www.ziyouz.com kutubxonasi
6
bo’lsada, ezgulik qiling. Kibr yuzasidan ishtonni uzaytirib kiyishlikdan saqlaning
16
. Tangri kibrni yomon
ko’radi. Agar sizni biror kishi haqoratlasa va sizda yo’q ayblar bilan ayblasa, uni unda bor ayblar bilan
ayblamang, uni qo’yavering, shunda gunohi unga, savobi sizga bo’lur. Hech kimni haqoratlamang!
17.
Tangridan qo’rqinglar va farzandlaringizga bir xil mehrda bo’linglar! (Ularga kiyim va taomlarni
barobar taqsimlanglar).
18.
Ikki kishiga Tangri qiyomat kuni rahmat nazari bilan boqmaydi: 1. Qarindosh uryg’idan uzilib
ketgan kishiga. 2. Yomon qo’shniga.
19.
Ikki kishi bir kishidan yaxshi, uch kishi ikki kishidan yaxshi, to’rt kishi uch kishidan yaxshi,
ko’pchilik bilan birga bo’linglar. Tangri ummatlarimni faqat to’g’ri yo’lda borishlikka birlashtiradi.
20.
Halokatga olib boruvchi yetti xil gunohdan saqlaninglar:
1.
Tangriga shirk keltirmoq
17
.
2.
Sehr ishlari bilan shug’ullanmoq.
3.
Birovni nohaq o’ldirmoq.
4.
Sudxo’rlik.
5.
Yetimlar molini yemoq.
6.
Vatan mudofaasi uchun bo’layotgan urushdan qochmoq.
7.
Erli, mo’mina, iffatli ayollarni fohisha deb haqoratlamoq.
21.
Odamlarni yuziga urishdan saqlaninglar.
22.
Aroqdan saqlaninglar, chunki u barcha yomonliklarning kalitidir.
23.
Tangri nazdida eng yaxshi gap - rost gapdir.
24.
Tangri nazdida eng ma’qul jihod
18
- zolim podshohga aytilgan haq so’zdir.
25.
Tangri nazdida bandalarning eng yaxshisi o’z ahli-ayoliga foydasi ko’p tegadigan kishidir.
26.
Tangri nazdida uylarning yaxshirog’i - yetimlar izzat qilinadigan uydir.
27.
O’zingga yoqqan narsani boshqalarga ham ravo ko’r!
28.
Do’stingni yengilroq sevginki, kuni kelib dushman bo’lib qolishi ham mumkin. Dushmaningga ham
yengilroq adovat qilginki, kuni kelib do’st bo’lib qolishi ham mumkin.
29.
Dehqonchilik qilinglar, chunki dehqonchilik barakali ishdir. Dehqonchilikni qo’riqlovchi soqchilarni
ko’paytiringlar!
30.
Liboslaringizni chiroyli qilinglar, ot-ulovlaringizni yaroqli tutinglar! Yuzdagi xoldek odamlarga
namuna bo’linglar!
31.
Ikki jag’ingiz va ikki oyog’ingiz o’rtasidagi a’zolaringizni tiying!
32.
O’zimdan keyin qoladigan ummatlarim uchun uch narsadan qo’rqaman:
1.
Nafsu havoga berilib, yo’ldan ozishidan.
16
O’sha davrda kibrning asosiy belgilaridan biri lozimni haddan tashqari uzun kiyish bo’lgan.
17
Tangrini birdan ortiq demoqlik va undan boshqalarda ham ilohiy kuch bor deb bilmoqlik.
18
Jang
Axloq-odobga oid hadis namunalari
Do'stlaringiz bilan baham: |