www.ziyouz.com kutubxonasi
15
176.
Ekmoq niyatida qo’lingizda ko’chat turgan paytda, bexosdan qiyomat-qoim bo’lib qolishi aniq
bo’lib qolganda ham, ulgursangiz uni ekib qo’yavering.
177.
Biror narsaga muhtojlik sezib, uni so’rash juda zarur bo’lib qolsa, solih, yaxshi odamlardan
so’rangiz.
178.
Musibat yetganda sochini yulib, yuzini tirnab yoki kiyimini yirtib yig’laydiganlardan bezorman.
179.
Men yetimning kafilligini olgan odam bilan jannatda birga bo’lurman.
180.
Birodarlaringizga – xoh u zolim bo’lsin, xoh mazlum, yordam bering. So’radilar: “Mazlumga-ku
yordam beramiz, zolimga yordam berishlik qanday bo’ladi?” Javob berdilarki: “Uni zulm qilishdan
to’xtatib qolsangiz, shu unga qilgan yordamingiz bo’ladi”.
181.
O’zingga nazar qil. Sen qizil yoki qora tanli odamlardan afzal emassan, balki Tangridan qo’rqish
va taqvo bilangina fazilating ziyoda bo’lishi mumkin.
182.
Tangri senga bergan ne’matlarini o’zingga ham sarflagin!
183.
Ko’pi mast qiladigan ichimlikning ozidan ham sizlarni qaytaraman.
184.
Bid’at-xurofotga berilganlar xalq va xaloyiqning yomonlaridir.
185.
Vasiyat qilamanki, maxfiy ham va oshkora holda ham xudodan qo’rq, agar yomon ish qilib
qo’ysang, uni yuvish uchun yaxshi, savobli ish ham qilib qo’y. Birovdan hech narsa so’rama, omonat
tutma. Ikki kishining o’rtasida hukm chiqarma.
186.
Sizlarga vasiyatim shuki, sahobalarimga, so’ng ulardan keyingilarga ergashinglar. Undan so’ng
yolg’onchilik keng tarqaladi. Hatto odamlar so’ralmasa ham qasam ichib, yolg’on guvohlikka
o’taveradilar. …Ogoh bo’lgingki, qaysi bir erkak biror ajnabiy ayol bilan xilvatda bo’lsa, ularning
uchinchisi shaytondir. Doimo ko’pchilik bilan birga bo’linglar. Bo’linib ketishdan saqlaninglar. Shayton
yolg’iz odam bilan birgadir. Ikki kishidan esa uzoqlashur. Kimki jannatning o’rtasiga tushishni xohlasa,
jamoat bilan birga bo’lsin. Kimki o’zining yaxshi ishidan quvonsa, yomon ishidan xafa bo’lsa, demak,
u haqiqiy mo’mindir.
187.
Qo’shni bilan yaxshi aloqada bo’linglar!
188.
Johiliyat
34
davridagi ichgan qasamlaringizga vafo qilinglar. Islom dini qasamning kuchini ziyoda
qiladi. Ammo islomda yangidan qasam joriy qilmanglar.
189.
Nikoh to’yida bir qo’y so’yib bo’lsa ham ziyofat ber!
190.
Sizlarga kimlar jannat ahli bo’lishi to’g’risida xabar beraymi? Ular zaif bechoralar yoki Tangriga
qasamyod qilsalar, albatta ustidan chiqadiganlar. Do’zax ahlidan xabar bersam, ular qattiq xusumat
qiluvchi, mutakabbir odamlardir.
191.
Sizlarga yaxshilaringiz bilan yomonlaringizdan xabar bersam, sizlarning yaxshilaringiz –
yaxshiligi umid qilinadigan va yomonlikdan esa o’zini tiyadiganlaringizdir. Yomonlaringiz esa,
yaxshiligidan umid qilinmaydigan, yomonligini tark etmaydiganlaringizdir.
34
Islomdan ilgarigi.
Axloq-odobga oid hadis namunalari
Do'stlaringiz bilan baham: |