Axloq-odobga oid hadis namunalari
www.ziyouz.com kutubxonasi
5
MEHRIBON
VA
RAHMLI TANGRI NOMI BILAN
RASULULOH ALAYHIS SALOM AYTADILAR:
1.
Ilmning ofati - esdan chiqarmoqlik va ilmga rag’bati bo’lmagan kishilarga o’rgatib, uni zoye
ketkazmoqlikdir.
2.
Qizlarni turmushga chiqarish to’g’risida onalari bilan maslahatlashinglar.
3.
Munofiqlik belgisi uchtadir: yolg’on so’zlash, va’dasining ustidan chiqmaslik va omonatga xiyonat
qilish.
4.
Chaqirilgan joygagina boring.
5.
Nafaqa
10
va sadaqa berishda avval o’zingdan boshla. Agar biror narsa ortsa, ahli ayolingga
11
ber.
Yana biror narsa ortib qolsa, qarindoshlaringga ber. Ulardan ham ortsa boshqalarga ber.
6.
Halol va ruxsat etilgan narsalar ichida Tangriga xush kelmaydigani - taloqdir.
7.
Odamlar ichida Tangriga yoqimsizrog’i - ashaddiy dushmanlik qiluvchidir.
8.
Bid’at-xurofotga berilgan odam to ularni tark etmaguncha, uning qilgan savobli ishlarini Tangri
qabul qilmaydi.
9.
Taomni sovitibroq iste’mol qilinglar, issiq-qaynoq taomda baraka bo’lmaydi.
10.
Har bir qavmning qiz farzandidan tug’ilgan bola ham shu qavmga mansubdir
12
.
11.
Qora tanli xalqlarni ham do’st tutaveringlar, zero ulardan uchtasi jannat ahlining ulug’laridan
bo’lurlar: 1. Luqmoni Hakim. 2. Najoshiy
13
. 3. Muazzin Bilol Habashiy
14
.
12.
Qalbing muloyim, hojating ravo bo’lishini xohlaysanmi? Xohlasang yetimlarga mehribon bo’l,
ularning boshini sila, o’z taomingdan ularga yedir. Shunda diling yumshab, hojating ravo bo’lur.
13.
Qo’y boqinglar, chunki u barakadir.
14.
Chaqimchilik nima, bilasizlarmi? U - odamlarning gaplarini (ularning o’zaro munosabatlarini buzish
niyatida) bir-birlariga tashimoqlikdir.
15.
Harom narsalardan saqlaning - odamlar ichida ibodatlirog’i bo’lasiz. Tangrining taqsim qilgan
rizqiga rozi bo’ling - odamlarning boyrog’i bo’lasiz. Qo’shningizga yaxshilik qiling - tinch bo’lasiz.
O’zingiz sevgan narsani odamlarga ham ravo ko’ring - salomat yurasiz. Ko’p kulmang. Ko’p kulish dilni
o’ldiradi
15
.
16.
Tangridan qo’rqing. Yaxshi va xayrli ishlarning birortasini kichik sanamang, suv so’ragan kishining
idishiga chelakdan suv quyib berish bilan yoki birodaringizni ochiq yuz bilan qarshi olish bilan
10
Nafaqa - bu yerda moddiy yordam ma’nosida.
11
Ahli ayol - oila a’zolari
12
Qadimiy arab qabilalarida qizdan tarqalgan farzandlarni qarindosh hisoblamaslik odat bo’lgan.
13
Najoshiy - qadimgi habashistonlik musulmon podshoh.
14
Bilol Habashiy - ozod etilgan habash qul, payg’ambarimiz Muhammadning(SAV) doimiy muazzinlari bo’lgan.
15
Ya’ni susaytiradi.
Axloq-odobga oid hadis namunalari
Do'stlaringiz bilan baham: