www.ziyouz.com kutubxonasi
8
51.
Biror kishi gapirgan paytida u yoq-bu yoqqa qarab qo’ysa, demak bu gap omonatdir
20
.
52.
Qaysi biringizga Tangri bir kasb sababli rizq yetkazib turgan bo’lsa, o’sha kasbning o’zi
o’zgarmaguncha shu kasbni tashlamang.
53.
Savobli ish qilganingizda xursand bo’lsangiz, gunoh ish qilganingizda esa xafa bo’lsangiz, demak,
siz haqiqiy mo’mindirsiz.
54.
Biror kishidan “Odamlar buzilib ketdi”, degan gapni eshitsangiz, bilingki, o’sha odamning o’zi
buzilgandir.
55.
Qo’shnilaringiz sizni yaxshi odam deyishayotgan bo’lsa, demak, siz yaxshisiz. Agar ular sizni
yomon odam deyishayotgan bo’lsa, demak, siz yomon odamdirsiz.
56.
Mendan rivoyat qilingan biror hadisni eshitganlaringizda dillaringizga tanish, badanlaringizga ta’sir
qiladigan va aqllaringizga sig’adigan bo’lsa, demak, u mening aytgan hadisimdir. Ammo eshitgan
hadislaringiz buning aksidek bo’lsa, demak, u mening aytgan hadisim emasdir.
57.
Bir joyda vabo kasali bor deb eshitsalaring, o’sha joyga kirmanglar. Agar sizlar yashayotgan joyga
vabo kelsa, o’sha yerdan qochib chiqib ketmanglar.
58.
Qaysi bir xalqdan qirq kishi va undan ziyod odamlar biror ishga guvohlik bersalar, Tangri ularning
guvohliklarini qabul etadi.
59.
Qaysi bir mo’min ikkinchi bir mo’min birodari boshiga tig’ ko’tarsa, Tangrining farishtalari to o’sha
tig’ni qaytarib o’rniga qo’ymaguncha la’nat aytib turadilar.
60.
Qachonki biror gunoh ish qilib qo’ysangiz, uni yuvish uchun orqasidan bir savobli ish ham qilib
qo’ying!
61.
Qaysi birlaringda jahlu g’azab qo’zisa, darhol u sukut saqlashga o’tsin.
62.
Qaysi birlaringda jahlu g’azab tik turgan paytida kelsa, darhol u o’tirib olsin. Agar shunda ham
g’azab ketmasa, yotib olsin.
63.
Qachonki mo’minlar o’rtasida fitna fasod kuchaysa, yog’ochdan qilich qilib ol!
21
64.
Podshohlaringiz yaxshi, boylaringiz saxiy va ishlaringiz bamaslahat bo’lsa, sizlar uchun yerning
ostidan ko’ra usti afzaldir. Aks holda yerning ustidan osti afzaldir.
65.
Agar uch kishi bo’lsangizlar, ikkitalaringiz alohida uchinchi shaxsga eshittirmay pichirlab
gaplashmanglar, chunki bu uni ranjitadi.
66.
Qaysi birlaringiz o’zingizdan boyroq yoki axloqliroq odamni ko’rib qolsangiz, darhol o’zingizdan
kambag’alroq va axloqsizroq odamlar ham borligini eslang.
67.
Dunyodan o’tib ketganlarning faqat yaxshi sifatlarini yod etinglar. Yomon sifatlaridan tilingizni
tiyinglar.
20
Omonat – bu yerda maxfiy, faqat o’ziga aytilayotgan ma’nosida.
21
Shahar hokimiga aytilgan hadis.
Axloq-odobga oid hadis namunalari
Do'stlaringiz bilan baham: |