www.ziyouz.com kutubxonasi
44
684.
Bir-birlaringizga tuhmat va bo’hton qilmanglar!
685.
Mo’min kishi birovning haqiga xiyonat qilmaydi.
686.
Hech kim o’ziga-o’zi o’lim tilamasin. Chunki yaxshi odam bo’lsa, tirik holida savobli va xayrli
ishlarni ko’p qilishi mumkin. Agar gunohlari ko’p bo’lsa, tavba qilishga imkoniyat topadi.
687.
Dinu diyonatini saqlash yo’lidagi qiyinchililklarga sabr qilaman degan odam uchun go’yo qo’lida
yonib turgan cho’g’ni ushlab turgandek bo’ladigan zamonlar ham keladi.
688.
Ishni puxta va chiroyli bajaruvchi odamni Tangri do’st tutadi.