.
— Siz meni buxgalteriya xisob-kitoblari va boshqa narsalarda zavq-shavqni ko‘rmaydi
demoqchimisiz? — so‘radi miss Kleri. — Lekin o‘z-o‘zimizni aldashning nima keragi bor: bank ishi pulni
qarzga berishdan boshqa narsa emas. Bu qarzlar — ipoteka1, tijorat krediti2, qimmatli qog‘ozlar, mol-
mulkni boshqarish singari har qanday shaklga ega bo‘lmasin, bu oxir-oqibatda pulni qarzga berish
demakdir. Buning bor siri shundaki, avvalo pulga ega bo‘lish kerak, keyin esa uni ko‘proq foiz talab
qilib, pulning qaytib kelishini ta’minlash lozim.
— Mutlaqo to‘g‘ri. — Palmer o‘rnidan turib gazeta qirqimlari yopishtirilgan taxta tomon yurdi.
Gazeta yozuvlarini ko‘zdan kechirgan bo‘ldi. — Mutlaqo to‘g‘ri, pulni qarzga berish, — takrorladi u. —
Biroq bu «oddiygina» pulni qarzga berish emas.
— Albatta, bunchalik qadimgi kasb-kor ilohiyat bilan sug‘orilgan bo‘lishi keark.
— Siz juda zaharxanda ekansiz-ku!
— Sal-pal, — dedi Virjiniya va soatiga qarab qo‘ydi.
— Kechirasiz, sizni ushlab qolmayapmanmi? — so‘radi Palmer.
— Hecham-da.
— Biroq soatingizga qarab qo‘ydingiz-ku?
— Bu asabdan, — dedi Virjiniya, — Menga siz ta’sir qilayapsiz. Shuning uchun zaharxandalik
qilayapman. Bundan tashqari, mana bu xabarlarni matbuotga tarqatib ulgurishim kerak.
— Nima, bu Freddining vazifasiga kirmaydimi?
— Bularning hammasi bugun pochtaga topshirilishi kerak. Siz Freddiga nisbatan menga uch
barobar ko‘p haq to‘layapsiz, shuning uchun ham mendan ko‘proq ish talab qilasiz deb o‘ylayman.
Palmer qo‘llarini yoydi.
— Sizning o‘z majburiyatlaringiz haqidagi tasavvuringizni, — dedi Palmer kulimsirab, uni xafa
qilmaslikka urinib, — faqat bank ishidagi bilimingizning keng qamrovi bilan taqqoslash mumkin.
— Agar siz meni to‘pponcha bilan yakkama-yakka qoldirsangiz, or-nomus burchi buyurgandek yo‘l
tutaman, — dedi miss Kleri.
Palmer aftini burishtirdi.
— Bu hech qanaqa daromad keltirmasdi. Biz, sudxo‘rlar, o‘zimizning kamtarona foydamizni
hammadan siqib suzib olishni yaxshi ko‘ramiz.
— Unda yarashishni taklif qilaman.
— Kechqurunga Berns bilan uchrashuvim belgilangan. Hozir esa rostini aytsam, kechqurungacha
qolgan vaqtimni o‘tkazish bilan ovoraman. U bilan ma’ruzamga doir masalalarni muhokama qilsak
demoqchiydim.
— Siz meni u bilan urishtirishga urinayapsiz, shekilli? — so‘radi Virjiniya. — Bundan hech narsa
chiqmaydi. Men hech kim emasman, u esa katta siymo. Bundan tashqari sotsializm haqidagi g‘oya
uniki edi.
— Xo‘sh, nima qilibdi, bunaqa g‘oya bank ishini mensimaydigan yoki bu haqda hech narsa
bilmaydigan har qanday odamning miyasiga kelishi mumkin.
Bankir (roman). Lesli Uoller
Do'stlaringiz bilan baham: |