www.ziyouz.com kutubxonasi
37
545.
Kimki birovning mol-mulkini zo’rlik bilan tortib olsa, u islom ahlidan emas.
546.
Qiynalib qolgan qarzdorga belgilangan muddatni uzaytirgan kishiga har kuni shu qarz
miqdorida sadaqa qilganning savobi yozilib turadi. Bordiyu belgilangan muddat yetgach, yana
uzaytirsa, har kuni qarziga ikki barobar sadaqa qilganning savobi yozilib turadi.
547.
Halol kasbdan charchab uxlagan odam gunohlari kechirilgan holda tunaydi.
548.
Qo’llarida ovqatdan qolgan yog’ qoldiqlari bilan yotib uxlagan odamga biror kasallik yopishsa,
o’zidan ko’rsin.
549.
Hovlisini sotgan odam, o’sha bahoning o’ziga yana hovli sotib olmasa, orttirgan pulining
barakasi ketadi.
550.
Molining aybini aytmay yashirib sotgan odamga Tangrining g’azabi va farishtalarining la’nati
yog’ilib turadi.
551.
Sababsiz o’z hovlisi yoki yerini sotgan odam molu dunyosining barakasini ketkazib turish uchun
Tangri turli sabablarni paydo qilib qo’yadi.
552.
Kimki badaviylik (sahroda yashash)ni ixtiyor qilsa, demak, u o’ziga jafo qiladi. Kimki ovchilikka
ortiqcha berilib ketsa, boshqa ko’p foydali narsalardan g’aflatda qoladi. Kimki podshohlar saroyiga
qatnayversa, fitnaga qoladi.
553.
Kimki ota-onasining roziligini olgan bo’lsa, unga qanday yaxshi! Tangri uning umrini uzaytiradi.
554.
Kimki shoshilmay, sabru qanoat bilan ish qilsa, qilgan ishi to’g’ri chiqadi yoki shunga yaqin
bo’ladi. Shoshilgan odamning ishi xato chiqadi yoki shunga yaqin bo’ladi.
555.
Dasturxonga to’kilgan taom va ushoqlarni terib yeydigan odamning gunohlari to’kiladi.
556.
Tabobat ilmida tanilmagan odam soxta tabiblik qilsa, u odamlar uchun zomindur.
557.
Kimki o’zini katta tutib, yurish-turishida kibru havoli bo’lsa, oxiratda Tangrining g’azabiga
duchor bo’lur.
558.
Tangriga suyanish o’rniga boshqa sehru jodu, tumorlarga ixlos qilgan kishini Tangri o’z holiga
tashlab qo’yadi (ya’ni yordam bermaydi).
559.
Kimki Tangri nazdida o’zini kamtar tutsa, uning martabasi va obro’sini ziyoda qilur.
560.
O’zi bilimsiz bo’la turib, turli nizo va muhokama ishlarida qatnashib yuradigan odam to bu
ishidan qaytmaguncha Tangrining g’azabida bo’lur.
561.
Kimki hadislarimni rivoyat qilishda yolg’onmikan deb xayol qilsa, demak u yolg’onchilarning
yolg’onchisidir.
562.
Kimki gapirayotgan gaplarining ham nomai a’moliga yozilishiga ishonsa, bema’ni gaplardan
tilini tiyishga o’tadi.
563.
Har qanday odamning ham qilgan ishlari yaxshi hisob-kitob qilinadigan bo’lsa, albatta u
azobga mustahiq bo’lib chiqadi.
Axloq-odobga oid hadis namunalari
Do'stlaringiz bilan baham: |